Vladimir Putin Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinim
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s premyer-ministrom RF M. Mishustinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2021
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin birinchi bo‘lib Shavkat Mirziyoyevni saylovda erishgan g‘alabasi bilan tabrikladi.
TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovda erishgan g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Kremlning rasmiy sahifasida xabar berildi.
"Davlat rahbari saylovida erishilgan ishonchli g‘alaba bilan sitqidildan tabriklayman. Saylov natijalari sizning yuqori siyosiy obro‘yingizni va sizning O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishingizni hamda xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan sa’y-harakatlaringizni tasdiqladi.
Siz davlatlarimiz orasidagi strategik hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashda shaxsan katta hissa qo‘shmoqdasiz. Biz bundan buyon ham birgalikda davlatlarimiz orasida turli sohalarda amaliy hamkorlikni, dolzarb masalalarni hal qilishdagi konstruktiv muloqotni birgalikda davom ettirishimizga ishonchim komil. Bu, so‘zsiz, Rossiya va O‘zbekistonning hamdo‘st xalqlari manfaatlariga javob beradi, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Sizga chin ko‘ngildan muvaffaqiyat va salomatlik tilayman!", - deyilgan tabrik so‘zida.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida saylovchilarning 80,8%i ishtirok etdi. Saylovning dastlabki natijalari rasman 25-oktabr soat 16:00 da e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Oliy sudi raisi Kozimjon Qabulovning aytishiga ko‘ra, saylov jarayoni davomida qoidabuzarlik to‘g‘risida hech qanday ariza kelib tushmagan. Ayni damda bulletenlar hisoblanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0