ShHT maxsus xizmatlari Afg‘onistondagi vaziyat fonida aloqalarni faollashtirmoqda

© AP PhotoFlagi stran-uchastnis ShOS
Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2021
Obuna bo‘lish
Ilgariroq O‘zbekistonning ShHTdagi vakili Raxmatulla Nurimbetov Respublikaning 2021-2022 yilda ShHTga raisligidagi asosiy ustuvorliklardan biri a’zo-mamlakatlarning aksilterror yo‘nalishida hamkorlikni faollashtirish bo‘lishini ta’kidlagan edi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Shanxay Hamkorlik tashkiloti mamlakatlari Afg‘onistondagi vaziyat tufayli terrorizmga qarshi kurash va o‘zaro ma’lumot almashish bo‘yicha muloqotlarni faollashtirdilar. Bu haqda ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Toshkentdagi ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi shtab-kvartirasida tashkilotga a’zo davlatlarning vakolatli organlari aksilterror bo‘linmalari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
Kamilov provol soveshanie v MITSA posvashennoe ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
O‘zbekistonning ShHTda raisligi yuqori darajada bo‘lib o‘tadi - Kamilov
"Delegatsiya rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyat fonida ShHTga a’zo davlatlarning xavfsizligiga bo‘layotgan chaqiriq va tahdidlarga baho berishdi, terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishdi. Shuningdek, ShHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida yuqorida aytilgan sohalarda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ilgari surishdi ", - dedi MATT vakili.
Ilgariroq O‘zbekistonning ShHTdagi vakili Raxmatulla Nurimbetov Respublikaning 2021-2022 yilda ShHTga raisligidagi asosiy ustuvorliklardan biri a’zo-mamlakatlarning aksilterror yo‘nalishida hamkorlikni faollashtirish bo‘lishini ta’kidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0