https://oz.sputniknews.uz/20211018/tojikiston-janubida-kxshtga-azo-davlatlarning-harbiy-oquv-mashgulotlari-boshlandi-20949742.html
Tojikiston janubida KXShTga a’zo davlatlarning harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Tojikiston janubida KXShTga a’zo davlatlarning harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Tojikistonning "Momirak" poligonida KXShTga a’zo davlatlarning harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi 18.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-18T14:24+0500
2021-10-18T14:24+0500
2021-10-18T14:24+0500
dunyoda
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/09/20439039_229:0:2693:1386_1920x0_80_0_0_08fe9f5ee43cde5613c1af439ede6bb4.jpg
TOShKENT, 18 okt – Sputnik, Lidiya Isamova. KXShTga a’zo davlatlar qo‘shinlarining harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Tojikistonning janubiy qismida boshlandi, deya habar berdi Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi boshlig‘i polkovnik Faridun Maxmalizoda RIA Novosti agentligiga.Avvalroq Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin oktabr oyida Tojikiston Respublikasi hududida, Afg‘oniston chegarasi yaqinida, KXShTga a’zo davlatlarning harbiy kontingentlari bilan uchta "Hamkorlik", "Qidiruv" va "Eshelon" qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkazilishini aytgan edi."18-23 oktabr kunlari Tojikiston Qurolli Kuchlarining "Momirak" va "Harbmaydon" poligonlarida "Jangovar birodarlik - 2021" qo‘shma tezkor-strategik mashg‘ulotlari doirasida "Eshelon-2021", "Qidiruv-2021" va "Hamkorlik - 2021" maxsus mashqlari bo‘lib o‘tadi", – deya ta’kidlagan Aleksandr Lapin.Tojik-afg‘on chegarasi yaqinidagi mashg‘ulotlar Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston harbiylari ishtirokida o‘tkaziladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, KXShT Kollektiv kuchlari guruhi xalqaro terrorchi tashkilotlarning jangchilari tomonidan Tojikiston hududiga kirishga qilingan urinishlar bilan bog‘liq chegaradagi qurolli mojaroni mahalliylashtirish bo‘yicha qo‘shma operatsiyani tayyorlash va o‘tkazish vazifalarini ishlab chiqadi. Mashg‘ulotlarga Tojikiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, general -leytenant Emomali Sobirzoda va KXShT Birlashgan shtabi boshlig‘i, general -polkovnik Anatoliy Sidorov qo‘mondonlik qiladi.Mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari - KXShT qo‘shinlari (Kollektiv kuchlari) boshqaruv tizimini takomillashtirish, boshqaruv organlari va bo‘linmalarining o‘zaro muvofiqligini oshirish, shuningdek, tashkilotning kollektiv xavfsizlik tizimi kuchlari va vositalarining o‘zaro ishlashiga erishish.Mashg‘ulotlarda KXShTga a’zo davlatlarning mobil tuzilmalar va doimiy tayyorlikdagi harbiy qismlar, zamonaviy qurol va harbiy (maxsus) texnika bilan jihozlangan doimiy tayyor tarkibdagi mobil bo‘linmalar va harbiy qismlardan iborat bo‘lgan kontingentlarining ishtiroki rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari Birlashgan shtab va KXShT Kotibiyatining tezkor guruhlari, maxsus kuchlardan tashkil topgan ichki ishlar organlari (politsiya), xavfsizlik va maxsus xizmatlar bo‘linmalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi vakolatli organlarning ishtiroki ham kutilmoqda.Mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichiga KXShT Parlament Assambleyasi Kengashi huzuridagi KXShTga a’zo davlatlarning mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitalari (komissiyalari) raislarining Muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi a’zolari, Serbiya, O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston vakillari va harbiy attashelar, shuningdek Xalqaro Qizil Xoj qo‘mitasi vakillari taklif etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20211015/shht-maxsus-xizmatlari-afgonistondagi-vaziyat-fonida-aloqalarni-faollashtirmoqda-20918956.html
https://oz.sputniknews.uz/20211006/ozbek-hind-harbiy-mashgulotlarini-otkazish-masalasi-muhokama-qilindi-20799368.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/09/20439039_265:0:2996:2048_1920x0_80_0_0_2e891e5bb445955d5ee87d15898976e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
Tojikiston janubida KXShTga a’zo davlatlarning harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Tojikistonning "Momirak" poligonida KXShTga a’zo davlatlarning harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
TOShKENT, 18 okt – Sputnik, Lidiya Isamova. KXShTga a’zo davlatlar qo‘shinlarining harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Tojikistonning janubiy qismida boshlandi, deya habar berdi Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi boshlig‘i polkovnik Faridun Maxmalizoda RIA Novosti agentligiga.
Avvalroq Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin oktabr oyida Tojikiston Respublikasi hududida, Afg‘oniston chegarasi yaqinida, KXShTga a’zo davlatlarning harbiy kontingentlari bilan uchta "Hamkorlik", "Qidiruv" va "Eshelon" qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkazilishini aytgan edi.
"18-23 oktabr kunlari Tojikiston Qurolli Kuchlarining "Momirak" va "Harbmaydon" poligonlarida "Jangovar birodarlik - 2021" qo‘shma tezkor-strategik mashg‘ulotlari doirasida "Eshelon-2021", "Qidiruv-2021" va "Hamkorlik - 2021" maxsus mashqlari bo‘lib o‘tadi", – deya ta’kidlagan Aleksandr Lapin.
Tojik-afg‘on chegarasi yaqinidagi mashg‘ulotlar Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston harbiylari ishtirokida o‘tkaziladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXShT Kollektiv kuchlari guruhi xalqaro terrorchi tashkilotlarning jangchilari tomonidan Tojikiston hududiga kirishga qilingan urinishlar bilan bog‘liq chegaradagi qurolli mojaroni mahalliylashtirish bo‘yicha qo‘shma operatsiyani tayyorlash va o‘tkazish vazifalarini ishlab chiqadi. Mashg‘ulotlarga Tojikiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, general -leytenant Emomali Sobirzoda va KXShT Birlashgan shtabi boshlig‘i, general -polkovnik Anatoliy Sidorov qo‘mondonlik qiladi.
Mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari - KXShT qo‘shinlari (Kollektiv kuchlari) boshqaruv tizimini takomillashtirish, boshqaruv organlari va bo‘linmalarining o‘zaro muvofiqligini oshirish, shuningdek, tashkilotning kollektiv xavfsizlik tizimi kuchlari va vositalarining o‘zaro ishlashiga erishish.
Mashg‘ulotlarda KXShTga a’zo davlatlarning mobil tuzilmalar va doimiy tayyorlikdagi harbiy qismlar, zamonaviy qurol va harbiy (maxsus) texnika bilan jihozlangan doimiy tayyor tarkibdagi mobil bo‘linmalar va harbiy qismlardan iborat bo‘lgan kontingentlarining ishtiroki rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari Birlashgan shtab va KXShT Kotibiyatining tezkor guruhlari, maxsus kuchlardan tashkil topgan ichki ishlar organlari (politsiya), xavfsizlik va maxsus xizmatlar bo‘linmalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi vakolatli organlarning ishtiroki ham kutilmoqda.
Mashg‘ulotlarning yakuniy bosqichiga KXShT Parlament Assambleyasi Kengashi huzuridagi KXShTga a’zo davlatlarning mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitalari (komissiyalari) raislarining Muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi a’zolari, Serbiya, O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston vakillari va harbiy attashelar, shuningdek Xalqaro Qizil Xoj qo‘mitasi vakillari taklif etilgan.