Koronavirusning yangi “AY.4.2” shtammidan himoyalanish uchun nima qilish kerak - Atabekov javobi

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2021
Obuna bo‘lish
Koronavirusning turli yanada yuqumliroq, yanada xavfliroq yangi shtammlari paydo bo‘lmoqda. Ularga qarshi yagona kurash vositasi vaksina va ommaviy immunitet - Atabekov.
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Koronavirusning yangi “AY.4.2” shtammining O‘zbekistonga kirib kelishi va aholi orasida tarqalish xavfi bormi? Unga qarshi kurashish uchun bizda qanday imkoniyatlar bor?
Ushbu va boshqa savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Atabekov javob berdi.
- COVID-19ning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi vaqt o‘tishi bilan yangilanib, atrof-muhitga moslashib bormoqda. Ya’ni virus o‘zini saqlab qolish uchun qayta-qayta yangilanishga urinyapti. Aslida tabiatda uchraydigan barcha viruslar o‘zgaruvchanlikka moyil. Ba’zi tadqiqotchilar SARS-CoV-2ning 5000 tadan 7000 tagacha bo‘lgan mutatsiyaga uchragan shakli borligini da’vo qilishadi.
Shu paytgacha odam organizmiga moslashishga urinish natijasida koronavirusning bir necha shtammlari paydo bo‘lgani tasdiqlangan. Xususan, “alfa” (britancha) , “betta” (afrikancha), “gamma”, “yota”, “lyambda”, “delta” (hind), “delta plyus” kabi shtammlari alohida ajratilgan."Delta" shtammi Hindistonda aniqlangan bo‘lib, hozir so‘z yuritayotganimiz "AY.4.2" shtammi "delta" shtammining yangi mutatsiyasidir.
"JSST ma’lum qilishiga ko‘ra, koronavirusning yangi "AY.4.2" shtammi oldingi shtammalarga qaragandan yanada yuqumliroq bo‘lib, zararlangan bir kishidan 9 kishigacha yuqishi mumkin, jumladan oldin koronavirusga chalinganlarga ham. Hozircha ushbu shtamm Britaniyada ko‘proq aniqlanmoqda".
- Unutmaslik kerakki, dunyoda paydo bo‘lgan viruslarning yashash uchun kurashi tabiiy jarayon. Oramizda “menga virus yuqmaydi”, “men o‘tgan yili kasallanganman”, "endi kasal bo‘lmayman", deb yurganlar yangi, kuchli, odam organizmiga moslashgan shtammlarga yo‘liqishi ehtimoli bor,- deydi Atabekov.
Yangi shtammlarga qarshi kurashish haqida gapirsak, dunyo olimlari tomonidan yaratilayotgan vaksinalar virus shtammlarining asosida turgan SARS-CoV-2ga qarshi ishlaydi. Virus mutatsiyaga uchragan taqdirda ham, vaksinaning himoyalovchi xususiyati saqlanib qoladi.
Koronavirusning qaysi shtammiga qarshi kurashishdan qat’i nazar, ommaviy immunitet shakllantirilsa, kasallikni yengib o‘tish mumkin.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda jami 25 millionan ortiq 6 xil vaksina olib kelingan. Vaksina olishi belgilangan fuqarolardan 62%i - kamida birinchi doza, 40%i - kamida ikkinchi doza hamda 20%i - to‘liq vaksinalanib bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0