https://oz.sputniknews.uz/20210601/belarusning-aqshga-xavfi-katta-unga-qarshi-sanktsiyalar-kiritiladi--19019439.html
Belarusning AQShga “xavfi katta”: unga qarshi sanksiyalar kiritiladi
Belarusning AQShga “xavfi katta”: unga qarshi sanksiyalar kiritiladi
Sputnik O‘zbekiston
Medeleyev tablitsasidagi 19 element – kaliy – YeI tomonidan Belarusga qarshi kiritilishi mo‘ljallangan sanksiyalarning asosiy obyektiga aylanishi mumkin. 01.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-01T12:16+0500
2021-06-01T12:16+0500
2021-06-01T12:24+0500
kolumnistlar
aqsh
yevropa
sanksiyalar
belarus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/01/19019874_0:0:2477:1393_1920x0_80_0_0_c2b52ceacc01beac6d5003c40118e47a.jpg
Angelina Pavlova Kaliy eksporti bo‘yicha Belarus ko‘rsatgichlari – orzu qiladigan darajada ajoyib desa bo‘ladi: 2013-yilda “Belaruskaliy” davlat korxonasining jahon bozoridagi ulushi 12,5 %ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib u deyarli 18 %ni tashkil qildi. Sof raqam ko‘rsatgichlarida bu 7 million tonnadan 12 million tonnaga yetdi. Bu sohada "Belaruskaliy" jahon bozorida domiy yetakchi bo‘lgan Kanadadan ham o‘zib ketdi. Eslatib o‘tamiz, bor yo‘g‘i ikki yil oldin, Belarus – mutlaq “normal” davlat edi. U yerda hech qanday “diktatura rejimi” ham yo‘q edi. Yevropa va jahon chempionatlari o‘tkazilardi, Lukashenkoni ham barcha davralarda jon deb qabul qilishardi. Bunga sportning 15 turi bo‘yicha o‘tkazilgan Yevropa Olimpiada o‘yinlari yoki Ukraina va DNR-LNR o‘rtasida imzolangan Normand to‘rtligi (Minsk) shartnomalari misol bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, nima sodir bo‘ldi-ki Brussel va Vashington birdan Belarus ichida “qo‘zg‘olon” ko‘tarishga, buni eplay olmaganidan so‘ng esa to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid va ig‘voga (provokatsiya) o‘tishdi? Balkim o‘tgan yil avgustda bo‘lib o‘tgan Belarus prezidenti saylovi sabab bo‘lgandir? – E yo‘q!Eng katta sabab – AQShning Tramp boshchiligidagi ma’muriyati tomonidan “kaliyning AQSh xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega element” deb tan olinishi bo‘lgan. Ushbu hujjat rasman 2018-yilning may oyida paydo bo‘lgan edi. Xo‘sh, Belaruskaliyning bunga nima aloqasi bor? Gap shundaki, kaliy – bu o‘g‘it ishlab chiqarishda o‘ta muhim element hisoblanadi. Usiz hech bir o‘simlik o‘smaydi, gullar ochilmaydi, bug‘doy tgmaydi, hosildorlik keskin tushib ketadi, o‘simliklar zararkunandalar oldida himoyasiz bo‘lib qoladi.Kaliy bo‘lmasa qishloq xo‘jaligi mutlaq inqirozga yuz tutishi mumkin. Agrar soha rivojlangan davlatlarda esa – buning oqibatlari halokatli bo‘lishi mumkin. O‘shanda G‘arbning “shonli milliardi”ning to‘kin oziq-ovqat rastalari bir zumda tugab qolishi mumkin. Pandemiyaning birinchi to‘lqini davrida “sivilizatsiya o‘chog‘idagi” xaridorlar bir pachka makaron uchun qanday mushtlashgani, birovning savatchasidan un va yorma o‘g‘irlagani haliyam esimizda. Ikkinchi tomondan esa, Fitch agentligi yaqinda kaliy narxlari oshishini bashorat qilishdi va albatta o‘sish tomoniga. Bunday vaziyatda kim mo‘maygina daromadning “to‘g‘ri hamon” yonidan o‘tib ketishini istaydi? “Noto‘g‘ri hamon” kimniki ekanini G‘arb allaqachon ko‘rsatib turibdi. Shu sababli ham G‘arb o‘tgan yildan boshlab Belarus bilan yangicha “hisob-kitobni” boshlagan. “A –reja” ish bermaganidan so‘ng "B-rejaga o‘tishgan". Ha aytmoqchi, shiorlar o‘sha-o‘sha: demokratiya, ozodlik, adolat va ho kazo. A-rejadagi Tixanovskaya va Kolesnikovalar familiyasi B-rejada Roman Protasevich va Sofya Sapegaga o‘zgartirildi, xolos. Undan so‘ng esa, kuchli ig‘vo va muxolifatchini hibsga olish va bu haqida butun dunyoga jar solish. Bularning hammasi ideal vaqtda - aynan Yevropa sammiti arafasida. Bu juda qulay - dushman belgilandi, uning harakatlari qattiq tanqid qilindi va jamoat fikri tayyorlanadi. Sammitda esa hamma birgalashib – sanksiya kiritadi. Natijada esa “ozodlik himoyalangan” va kaliy bozoridagi kuchli raqib “chetlatilgan” - iqtisodiy maqsad amalga oshdi. Aslida, bu kimning iqtisodiy maqsadi edi?Kaliyning to‘rtdan birini Belarusdan sotib olayotgan Yevropa fermerlari kamchilikni qayerdan to‘ldiradi? Belarus havo hududini aylanib o‘tishga majbur bo‘layotgan aviakompaniyalar kerosinga ortiqcha kerosin xarajatlarini kim qoplaydi? Hozircha bu jiddiy savollarga javob yo‘q. Albatta Makron, Merkel, yoki Irlandiya, Estoniya, Polsha yoki YeIning boshqa davlatlari bosh vazirlari emas. Oshgan xarajatlarni esa – oddiy yevropaliklar to‘laydi. Har bir xalq o‘zi tanlagan rahbarga loyiq deganlari shu bo‘lsa kerak, axir bugungi rahbarlarini ularning o‘zi tanlagan-ku. Sanksiyalar natijasida kimning hamoni to‘lishi ham oldindan ma’lum. Yevropaliklar esa hozirdan dastro‘mol jamlab qo‘ysa bo‘ladi. Chunki yaqin orada ularning ko‘zlari yoshga to‘lishi aniq. Bu albatta “quvonch yoshlari” bo‘ladi, Amerika kimyo korporatsiyalarining daromadlari oshishi munosabati bilan. Jozep Borrel aytmoqchi, ana shunday “o‘ta samarali sanksiyalar” YeIning 24-25 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida joriy etilishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20160322/2105809.html
https://oz.sputniknews.uz/20170228/Rossiya-TIV-AQSh-kongressini-iqtisodiy-qamal-uyushtirganlikda-aybladi-4883708.html
https://oz.sputniknews.uz/20200929/ASh-sisat-kuchi-bilan-isodiy-alabaga-erishmochi---ekspert-15079987.html
yevropa
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/01/19019874_205:0:2477:1704_1920x0_80_0_0_8530a1f698e5c88be93f522bf702b31b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, aqsh, yevropa, sanksiyalar, belarus
kolumnistlar, aqsh, yevropa, sanksiyalar, belarus
Belarusning AQShga “xavfi katta”: unga qarshi sanksiyalar kiritiladi
12:16 01.06.2021 (yangilandi: 12:24 01.06.2021) Medeleyev tablitsasidagi 19 element – kaliy – YeI tomonidan Belarusga qarshi kiritilishi mo‘ljallangan sanksiyalarning asosiy obyektiga aylanishi mumkin.
Kaliy eksporti bo‘yicha Belarus ko‘rsatgichlari – orzu qiladigan darajada ajoyib desa bo‘ladi: 2013-yilda “Belaruskaliy” davlat korxonasining jahon bozoridagi ulushi 12,5 %ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib u deyarli 18 %ni tashkil qildi.
Sof raqam ko‘rsatgichlarida bu 7 million tonnadan 12 million tonnaga yetdi. Bu sohada "Belaruskaliy" jahon bozorida domiy yetakchi bo‘lgan Kanadadan ham o‘zib ketdi.
"Belaruskaliy"ning eksport jug‘rofiyasi ham hayratlanarli – uning mahsuloti dunyoning 138 mamlakatiga yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, bor yo‘g‘i ikki yil oldin, Belarus – mutlaq “normal” davlat edi. U yerda hech qanday “diktatura rejimi” ham yo‘q edi. Yevropa va jahon chempionatlari o‘tkazilardi, Lukashenkoni ham barcha davralarda jon deb qabul qilishardi. Bunga sportning 15 turi bo‘yicha o‘tkazilgan Yevropa Olimpiada o‘yinlari yoki Ukraina va DNR-LNR o‘rtasida imzolangan Normand to‘rtligi (Minsk) shartnomalari misol bo‘lishi mumkin.
Xo‘sh, nima sodir bo‘ldi-ki Brussel va Vashington birdan Belarus ichida “qo‘zg‘olon” ko‘tarishga, buni eplay olmaganidan so‘ng esa to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid va ig‘voga (provokatsiya) o‘tishdi?
Balkim o‘tgan yil avgustda bo‘lib o‘tgan Belarus prezidenti saylovi sabab bo‘lgandir? – E yo‘q!
Eng katta sabab – AQShning Tramp boshchiligidagi ma’muriyati tomonidan “kaliyning AQSh xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega element” deb tan olinishi bo‘lgan. Ushbu hujjat rasman 2018-yilning may oyida paydo bo‘lgan edi.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, kaliyni asosan chetdan sotib oladigan AQSh, ushbu borada “xorijiy davlatlar nodo‘st harakatlari oldida potensial zaiflikka ega”. Uni yetkazib berishda uzilishlar AQSh uchun jiddiy noxush holatlarga olib kelishi mumkin.
Xo‘sh, Belaruskaliyning bunga nima aloqasi bor?
Gap shundaki, kaliy – bu o‘g‘it ishlab chiqarishda o‘ta muhim element hisoblanadi. Usiz hech bir o‘simlik o‘smaydi, gullar ochilmaydi, bug‘doy tgmaydi, hosildorlik keskin tushib ketadi, o‘simliklar zararkunandalar oldida himoyasiz bo‘lib qoladi.
Kaliy bo‘lmasa qishloq xo‘jaligi mutlaq inqirozga yuz tutishi mumkin. Agrar soha rivojlangan davlatlarda esa – buning oqibatlari halokatli bo‘lishi mumkin.
O‘shanda G‘arbning “shonli milliardi”ning to‘kin oziq-ovqat rastalari bir zumda tugab qolishi mumkin. Pandemiyaning birinchi to‘lqini davrida “sivilizatsiya o‘chog‘idagi” xaridorlar bir pachka makaron uchun qanday mushtlashgani, birovning savatchasidan un va yorma o‘g‘irlagani haliyam esimizda.
Ikkinchi tomondan esa, Fitch agentligi yaqinda kaliy narxlari oshishini bashorat qilishdi va albatta o‘sish tomoniga.
“220 dollar o‘rniga kaliy 230 dollarga chiqadi. Bu so‘nggi 10-yil ichida eng yuqori narx bo‘ladi va kamida 2023-yilga qadar saqlanib qoladi”, - deydi yozadi quvonch bilan Fitch agentligi.
Bunday vaziyatda kim mo‘maygina daromadning “to‘g‘ri hamon” yonidan o‘tib ketishini istaydi? “Noto‘g‘ri hamon” kimniki ekanini G‘arb allaqachon ko‘rsatib turibdi.
Shu sababli ham G‘arb o‘tgan yildan boshlab Belarus bilan yangicha “hisob-kitobni” boshlagan. “A –reja” ish bermaganidan so‘ng "B-rejaga o‘tishgan". Ha aytmoqchi, shiorlar o‘sha-o‘sha: demokratiya, ozodlik, adolat va ho kazo.
A-rejadagi Tixanovskaya va Kolesnikovalar familiyasi B-rejada Roman Protasevich va Sofya Sapegaga o‘zgartirildi, xolos. Undan so‘ng esa, kuchli ig‘vo va muxolifatchini hibsga olish va bu haqida butun dunyoga jar solish. Bularning hammasi ideal vaqtda - aynan Yevropa sammiti arafasida.
Bu juda qulay - dushman belgilandi, uning harakatlari qattiq tanqid qilindi va jamoat fikri tayyorlanadi. Sammitda esa hamma birgalashib – sanksiya kiritadi. Natijada esa “ozodlik himoyalangan” va kaliy bozoridagi kuchli raqib “chetlatilgan” - iqtisodiy maqsad amalga oshdi.
Aslida, bu kimning iqtisodiy maqsadi edi?
Kaliyning to‘rtdan birini Belarusdan sotib olayotgan Yevropa fermerlari kamchilikni qayerdan to‘ldiradi? Belarus havo hududini aylanib o‘tishga majbur bo‘layotgan aviakompaniyalar kerosinga ortiqcha kerosin xarajatlarini kim qoplaydi?
Hozircha bu jiddiy savollarga javob yo‘q. Albatta Makron, Merkel, yoki Irlandiya, Estoniya, Polsha yoki YeIning boshqa davlatlari bosh vazirlari emas.
Oshgan xarajatlarni esa – oddiy yevropaliklar to‘laydi. Har bir xalq o‘zi tanlagan rahbarga loyiq deganlari shu bo‘lsa kerak, axir bugungi rahbarlarini ularning o‘zi tanlagan-ku.
Sanksiyalar natijasida kimning hamoni to‘lishi ham oldindan ma’lum. Yevropaliklar esa hozirdan dastro‘mol jamlab qo‘ysa bo‘ladi. Chunki yaqin orada ularning ko‘zlari yoshga to‘lishi aniq. Bu albatta “quvonch yoshlari” bo‘ladi, Amerika kimyo korporatsiyalarining daromadlari oshishi munosabati bilan.
Jozep Borrel aytmoqchi, ana shunday “o‘ta samarali sanksiyalar” YeIning 24-25 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida joriy etilishi kutilmoqda.