https://oz.sputniknews.uz/20211012/endi-nima-qilish-kerak-rossiya-150-ming-ozbekistonlikka-qoyilgan-zapretni-bekor-qildi-20872592.html
Endi nima qilish kerak? Rossiya 150 ming o‘zbekistonlikka qo‘yilgan “zapret”ni bekor qildi
Endi nima qilish kerak? Rossiya 150 ming o‘zbekistonlikka qo‘yilgan “zapret”ni bekor qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati O‘zbekistondan 150 ming migrantga mamlakatga kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. 12.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-12T14:23+0500
2021-10-12T14:23+0500
2023-04-05T18:34+0500
migratsiya
o‘zbekiston
migrantlar
zapret
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/01/20324591_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_e8fb4eaa9fa2c6b714fbb36f08c1b684.jpg
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Siyosatshunos, Moskva hukumati huzuridagi kengashning migratsiya komissiyasi raisi, "Yaxshi qo‘shnichilik" xalqaro munosabatlarni rivojlantirish jamg‘armasi loyihalari direktori Yuriy Moskovskiy bundan keyin nima qilish kerakligini tushuntirdi."Ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik uchun sud qarorisiz mamlakatdan chiqarib yuborilgan kishilar amnistiyaga tushdi".Yuriy Moskovskiy so‘zlariga ko‘ra, buni faqat chet el fuqarolariga nisbatan qilish kerak, faqat O‘zbekiston va Tojikiston emas. Ikkita ma’muriy huquqbuzarlik uchun chiqarib yuborish amaliyotini bekor qilib, uni jarima bilan almashtirish kerak.O‘z navbatida, migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert, Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlash institutining etakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev bu kutilgan yangilik deb hisoblaydi:"Oldindan rejalashtirilganidek, mahbuslarni ishga jalb qilishdan ko‘ra, kirishga taqiqni olib tashlash osonroq".Rossiya migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov 150 ming nafar O‘zbekiston fuqarosidan Rossiyaga kirish taqiqi olib tashlandi. Bundan tashqari, "zapret"ga tushgan 150 ming Tojikiston fuqarosi ham Rossiyaga hududiga kirishi mumkin.Afv sud qarori bilan Rossiyadan chiqarib yuborilgan xorijliklar toifasiga taalluqli emas.Agar mamlakatdan chiqarib yuborish va taqiq qo‘yish qarori Rossiya IIV tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, hozirda taqiq bor yoki yo‘qligini mvd.rf saytida tekshirish mumkin.Shuningdek, Kojenov migrantlarni pul evaziga “zapret”dan chiqarib berishni taklif qiluvchi firibgarlardan ogohlantirdi. Chunki fuqaroning o‘zi mustaqil buni tekshirib ko‘rish imkoniyati ega.
https://oz.sputniknews.uz/20211012/rossiya-150-ming-ozbekistonlikdan-mamlakatga-kirish-taqiqini-olib-tashladi-20868956.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/01/20324591_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_0c8dcaffeb3c8b45209cb317abd1e532.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, o‘zbekiston, migrantlar, zapret, rossiya
migratsiya, o‘zbekiston, migrantlar, zapret, rossiya
Endi nima qilish kerak? Rossiya 150 ming o‘zbekistonlikka qo‘yilgan “zapret”ni bekor qildi
14:23 12.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Rossiya hukumati O‘zbekistondan 150 ming migrantga mamlakatga kirishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Siyosatshunos, Moskva hukumati huzuridagi kengashning migratsiya komissiyasi raisi, "Yaxshi qo‘shnichilik" xalqaro munosabatlarni rivojlantirish jamg‘armasi loyihalari direktori Yuriy Moskovskiy bundan keyin nima qilish kerakligini tushuntirdi.
"Ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik uchun sud qarorisiz mamlakatdan chiqarib yuborilgan kishilar amnistiyaga tushdi".
Yuriy Moskovskiy so‘zlariga ko‘ra, buni faqat chet el fuqarolariga nisbatan qilish kerak, faqat O‘zbekiston va Tojikiston emas. Ikkita ma’muriy huquqbuzarlik uchun chiqarib yuborish amaliyotini bekor qilib, uni jarima bilan almashtirish kerak.
O‘z navbatida, migratsiya masalalari bo‘yicha ekspert, Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlash institutining etakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev bu kutilgan yangilik deb hisoblaydi:
"Oldindan rejalashtirilganidek, mahbuslarni ishga jalb qilishdan ko‘ra, kirishga taqiqni olib tashlash osonroq".
Rossiya migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov 150 ming nafar O‘zbekiston fuqarosidan Rossiyaga kirish taqiqi olib tashlandi.
Bundan tashqari, "zapret"ga tushgan 150 ming Tojikiston fuqarosi ham Rossiyaga hududiga kirishi mumkin.
Afv sud qarori bilan Rossiyadan chiqarib yuborilgan xorijliklar toifasiga taalluqli emas.
Agar mamlakatdan chiqarib yuborish va taqiq qo‘yish qarori Rossiya IIV tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, hozirda taqiq bor yoki yo‘qligini
mvd.rf saytida tekshirish mumkin.
Shuningdek, Kojenov migrantlarni pul evaziga “zapret”dan chiqarib berishni taklif qiluvchi firibgarlardan ogohlantirdi. Chunki fuqaroning o‘zi mustaqil buni tekshirib ko‘rish imkoniyati ega.