https://oz.sputniknews.uz/20210907/toshkentda-ogil-oz-onasini-rashk-tufayli-oldirib-qoydi-20396864.html
Toshkentda o‘g‘il o‘z onasini rashk tufayli o‘ldirib qo‘ydi
Toshkentda o‘g‘il o‘z onasini rashk tufayli o‘ldirib qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, o‘ldirib qo‘ygan 25 yoshli o‘g‘ilga sud hukmi o‘qildi 07.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-07T14:54+0500
2021-09-07T14:54+0500
2021-09-07T14:54+0500
hodisalar
qotillik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1024/52/10245223_0:0:3029:1703_1920x0_80_0_0_a9d4ab81e9c8a3b9357eeafd3875c4ba.jpg
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 47 yoshli ayol rashk sabab o‘zining 25 yoshli o‘g‘li tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi. Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i ma’lum qildi.Xabarda aytilishicha, farzandi kichikligida eri bilan ajrashib ketgan ayol begona erkaklar bilan munosabatda bo‘lishi, ba’zan ularni uyiga olib kelishi ortidan ona va o‘g‘il o‘rtasida doimiy tortishuvlar yuzaga kelib turgan.Yillar davomida takrorlangan ushbu holat o‘g‘ilda onaga nisbatan kuchli nafrat tuyg‘usi shakllanishiga olib kelgan.Shu tariqa, o‘g‘il 2021-yilning 16-mart kuni kechasi o‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, oshxona pichog‘ini uning o‘ng tomon bo‘yin orqa yuzasiga sanchib, o‘ldirgan.So‘ngra sodir etgan jinoyatni yashirish maqsadida jasadni o‘zi yashab kelgan xonadonning yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.Shundan so‘ng qotil 17-mart kuni mahalla inspektoriga onasini qidirib topishda yordam so‘rab, murojaat qilgan. Tekshiruvlar natijasida jasad qotillik alomatlari bilan topilgan.Jinoyatchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-modasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismiga ko‘ra, u aybiga to‘liq iqror bo‘lgani, uylanmagani kabi holatlarni inobatga olib, 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210722/fargonada-osmirlar-taksichini-vaxshiylarcha-oldirib-dalaga-tashlab-ketishdi-19782825.html
https://oz.sputniknews.uz/20210826/qashqadaryoda-ota-mast-holatda-oglini-temir-bolagi-bilan-urib-oldirdi-20249159.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1024/52/10245223_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_3a648f8d3f3cad14796af553ddc35b09.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , qotillik
Toshkentda o‘g‘il o‘z onasini rashk tufayli o‘ldirib qo‘ydi
O‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, o‘ldirib qo‘ygan 25 yoshli o‘g‘ilga sud hukmi o‘qildi
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 47 yoshli ayol rashk sabab o‘zining 25 yoshli o‘g‘li tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi.
Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, farzandi kichikligida eri bilan ajrashib ketgan ayol begona erkaklar bilan munosabatda bo‘lishi, ba’zan ularni uyiga olib kelishi ortidan ona va o‘g‘il o‘rtasida doimiy tortishuvlar yuzaga kelib turgan.
Yillar davomida takrorlangan ushbu holat o‘g‘ilda onaga nisbatan kuchli nafrat tuyg‘usi shakllanishiga olib kelgan.
Shu tariqa, o‘g‘il 2021-yilning 16-mart kuni kechasi o‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, oshxona pichog‘ini uning o‘ng tomon bo‘yin orqa yuzasiga sanchib, o‘ldirgan.
So‘ngra sodir etgan jinoyatni yashirish maqsadida jasadni o‘zi yashab kelgan xonadonning yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.
Shundan so‘ng qotil 17-mart kuni mahalla inspektoriga onasini qidirib topishda yordam so‘rab, murojaat qilgan. Tekshiruvlar natijasida jasad qotillik alomatlari bilan topilgan.
Jinoyatchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-modasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismiga ko‘ra, u aybiga to‘liq iqror bo‘lgani, uylanmagani kabi holatlarni inobatga olib, 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.