Ruhan rus odamlar: 30-yillik ayriliq dunyodagi vatandoshlarni nimaga o‘rgatdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVII Vsemirniy kongress rossiyskix sootechestvennikov, projivayushix za rubejom
VII Vsemirniy kongress rossiyskix sootechestvennikov, projivayushix za rubejom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya yaqin xorij davlatlarida rus tilini qanday rivojlantirishni rejalashtirmoqda, bugungi kunda butun dunyodagi yurtdoshlarni qanday muammolar tashvishga solmoqda va vatan bilan aloqalarni qanday mustahkamlash mumkin? Tafsilotlar Sputnik obzorida.
Chet elda yashovchi rossiyalik vatandoshlarning yettinchi Butunjahon kongressi Moskvada 100 ta davlatdan 400 nafar delegatni yig‘di, shu jumladan, yaqin xorij respublikalaridan ham.
Postsovet mamlakatlaridagi vatandoshlar qanday imtiyozlarga umid qilishi mumkin, Rossiya universitetlariga kvota qay tarzda oshiriladi va nima uchun RFda ba’zan boshqa millat vakillarini ruslar deya atashadi – bularning barchasi Sputnik materialida.

"Rus" - ko‘p millatli tushuncha

Hech kimga sir emaski, "rus dunyosi" atamasi Rossiyadan tashqarida turfa reaksiyaga sabab bo‘ladi. Kimdir bu konsepsiyani ma’qullab, har qanday davlat xorijdagi diaspora vakillarini qo‘llab-quvvatlashi kerak deb hisoblasa, kimdir uni ochiq tanqid qilib, bu Rossiyaning o‘z ta’sir kuchini kengaytirishga urinish deb ataydi.
Torjestva v chest dnya rojdeniya Aleksandra Pushkina v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Oleg Malginov: Rus tili o‘zbek madaniyatini jahonga tarqatishda yordam berdi
Biroq, tashqi siyosiy doktrinalar ishlab chiqilgan taqdirda, bu Rossiya uchun boshqa mamlakatlarga qaraganda qiyin kechadi: axir, SSSR tarkibiga 15ta respublika kirgan va ularning har birida haligacha rus tilida so‘zlashiladi. Yana muhim bir jihat shundaki, sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlarining rusiyzabon fuqarolarining hammasi ham etnik ruslar emas. Balki shuning uchun ham Rossiya "diaspora" (milliy yoki diniy kelib chikishga asoslangan uyushmalar) atamasi o‘rniga "vatandoshlar" atamasini qo‘llaydi.
Vatandoshlar toifasiga bir vaqtning o‘zida bir necha guruhlar kiradi: Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy yashaydigan Rossiya fuqarolari, Rossiya Federatsiyasi hududida yashagan insonlarning avlodlari, shuningdek, Rossiya hududida azaldan yashab kelgan xalqlarga mansub shaxslar.
"Rossiya bu ko‘pmillatli va turli din vakillari istiqomat qiluvchi davlat, - deb bayonot qildi Kongress ishini ochib bergan RF TIV rahbari Sergey Lavrov. - Bizning millatlar, madaniyatlar va dinlarning bir hududda mavjudligi borasidagi tajribamiz noyobdir".
Uzbeksko-russkiy razgovornik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2020
O‘zbekiston va rus tili
Lavrovning fikricha, ushbu turli din va madaniyatlar vakillari uchun birlashtiruvchi dastlabki omil bu - rus tili bo‘lib qolmoqda.
RF Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko ham kongressda chiqishi davomida ishtirokchilarning millatiga emas, balki tiliga e’tibor qaratdi.
"Pandemiyaning eng og‘ir oylarida siz qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan vatandoshlarimizga yordam ko‘rsatdingiz. Sizlar bizning ishonchimizsiz", - dedi minnatdorlik bilan Matviyenko yaqin xorij davlatlar aholisiga murojaat qilar ekan. Spiker ularning barchasi birgalikda "ko‘pmillatli dunyoni" tashkil etishlarini qo‘shimcha qildi.
"Bizning ruslarimiz, ular qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar, aql bovar qilmas holatlarga tushib qoladi", - deydi Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmani Tatana Moskalkova. - Rus nemislari, rus yahudiylari, rus o‘zbeklari. Noqonuniy jinoiy javobgarlikka tortish, chet el fuqarolari bilan turmush qurgan ayollarning farzandlari bilan muloqot qilishiga ta’qiq qo‘yish”.
Vrach-pulmonolog Olga Bogush - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistondagi missiyani yakunladi

To‘siqlarni kamaytirib

Sergey Lavrovning ta’kidiga ko‘ra, o‘tgan 20-yil ichida Rossiya o‘z vatandoshlari bilan birgalikda "muhim vazifani amalga oshirdi - ko‘p millatli rus dunyosini reallikka aylantirdi". Uning fikricha, bunda ko‘p jihatdan Rossiya Konstitutsiyasiga vatandoshlarning huquq va manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi nizomning kiritilishi amaliy ko‘mak berdi.
"Ushbu huquqiy normalar taqdir taqazosi bilan o‘z tarixiy vatanidan tashqarida bo‘lganlarga nisbatan davlat siyosatini takomillashtirishga imkon beradi", – dedi Lavrov.
Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i Valentina Kazakova fikricha, vatandoshlarning muntazam uchrashuvlari Rossiya rasmiylariga RF fuqaroligini olish tartibini soddalashtirishga yordam berdi.
Rukovoditel fraksii Liberalno-demokraticheskaya partiya Rossii (LDPR) v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2021
Jirinovskiy: Rossiya vatandoshlarga Markaziy Osiyodan ketishga yordamlashishi kerak
"Uch yil ichida ko‘p ishlar qilindi, - deydi Kazakova. - Amaldagi fuqarolikdan chiqish shart emas. Endilikda Qozog‘iston, Moldova, Belarus va Ukraina fuqarolari Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin".
Aytgancha, may oyida qozog‘istonlik vatandosh Vatandoshlarning xorijdan ko‘chishiga yordam berishga qaratilgan dasturning millionchi ishtirokchisiga aylandi, deya qo‘shimcha qiladi Valentina Kazakova.
"Bu ajoyib yigit, shifokor va u pandemiyaning birinchi kunlaridanoq "qizil zonada" bo‘ldi va fuqarolarimizga kasallikka qarshi kurashishda yordam berdi", - dedi ayol. - Bugun Rossiya xududida 7 millionga yaqin chet el fuqarolari bor, ularning ko‘plari bizning vatandoshlarimiz. Bu shaxslarning fuqarolik olishlariga halal berayotgan ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish Rossiya IIVning vazifasidir".

Yaqin xorij davlatlari uchun ajratiladigan kvotalar soni ko‘payadi

Vatandoshlarning birinchi to‘lqini – bu Sovet ittifoqi parchalanishini yashab o‘tganlardir. Biroq, endi Rossiya yosh avlodga katta e’tibor qaratishi kerak, deya fikr bildiradi RF Davlat Dumasining xalqaro masalalar qo‘mitasi raisi Leonid Sluskiy.
"1989-1990 yillarda dunyo bo‘yicha 350 million nafar inson rus tilida gaplasha olar edi, hozir bu ko‘rsatkich atiga 270 millionni tashkil qiladi, -deydi afsuslanib Sluskiy.- 30-yil - bu tarixiy miqyosda oladigan bo‘lsak ahamiyatsiz vaqt bo‘lagiga o‘xshab ko‘rinadi, ammo shu vaqt ichida ko‘rsatgich 80 millionga qisqardi! Yaqinda biz Bishkekda Chexov nomidagi maktabni ochdik, biroq boshqa davlatlarda bir necha yuzlab maktablar yopildi. Shuning uchun ham ta’lim - eng muhim vazifamizdir".
Obuchenie russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2021
O‘zbekiston rossiyalik o‘qituvchilarni ko‘proq jalb qilishni istaydi
"Kelgusi yili Rossiya beshta maktabni foydalanishga topshirish niyatida, ularning har biri 1200 sig‘imga ega bo‘ladi", - dedi Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Andrey Korneyev. Uning aytishicha, Rossiya yangi shakldagi maktablarni yaratmoqda: ularda ta’lim Rossiya standarti bo‘yicha milliy komponent bilan (ona tili va tarixini o‘rgangan holda) uyg‘unlashgan holda olib boriladi. Xuddi shunday ta’lim muassasalaridan biri Turkmanistonda allaqachon faoliyat yuritmoqda. Yana to‘qqiztasini Qirg‘izistonda ochish rejalashtirilmoqda.
"Rossiya nafaqat maktablar sonini, balki o‘z universitetlarida bepul ta’lim olish uchun kvotalar sonini ham ko‘paytirmoqda", - deya qo‘shimcha qiladi Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasyev. Kelgusi o‘quv yilida kvotalar soni 23 mingni, 2023-yilda esa 30 mingni tashkil etishi rejalashtirilgan.
"Shuningdek, chet eldagi 17 ta davlatda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 40 ta filiali ishlab turibdi, - dedi Afanasyev. - Ularda 17 ming nafar talaba ta’lim olishadi. Armaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Belarusda esa ikki tomonlama bo‘ysunish tashkilotlari bor (Rossiya va oliy o‘quv yurti joylashgan davlat tomonidan nazorat qilinadigan slavan universitetlari - Sputnik) ".
Ta’kidlash joizki, hozirda O‘zbekistonni o‘zida Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 14 ta filiali faoliyat yuritib kelmoqda va yaqin kelajakda ular soni yana ko‘payishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0