https://oz.sputniknews.uz/20211019/namanganlik-ayol-eri-voz-kechgach-ovsinining-qizini-kanalga-choktirib-yubordi-20963929.html
Namanganlik ayol eri voz kechgach, ovsinining qizini kanalga cho‘ktirib yubordi
Namanganlik ayol eri voz kechgach, ovsinining qizini kanalga cho‘ktirib yubordi
Sputnik O‘zbekiston
Qizaloq yaqin qarindoshi tomonidan maktabdan olib chiqib ketilib, o‘qishga qaytib kelmagach, uning bedarak yo‘qolgani haqida ichki ishlar idorasiga xabar berilgan 19.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-19T12:39+0500
2021-10-19T12:39+0500
2021-10-19T12:39+0500
hodisalar
qotillik
sud
namangan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/305/70/3057057_0:458:2013:1590_1920x0_80_0_0_7cbe36e40035909fd5736b36981645a8.jpg
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Namanganda eri voz kechgani uchun ovsinining qizini kanalga cho‘ktirib yuborgan ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda mahalliy telekanallardan biri xabar berdi.Ilgariroq joriy yil aprel oyida Namangan viloyatining Chortoq tumanidan oqib o‘tgan Katta Namangan kanalidan 5-sinf o‘quvchisining jasadi topilgani va qotillikda uning kelinoyisi gumonlanayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 5-aprel kuni beshinchi sinf o‘quvchisi M.A. maktabda darsda vaqtida yaqin qarindoshi tomonidan olib ketilgan va u maktabga qaytib kelmagan. Shundan so‘ng qizaloq bedarak yo‘qolgani haqida xabarlar tarqalgan.Maktab ma’muriyati shu kuni soat 16:00 larda IIBga murojaat qilgan.Holat yuzasidan Chortoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, voyaga yetmagan fuqaroning yo‘qolgani shubhali tuyulgani sabab Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida qizchani maktabdan uning kelinoyisi olib ketgani ma’lum bo‘lgan.Ta’kidlanishicha, F.Q. (kelinoyi) muqaddam o‘g‘rilik sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va turmush o‘rtog‘i u bilan yashamay qo‘ygan. Sudlanuvchi turmush o‘rtog‘iga birga yashashni taklif qilib, rad javobini olgach, jiyani orqali erian o‘ch olishga qaror qilgan va qizaloqni kanalning ovloq joyiga olib borib, suvga itarib yuborgan.Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ayblanuvchi F.Q.ga nisbatan 16-yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210907/toshkentda-ogil-oz-onasini-rashk-tufayli-oldirib-qoydi-20396864.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/305/70/3057057_0:269:2013:1779_1920x0_80_0_0_1091fcbf7e012760a7af26419688c877.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , qotillik, sud, namangan
hodisalar , qotillik, sud, namangan
Namanganlik ayol eri voz kechgach, ovsinining qizini kanalga cho‘ktirib yubordi
Qizaloq yaqin qarindoshi tomonidan maktabdan olib chiqib ketilib, o‘qishga qaytib kelmagach, uning bedarak yo‘qolgani haqida ichki ishlar idorasiga xabar berilgan
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Namanganda eri voz kechgani uchun ovsinining qizini kanalga cho‘ktirib yuborgan ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda mahalliy telekanallardan biri xabar berdi.
Ilgariroq joriy yil aprel oyida Namangan viloyatining Chortoq tumanidan oqib o‘tgan Katta Namangan kanalidan 5-sinf o‘quvchisining jasadi topilgani va qotillikda uning kelinoyisi gumonlanayotgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 5-aprel kuni beshinchi sinf o‘quvchisi M.A. maktabda darsda vaqtida yaqin qarindoshi tomonidan olib ketilgan va u maktabga qaytib kelmagan. Shundan so‘ng qizaloq bedarak yo‘qolgani haqida xabarlar tarqalgan.
Maktab ma’muriyati shu kuni soat 16:00 larda IIBga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Chortoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, voyaga yetmagan fuqaroning yo‘qolgani shubhali tuyulgani sabab Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida qizchani maktabdan uning kelinoyisi olib ketgani ma’lum bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, F.Q. (kelinoyi) muqaddam o‘g‘rilik sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va turmush o‘rtog‘i u bilan yashamay qo‘ygan. Sudlanuvchi turmush o‘rtog‘iga birga yashashni taklif qilib, rad javobini olgach, jiyani orqali erian o‘ch olishga qaror qilgan va qizaloqni kanalning ovloq joyiga olib borib, suvga itarib yuborgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ayblanuvchi F.Q.ga nisbatan 16-yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.