O‘zbek-hind harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Nukuse voyennie proveli onlayn soveshanie so svoimi indiyskimi kollegami
V Nukuse voyennie proveli onlayn soveshanie so svoimi indiyskimi kollegami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Nukusda harbiylar hindistonlik hamkasblari bilan onlayn muloqot qildi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Xindiston o‘rtasida imzolangan 2021-2022 yilga ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq kelgusi yilda “Do‘stlik-2022” birgalikdagi o‘zbek-hind o‘quvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Xalqaro harbiy hamkorlik doirasida ikki davlat harbiylari ishtirokida o‘tkazilishi kutilayotgan ushbu o‘quvlar Xorazm viloyatidagi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugga qarashli “Yangiariq” umumqo‘shin poligoni hududida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
© Ministerstvo oboroni UzbekistanaV Nukuse voyennie proveli onlayn soveshanie so svoimi indiyskimi kollegami
V Nukuse voyennie proveli onlayn soveshanie so svoimi indiyskimi kollegami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
V Nukuse voyennie proveli onlayn soveshanie so svoimi indiyskimi kollegami
Mazkur o‘quvlarni o‘tkazish hamda mehmon davlat vakillarining O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifiga bag‘ishlab videokonferens aloqa tizimi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahridan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ofitserlari, Nukusdan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Hindiston mudofaa vazirligi mas’ullari ishtirok etib, rejalashtirilgan o‘quvlarni muhokama etishdi.
Uchrashuv davomida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan “Yangiariq” umumqo‘shin poligonining jangovar imkoniyatlari, yaratilgan qulay sharoitlar hamda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mavjud o‘quv-moddiy baza namoyish etildi.
Xalqaro miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlar Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug hududidagi harbiy poligonlarida shu vaqtga qadar hech qachon o‘tkazilmagan.
Tadbir davomida mehmon tomon kelgusi rejada turgan o‘quvlarni o‘tkazishni batafsil muhokama etish uchun shu yilning dekabr oyida O‘zbekistonga tashrif bilan kelish istagini bildirdi. Suhbat davomida o‘quvlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0