Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPrezident Belorussii Aleksandr LukashenkoNG
Prezident Belorussii Aleksandr LukashenkoNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Obuna bo‘lish
Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni saylovda erishgan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi.
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Aleksandr Lukashenko telefon suhbatida Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Belarus prezidentining matbuot xizmati.
"Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni saylovda erishgan ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi va belgilangan rejalarda muvaffaqiyat tiladi.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar mavzularini muhokama qilishdi hamda ularning yuqori darajasini va dinamikasini qayd etishdi. Shu bilan birga Belarus va O‘zbekiston turli sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun yaxshi istiqbolga ega", - deyilgan rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida saylovchilarning 80,8%i ishtirok etdi. Saylovning dastlabki natijalari rasman 25-oktabr soat 16:00 da e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Qabulovning aytishiga ko‘ra, saylov jarayoni davomida qoidabuzarlik to‘g‘risida hech qanday ariza kelib tushmagan. Ayni damda bulletenlar hisoblanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0