O‘n ming ishchi yollash yanvar o‘rtalarigacha davom etadi - TMMA

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati yirik milliy loyihalarni amalga oshirish maqsadida tez fursat ichida o‘zbekistondan 10 ming nafar quruvchilarni ishga yollashni rejalashtirgan.
TOShKENT, 12 okt - Sputnik. 2022 yil yanvar oyining o‘rtalariga qadar 10 ming nafar O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadagi qurilish ishlariga jalb qilish bo‘yicha pilot loyiha yakuniga yetadi.

Reja bo‘yicha, kuniga 250 kishigacha tekshiruvdan o‘tadi, 10 ming kishi - yanvar o‘rtalariga qadar", - dedi RIA Novostiga Tashqi migratsiya agentligi vakili.

Tibbiy ko‘rik Toshkentdagi Bandlikka ko‘maklashish markazi bazasida amalga oshiriladi. O‘zbekistonning barcha hududlaridan fuqarolar shu yerga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Toshkentga Rossiyagning Federal tibbiy-biologik agentligidan 39 nafar mutaxassislar Rossiyada ishlash niyatida bo‘lganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun kelishgan edi. Ular o‘zlari bilan kerakli uskunalar, tibbiy buyumlar va "Sputnik Light" vaksinasini ham olib kelishgan.
Ma’lmot uchun, pandemiya boshlangan vaqtida minglab o‘zbekistonlik quruvchilar daromadini yo‘qotgani sababli Rossiyani tark etishgan edi. Karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng ham ular Rossiyaga qaytib kelishga shoshilgani yo‘q. Natijada Rossiya qurilish sektorida ishchi kuchi yetishmasligi yuzaga keldi.
Rossiya hukumati BAM, kosmodrom, Amur gazni qayta ishlash zavodi va boshqa yirik milliy loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistondan 10 ming nafar quruvchilarni tashkillashtirilgan tartibda ishga yollashni rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0