https://oz.sputniknews.uz/20211012/yangi-trend-rossiyada-migrant-ayollar-soni-kopaydi-20878453.html
Yangi trend: Rossiyada migrant-ayollar soni ko‘paydi
Yangi trend: Rossiyada migrant-ayollar soni ko‘paydi
Sputnik O‘zbekiston
Migrant-ayollarning Rossiyaga kelish holatlari ko‘paymoqda. 12.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-12T18:27+0500
2021-10-12T18:27+0500
2023-04-05T18:34+0500
migratsiya
qirg‘iziston
tojikiston
markaziy osiyo
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/12/15206131_0:142:2728:1677_1920x0_80_0_0_72eb3806a91082389c7677029ea08396.jpg
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiyada migrantlar orasida yangi trend kuzatilmoqda, mamlakatga nafaqat erkaklar, balki ayollarning ham kelishi ko‘paydi. Bu haqda URA.RU nashri "Migratsiyaning ayol chehrasi" xalqaro konferensiyasi e’lon qilingan ma’lumotga asosan.Rossiya Federatsiyasi hududiga asosan Markaziy Osiyo davlatlaridan ayollar kelmoqda."Qirg‘izistondan Rossiya Federatsiyasiga kelganlarning 50 foizini ayollar tashkil qilmoqda. Tojik yoki turkman ayollarining ulushi esa bu mamlakatlardan kelgan migrantlarning kamida 10 foizini tashkil qiladi", - deyilgan xabarda.Bu sohadagi mutaxassislar yangi trendning sababini tushuntirishdi.Agar ilgari migrant ayollar Rossiyaga oila a’zolari sifatida kelgan va deyarli ishlamagan bo‘lsa, bu yil ularning mehnat migratsiyasida faol ishtirok etish tendensiyasi kuzatilmoqda.Asosan migrant-ayollar sotuvchi, farrosh va ko‘cha supuruvchi sifatida ishga joylashadi.Bundan tashqari, ular jismoniy kuch talab qilinmaydigan sohalarda erkaklar o‘rnini bosmoqda. Masalan, kuryerlik yoki sanoat korxonalarda muvaffaqiyatli mehnat qilmoqda.Eslatib o‘tamiz, "Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi.Final bosqichida Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 10 nafar qiz qatnashdi.Birinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Rushana Karimova egalladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211012/endi-nima-qilish-kerak-rossiya-150-ming-ozbekistonlikka-qoyilgan-zapretni-bekor-qildi-20872592.html
https://oz.sputniknews.uz/20211012/on-ming-ishchi-yollash-yanvar-ortalarigacha-davom-etadi---tmma-20867909.html
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/12/15206131_152:0:2577:1819_1920x0_80_0_0_7d88fb29adb48b1b5ed7e71b2719eb01.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, qirg‘iziston, tojikiston, markaziy osiyo, rossiya
migratsiya, qirg‘iziston, tojikiston, markaziy osiyo, rossiya
Yangi trend: Rossiyada migrant-ayollar soni ko‘paydi
18:27 12.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Migrant-ayollarning Rossiyaga kelish holatlari ko‘paymoqda.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiyada migrantlar orasida yangi trend kuzatilmoqda, mamlakatga nafaqat erkaklar, balki ayollarning ham kelishi ko‘paydi. Bu haqda URA.RU nashri "Migratsiyaning ayol chehrasi" xalqaro konferensiyasi e’lon qilingan ma’lumotga asosan.
Rossiya Federatsiyasi hududiga asosan Markaziy Osiyo davlatlaridan ayollar kelmoqda.
"Qirg‘izistondan Rossiya Federatsiyasiga kelganlarning 50 foizini ayollar tashkil qilmoqda. Tojik yoki turkman ayollarining ulushi esa bu mamlakatlardan kelgan migrantlarning kamida 10 foizini tashkil qiladi", - deyilgan xabarda.
Bu sohadagi mutaxassislar yangi trendning sababini tushuntirishdi.
Agar ilgari migrant ayollar Rossiyaga oila a’zolari sifatida kelgan va deyarli ishlamagan bo‘lsa, bu yil ularning mehnat migratsiyasida faol ishtirok etish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Asosan migrant-ayollar sotuvchi, farrosh va ko‘cha supuruvchi sifatida ishga joylashadi.
Bundan tashqari, ular jismoniy kuch talab qilinmaydigan sohalarda erkaklar o‘rnini bosmoqda. Masalan, kuryerlik yoki sanoat korxonalarda muvaffaqiyatli mehnat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Final bosqichida Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 10 nafar qiz qatnashdi.
Birinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Rushana Karimova egalladi.