Oleg Malginov: Rus tili o‘zbek madaniyatini jahonga tarqatishda yordam berdi

© Ramiz BaxtiyarovTorjestva v chest dnya rojdeniya Aleksandra Pushkina v Tashkente
Torjestva v chest dnya rojdeniya Aleksandra Pushkina v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
Elchi ta’kidlashiga ko‘ra, O‘zbekistonda rus tili o‘zbek tilining rivojlanishiga xalal bermaydi, balkim yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochishda yordam beradi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov Toshkentdagi A.S. Pushkin haykali yonida bo‘lib o‘tgan, rus shoirining tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan tadbirda nutq so‘zladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Malginov aytishiga qarganda, aynan A.S. Pushkin tufayli rus tili dunyo xalqlari so‘zlashadigan xalqaro muloqot vositasiga aylangan.
“Pushkin rus tili xalqaro so‘zlashuv tiliga aylanishini va u boshqa millatlar tili va madaniyati rivojlanishiga hissa qo‘shishini oldindan aytib bergan edi”, - deydi Malginov.
Elchining ta’kidlashiga ko‘ra, O‘zbekistonda rus tili o‘zbek tilining rivojlanishiga xalal bermaydi, balkim yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochishda yordam beradi. “Ikki til birlashganda yangi sintez, sinergiya, rivojlanish va kuch paydo bo‘ladi”.
© Posolstvo Rossii v UzbekistanePoeticheskaya aksiya u pamatnika A. S. Pushkinu v Tashkente
Poeticheskaya aksiya u pamatnika A. S. Pushkinu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Poeticheskaya aksiya u pamatnika A. S. Pushkinu v Tashkente
Rus tili o‘zbek madaniyatining tarqatuvchisiga aylandi. Butun dunyo rus tili orqali O‘zbekistonning mumtoz shoirlari Navoiy, Bobur va Shayboniyni tanishdi.
O‘zbekistonning zamonaviy yozuvchi, shoir va madaniyat arboblari asarlarining rus tiliga tarjimasi butun dunyoda ulkan auditoriyaga tarqaldi, - deydi Malginov.
Rus tilini saqlab qolgan holda, Pushkin asarlarini o‘qib va o‘rganib o‘zbekistonliklar Rossiya bilan muloqot qilishlari mumkin. Rossiya O‘zbekistonni o‘zining eng yaqin qo‘shnilaridan va do‘stona xalq va davlatlaridan biri deb biladi, - dedi elchi.
Yangiliklar lentasi
0