Gibrid vaksinalash nima? Atabekov javobi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov
Zamnachalnika Slujbi sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obshestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2021
Obuna bo‘lish
Nurmat Atabekov revaksinatsiya nima, gibrid vaksinatsiya nima ekanligini va O‘zbekistonda bunday vaksinaashga ruxsat berilganmi-yo‘qmi - javob berdi.
TOShKENT, 30 okt - Sputnik. O‘zbekistonda qayta vaksinalash va turli vaksinalarni aralashtirishga ruxsat berilganmi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov javob berdi.

"Bunda avvalo bir narsani tushunishimiz kerak, vaksinatsiya nima, revaksinatsiya nima? Biz biron bir kasallikka qarshi emlash jarayonini boshlagan va yakunlagan bo‘lsak, biz vaksinatsiya qilinganmiz, emlanganmiz degan tushunchaga ega bo‘lamiz.
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2021
Koronavirusning yangi “AY.4.2” shtammidan himoyalanish uchun nima qilish kerak - Atabekov javobi
Qachonki kasallik bir necha marotaba emlashni talab qiladigan bo‘lsa, revaksinatsiya degan ibora qo‘llaniladi. Lekin tibbiyotda birinchi marotaba olgan vaksinani vaksinatsiya, keyingi emlashni esa revaksinatsiya deb ham yuritiladi. Shunday ekan qachonki odam u yoki bu vaksina bilan hozirgi davrdagi talabga asosan 1-2 yoki 3 marotaba emlansa, shu vaksinani olib bo‘lgan bo‘lsa, demak u to‘liq emlangan hisoblanadi.
Bir vaksina bilan emlanib oradan biroz muddat o‘tgandan keyin boshqa vaksina bilan emlanish haqida hali hech qanaqa ko‘rsatma mavjud emas. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham biron bir ko‘rsatma bergani yo‘q.
Yana bitta jihat, bir vaksina bilan emlanib, keyingi bosqichlarni boshqa vaksinalar bilan davom ettirish haqida ham hali tartib ishlab chiqilmagan. Bu holat dunyo tibbiyotida gibrid vaksinatsiya deyiladi.
Hozir JSST bu haqida o‘ylayapti. Negaki, vaksinalarning ta’minotidagi uzilishlar muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lyapti. Shu nuqtayi nazardan hademay bu kabi gibrid vaksinatsiyaga ham ruxsat berilsa ajabmas. Kutilayotgan ruxsatga asosan qaysi vaksinani qanday ketma-ketlik va oraliqda, qay yo‘sinda emlash mumkinligi haqida hujjat paydo bo‘ladigan bo‘lsa, biz buni keng jamoatchilikka ma’lum qilamiz va barcha tibbiyot xodimlariga yetkazamiz", - deb javob berdi ushbu savolga Atabekov.
Ma’lumot uchun, turli vaksinalarning "Sputnik Layt" bilan kombinatsiyasi yuqori samaradorlik ko‘rsatgani haqida biz oldin xabar bergan edik. Xususan, dunyoda ilk bor Argentinada o‘tkazilgan tadqiqotda AstraZeneca, Moderna va Sinopharm vaksinalarining "Sputnik Layt" bilan kombinatsiyasi qo‘llanilishi natijalari haqida quyidagi maqolada batafsil tanishishingiz mumkin.
Vaksina Sputnik Layt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2021
Turli vaksinalarning "Sputnik Layt"bilan kombinatsiyasi yuqori samaradorlik ko‘rsatdi
Yangiliklar lentasi
0