Jirinovskiy: Rossiya vatandoshlarga Markaziy Osiyodan ketishga yordamlashishi kerak

© Press-slujba Gosdumi RF / Mediabankka o‘tishRukovoditel fraksii "Liberalno-demokraticheskaya partiya Rossii" (LDPR) v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy
Rukovoditel fraksii Liberalno-demokraticheskaya partiya Rossii (LDPR) v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2021
Obuna bo‘lish
Siyosatchi vatandoshlarning Markaziy Osiyo mamlakatlaridan evakuatsiya qilinishi zarurati sababi sifatida Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvini keltirib o‘tdi
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. LDPR fraksiyasi rahbari, deputat Vladimir Jirinovskiy Markaziy Osiyo mamlakatlarida istiqomat qiluvchi rossiyaliklarga e’tibor qaratishga chaqirdi.
Siyosatchi o‘zining Telegram-kanalida Afg‘onistonda vaziyat ziddiylashgani va Markaziy Osiyo mamlakatlariga ekstremistik uyushmalarning o‘tib ketishi xatari oshgani munosabati bilan Rossiyaga ko‘chib o‘tishni xohlovchilarga yordam berish zarurligi to‘g‘risida yozib qoldirgan.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Toliblar muvaffaqiyatiga qo‘shnilar qanday munosabatda?
"Buning uchun Rossiya TIV Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi elchixonalarimizga ko‘chishni istovchilarga 2 hafta ichida Rossiya Federatsiyasi pasportlarini rasmiylashtirish haqida topshiriq berishi mumkin", - degan Jirinovskiy.
Deputat ilgariroq ham Afg‘oniston va Markaziy Osiyodagi vaziyat rivoji haqida o‘z fikrlarini bildirgan.
Jumladan, Jirinovskiy Tojikistondagi Rossiyaning 201-harbiy baza - Afg‘onistondan terrorchilar hujumini tiyib turgan yagona sabab ekanligi haqida gapirgan. Shuningdek, siyosatchi, toliblar mamlakat uchun kurashda ustun kelishlarini prognoz qilgan.
Yangiliklar lentasi
0