Sharqiy Yevropa zarba ostida: amerikaning B61 yadroviy bombalari mintaqani yo‘q qilishga shay

© Foto : Dane WiedmanAmerikanskiy istrebitel F-35B
Amerikanskiy istrebitel F-35B  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
V61-12 ilgariroq F-16C qiruvchisi bilan integrallashtirilgan edi. Ammo konstruksiyaning nomukamalligi bomba F-35ga o‘rnatilishiga olib keldi. Shu tufayli F-35 qiruvchilari seriyali ishlab chiqarilishi 2020-yildan 2022-yilga qoldirilgan edi.
Dunyo yetakchiligi maqomidan va xalqaro obro‘dan mahrum bo‘layotgan AQSh, xuddiki cho‘kayotgan odam xasga yopishgandek, B61-12 termoyadroviy bombasiga yopishmoqda. Go‘yo modernizatsiya qilingan taktik o‘q -dorilarning "yevropacha ixtisoslashuvi" afg‘on avanturasidan so‘ng kalovlanib turgan ittifoqchilar va sheriklarning "aqlini kiritib qo‘yadigan", Yevropada harbiy mojaro yuz bergan taqdirda bu bombaning o‘zi ularni yo‘q qilmaydigandek.
Ploshadka otkritogo xraneniya obojjennix boyepripasov s otravlyayushimi veshestvami dlya posleduyushey utilizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Rossiya AQShni kimoviy qurollarini yo‘q qilishiga da’vat etdi
Nevada shtatidagi AQSh HHKning maxfiy Tonopa poligonida 4-oktabr kuni yangi F -35A qiruvchi-samolyotlariga o‘rnatilgan B61-12 (JTA)taktik yadroviy bombalari sinovlari yakunlandi. Parvoz sinovlari final yakunida bir juft "ko‘rinmaslar" B61 maketlarini yerga tashladi va ommaviy ishlab chiqarish uchun Pentagon tomonidan hali tasdiqlanmagan samolyotga yadroviy konstruksiya sertifikati berildi.
Bundan buyon, radarlarda ko‘rinadigan F-35A sezilmas tarzda (ichki bo‘limlarda) "taktik yadroviy qurolni dushman hududiga yetkazib berishga qodir" sanaladi. Biroq, sertifikatlangandan keyin ham F -35ning hammasi ham "yadroviy" bo‘lmaydi.
Ilgariroq V61-12 - F-16C qiruvchi samolyoti bilan integrallashtirilgan edi, yangilangan o‘q-dorilar sinovi besh yildan buyon davom etmoqda. Qurilmaning nomukammalligi bombani F-35 qiruvchi samolyoti bilan birlashtirdi. Amerikaliklar bu qiruvchini 2020-yilda ommaviy ishlab-chiqarishni boshlashni rejalashtirgan, ammo keyin bu rejaning amalga oshishi 2022-yilga qadar ortga surilgan edi.
V61-12 modifikatsiyasi Yevropa arsenallarida mavjud bo‘lgan amerikaning eskirgan yadroviy qurollarini almashtirishga mo‘ljallangan. Ochiq manbalarda Germaniya, Italiya, Belgiya, Gollandiya va Turkiyada V61 tipidagi umumiy quvvati 18 megatonnaga teng bo‘lgan 200 ga yaqin yadroviy bomba saqlanayotgani haqida xabarlar berilgan edi - bu Xirosimadagi 900ta portlashga tengdir. AQShning Yevropadagi ittifoqchilari uchun bu juda muhim ma’lumot.
Prezentatsiya novogo voyennogo samoleta Checkmate na MAKS-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2021
Shoh va mot: Rossiya yangi qiruvchini namoyish qildi
1945 yilning yozida amerikaliklar Yaponiyada birinchi marotaba 20 kilotonnali bombani qo‘llashgan edi - Xirosimada o‘shanda 200 mingga yaqin inson qurbon bo‘lgan. Yuzlab B61-12 bombalari esa o‘n millionlab yevropaliklarga ajal va’da qilmoqda. Bu fonda Boltiqbo‘yi, Gruziya va Moldova hudud jihatdan ixcham mamlakatlari xalqlari yo‘q bo‘lib ketganini hech kim payqamaydi hatto.
Ko‘rinib turibdiki, Yevropada tiqishtirilayotgan rusofobiya dunyoga real tahdidlarni mutlaqo aks ettirmaydi. Axir aynan AQSh chet hududlarda termoyadroviy "tiyib turish"ga intilmoqda, ya’ni "agressiv Rossiya" bilan bir qatorda yevropalik ittifoqchilarni muqarrar yo‘q qilishga tayyorlanmoqda. Radiatsiya axir tanlab o‘tirmaydi, shunday ekan, NATOning Sharqiy Yevropa mamlakatlari birinchilardan bo‘lib "tozalash olovi"da qolishadi.

Bir dona B61-12 – bu ikkita Xirosima degani

F-35 qiruvchisi B61 seriyadagi yadroviy qurol sinovlarini yakunladi, xo‘sh buyog‘i nima bo‘ladi? Ehtimol, jangovar foydalanish boshlanar.
Modernizatsiya qilingan B61-12 termoyadroviy bombasi snaradni boshqarish tizimi bilan boyitildi va o‘zgaruvchan quvvati - 50 kilotonnagacha yetkazildi. U xuddi qanotli raketalar singari rejalashtiruvchi xususiyatga ega, va "uskunalar yordamida" tashlash nuqtasidan 30 km masofada nishongacha yetib borishga qodir. V61 V-2A strategik bombardimonchilari qurollari safida turadi va u AQShning boshqa davlatlar hududida joylashtirilgan yagona taktik yadroviy qurolidir.
Generalniy sekretar Organizatsii Obyedinennix Natsiy (OON) Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
BMT bosh kotibi: insoniyat yadroviy yo‘q qilinish xavfiga yaqin kelib qolgan
B61 termoyadroviy bombasi 1963-yilda ishlab chiqilgan. Jangovor zaradning bazaviy varianti 170 kilotongacha (yoki "sakkizta Xirosima"). Turkum portlash kuchini sozlash imkoniyatiga ega (qo‘yilgan vazifaga qarab), umuman, har xil modifikatsiyali 3000 dan ortiq B61 bombalari ishlab chiqarilgan. Oxirgi B61-11 seriyasi 1990 -yillarda xizmatga topshirilgan, boshqa seriyadagi bombalardan 340 kilotonagacha bo‘lgan sig‘imi va portlatishdan oldin chuqurlashish uchun moslangan mustahkamlangan korpusga egaligi- 6 metrgacha betonni teshishga qodirligi bilan ajralib turadi.
Yaqinda Polsha AQSh bilan 32 ta F-35A Lightning II qiruvchi samolyotini (4,6 milliard dollarga) sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi, Polsha bombalarni 2024-yilda oladi. Buyuk Britaniya, Norvegiya, Italiya, Gollandiya va Daniya havo kuchlari allaqachon "ko‘rinmas chaqmoq" dan foydalanmoqda. Hatto neytral Shveytsariya xam 36 ta F-35 samolyotini (5,5 milliard dollarga) sotib olmoqchi.
NATO Harbiy -havo kuchlari qo‘mondoni general Tod Uolters 2030-yilga qadar Yevropada 450 ta F-35 samolyotlarini jamlash haqidagi rejasini e’lon qildi - asosan ittifoqchilar hisobidan. Keyin ularni Amerika F61-12 yadroviy bombalari bilan "birlashtirish" va dushman tomon yo‘nalishni ko‘rsatishgina qoladi halos. AQShning yangilangan termoyadroviy qurollari dastlab va keyingi chorak asrda Yevropaga qaratilgan bo‘lib, ular Rossiyani "ushlab turish"ga hizmat qiladi va AQShning Yevropadagi ittifoqchilari Vashington tomonidan o‘z-o‘zidan konstruksiyalashtirilgan hodisalarning garoviga tushadi.

Bema’nilik mantig‘i

AQSh NATOni sharqqa tomon kengaytirish siyosatini davom ettirmoqda. Amerikaliklar ta’kidiga ko‘ra, Rossiya Arktikani tobora ziddiyatli mintaqaga aylantirib, o‘zining Kaliningrad, Boltiqbo‘yi, Qrimda, Qora dengizdagi hududlarga kirish va kirishni bloklash imkoniyatlarini kuchaytirib, NATOning sharqiy qanoti uchun xavfni tobora oshirmoqda.
Yevropada hamma ham Rossiya bilan Arktika yoki Qrim uchun urushda AQSh manfaatlari uchun qurbon bo‘lishni istamaydi, biroq "ishontirish" texnologiyasi juda zo‘r yo‘lga qo‘yilgan. Afg‘onistonda NATO ittifoqchilari va sheriklari xuddi shu ishontirish texnologiyasi tufayli hozir bo‘lgan va Vashington xohishiga ko‘ra 20-yil davomida sababsiz narsa uchun jang qilishgan va qurbon bo‘lishgan, oqibatda bu mamlakatni quruq tark etdilar. Erksevar Fransiyada NATOdan chiqish masalasi yana bir bor kun tartibiga chiqarilayotgani ham bejizdan emas.
Voyennoslujashix amerikanskoy natsionalnoy gvardii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Xafa bo‘ldi. NATO bloki qudratli harbiy kuchga ega bo‘lgan a’zosidan ayrilishi mumkin
4 oktabr kuni AQSh prezidenti Jozef Baydenning Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan uchrashuvida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Afg‘onistondan keyin alyans o‘z resurslarini 30 nafar a’zo-davlatlarni himoya qilish uchun yo‘naltirishini aytdi va Rossiyaga ushbu "uy" devorlari tashqarisidagi "eng tajovuzkor" mamlakat, deya ta’rif berdi.
6 oktabr kuni NATOdan o‘nta rossiyalik diplomatlarning rasmiy tushuntirishlarsiz chiqarib yuborilishi qarama -qarshilikning yangi bosqichi boshlanganidan dalolat beradi va bu Yevropa xavfsizligi uchun salbiy oqibatlarni keltibir chiqarishi muqarrar. Rossiya Mudofaa Vazirligi AQSh va uning ittifoqchilarining Rossiya chegaralari yaqinidagi harbiy faolligi oshib borayotganini qayd etmoqda. Moskva xalqaro siyosat sohasida va harbiy qurilish amaliyotida adekvat va tezkor javob qaytarmoqda.
Yevropada ko‘zga tashlanayotgan "qo‘zilar sukunati" va "miya o‘limi" fonida Rossiya 7-oktabr kuni BMT Bosh assambleyasida AQShni yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani buzganlikda aybladi - Rossiya AQShni yadroviy bo‘lmagan Yevropa davlatlarida tarqatganlikda, shuningdek, taktik o‘q-dorilar va ularni yetkazib berish vositalarini modernizatsiya qilishda, hamda NATOning noyadroviy a’zolari ishtirokida "qo‘shma yadroviy missiyalar" o‘tkazishda aybladi.
Aksii protesta v Minske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Belarusning AQShga “xavfi katta”: unga qarshi sanksiyalar kiritiladi
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 6-oktabr kuni Belarus Respublikasida ikkita HHK va Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari qo‘shma jangovar tayyorgarlik markazlari tashkil etilishini e’lon qildi. Yaqin istiqbolda Belarus Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining yagona hududiy havo mudofaasi tizimida doimiy jangovar navbatchilikni tashkil qilish uchun Rossiyadan o‘nlab jangovar samolyot va vertolotlar, havodan hujumga qarshi eng yangi mudofaa tizimlarini oladi. Belarus g‘arbida F-35 ni 400 km masofadan urib tushira oladigan S-400 "Triumf" zenit-raketa majmualari paydo bo‘ladi. Endi, topingchi, Yevropada keng ko‘lamli harbiy mojaro ro‘y bergan taqdirda, B61-12 yadroviy bombalari ortilgan samolyotlar qayerga qulashi mumkin?
Rossiyaning qurol -yarog‘ sohasidagi texnologik ilgarilab ketishi va mudofaa qudratining sezilarli darajada mustahkamlanishi, Xitoy iqtisodiy salohiyatining o‘sishi, afg‘on missiyasining NATO uchun sharmandali tarzda yakunlashi - AQSh strategiyasini va amerikaparast harbiy blokni tobora harob va bo‘rttirilgan qilib ko‘rsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0