Rossiya AQShni kimoviy qurollarini yo‘q qilishiga da’vat etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPloshadka otkritogo xraneniya obojjennix boyepripasov s otravlyayushimi veshestvami dlya posleduyushey utilizatsii
Ploshadka otkritogo xraneniya obojjennix boyepripasov s otravlyayushimi veshestvami dlya posleduyushey utilizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya kimoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha xalqaro konvensiyaga to‘liq amal qiladi, AQSh o‘zining kimoviy qurollarini yo‘q qilmagan.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiyaning Vashingtongdagi elchixonasi AQShni kimoviy qurolsizlantirish dasturiini bajarishga chaqirdi. Bu xaqda RFning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasining ma’lumotlariga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
“Rossiya kimoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha xalqaro konvensiyaga amal qilgan holda 2017-yilda shz kimoviy qurollar zahiralarini to‘la yo‘q qilgan. Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti bu hodisani tegishlicha hujjatlashtirgan. Ayni damda AQSh dunyodagi yagona o‘zining ulkan kimoviy qudratini yo‘q qilmagan davlat bo‘lib qolmoqda”, – deyilgan elchixona xabarida.
“Vashingtonni qisqa fursatlarda o‘zining kimoviy qurolsizlantirish dasturiini amalga oshirib, dunyoni ushbu katta ofatdan himoyalab hamda xalqaro majburiyatlarini bajarishiga da’vat etamiz” – deya qo‘shimcha qildi elchixona.
Shuningdek, elchixona, Rossiya tarafga aytilgan kimoviy quroldan foydalanish ayblovlarni rad etdi va bu "agressiv tashviqot kampaniyasidir” deb xulosa qildi RFning Vashingtongdagi diplomatik korpusi.
Yangiliklar lentasi
0