Turli vaksinalarning "Sputnik Layt"bilan kombinatsiyasi yuqori samaradorlik ko‘rsatdi
19:51 14.10.2021 (yangilandi: 09:33 15.10.2021)
© Sputnik / Pavel Lisisin
/ Obuna bo‘lish
Argentinada o‘tkazilgan tadqiqotda AstraZeneca, Moderna va Sinopharm vaksinalarining "Sputnik Layt" bilan kombinatsiyasi yuqori samaradorlik ko‘rsatdi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Argentinada o‘tkazilgan tadqiqot "Sputnik Layt" boshqa vaksinalar ta’sirini kuchaytirish qobiliyatiga ega ekanini ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti RFPI (Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi)ga asosan.
Argentinada turli xil vaksinalar kombinatsiyasi samaradorligini tekshirishga qaratilgan dunyoda birinchi tadqiqot o‘tkazildi. Unda "Sputnik Layt" va Moderna vaksinalari, ikkinchi doza sifatida ukol qilinganda, yanada kuchliroq immenitet ishlab chiqish xususiyatiga ega ekani tasdiqlandi, deyilgan xabarda.
Xususan, tadqiqotda eng yaxshi natijalar quyidagi vaksinalar kombinatsiyasi ishtirokida qayd etilgan:
AstraZeneca + Sputnik Light
AstraZeneca + Moderna
Sputnik Light + AstraZeneca
Sputnik Light + Moderna
Sinopharm + Sputnik Light
Yuqorida qayd etilgan vaksinalar kombinatsiyasi IgG, nAbs (PBA) hamda nAbs (SBA) antitanachalar ko‘payishiga olib keladi va immunitetni kuchaytiradi.
Gamaleya nomidagi Immunologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan bir komponentli "Sputnik Layt" vaksinasi koronavirusning delta-shtammiga qarshi 83%gacha immunitet namoyish qilgan edi. Shunigdek, markaz direktori Aleksandr Ginsburg "Sputnik Layt" vaksinasi oldin “Sputnik V” bilan emlangan kishilar immunitetini yana yarim yilga uzaytirishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi bir necha oy oldin, odatiy vaqtda koronavirusga qarshi har yilda bir marotaba, epidemiya vaqtida har yarim yilda bir marotaba emlanishni tavsiya qilgan edi.
BREAKING | RDIF: World's 1st combo study in Argentina, supported by RDIF, showed that Sputnik Light (1st shot of #SputnikV) & Moderna vaccines helped other vaccines as 2nd shots/boosters by inducing stronger immune response vs #COVID. AZ/Sputnik Light combo showed great results. pic.twitter.com/zupkVoQLFV
— Sputnik V (@sputnikvaccine) October 14, 2021