ODKB mashg‘ulotlari: harbiylar nimaga tayyorgarlik ko‘rishmoqda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennie ucheniya ODKB "Rubej-2021" v Kirgizii
Voyennie ucheniya ODKB Rubej-2021 v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2021
Obuna bo‘lish
Tojikistonda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) ning qator mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Harbiylar qanday tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rishmoqda, va ular qanchalik haqiqatga yaqin, bu savollarga Sputnik harbiy sharhlovchisi oydinlik kiritishga harakat qildi.
KXShTga a’zo davlatlarning O‘rta Osiyodagi strategik yo‘nalishida oson bo‘lmagan harbiy-siyosiy vaziyatligicha qolmoqda, mazkur holat tezkorlik va samaradorlik bilan javob qaytarishni talab etadi.
Tojikistonda yangi qo‘shma harbiy harakatlar mamlakat janubiy chegarasida bo‘lib o‘tishi mumkin. Unda qurolli to‘qnashuvlar va dushman kuchlarini yo‘q qilish usullarini o‘rganish ko‘zda tutilmoqda.
KXShTning “O‘zaro harakat”, “Qidiruv” va “Eshelon” deb nomlangan qator o‘quv mashg‘ulotlari joriy yil 18 – 23-oktabr kunlari Tojikistonning Harb-Maydon (Afg‘onistonga chegarasiga 20 kilometr uzoqlikda joylashgan) va Momirakda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Kutilishicha, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 2700 nafarga yaqin harbiy xizmatchi va 500 ta harbiy texnika jalb qilinishi nazarda tutilgan. Undan tashqari yana razvedka xizmatlarining kuchlari ham qo‘shilgan, shuningdek, KXShTning Kollektiv tezkor harakat kuchlari va ularning moddiy-texnik ta’minlanish vositalari ham bor.
Fregat Admiral Gorshkov provel uspeshniy pusk raketi Sirkon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Rossiyaning “Sirkon” gipertovushli raketasi nimalarga qodir
Belarus davlati mashg‘ulotlarga 256 harbiylarini va ularga qo‘shib 5 birlikdagi texnikalarini yuborgan.
Rossiyadan esa 201-chi Markaziy harbiy okrugining 400 mutaxassislari hamda Qirg‘izistondagi “Kant” aviabazasida mujassam bo‘lgan Havo kosmik kuchlari va Rossiyaning uzoq masofali raketa bombardimonchilari Tu-22M3 jalb qilingan.
Rossiyaning motoo‘qchi, artilleriya, tank va boshqa bo‘linmalari 400 kilometrdan oshiq masofani bosib o‘tib, Dushanbe va Bohtar aholi punktlaridan Harb-Maydon va Momirak poligonlariga qadar 400 kilometrli harbiy marshini amalga oshirishdi.
KXShTning kollektiv kuchlari tog‘li cho‘l hududi sharoitlarida qo‘shma operatsiya bajarishga hozirlik ko‘rishmoqda. Ular Afg‘onistondagi jihodchilar bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan harbiy to‘qnashuvlarning nazariyasi o‘rganilmoqda. Qo‘shinlar bir joyga yig‘ilganda u yerda qo‘mondonlik punktlarini joylashtirish, o‘q otish punktlari uchun zarur bo‘lgan muhandislik uskunalarini va ularning kamuflyajlari ta’minlanmoqda.

Keng frontdagi tor mutaxassisliklar

Birinchi bo‘lib belgilangan vazifalarni razvedka bo‘linmalari bajarishga o‘tishdi, 400 dan ortiq Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston harbiylari KXShTning “Poisk-2021” nomli maxsus razvedkaga iqtisoslashgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokini boshladilar.
Ular razvedka paytida noqonuniy qurolli tuzilmalarni yo‘q qilish va bloklash jarayonlarida birgalikda harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha mashqlarni bajardilar. Razvedkachilar eng yangi kuzatish texnikalaridan foydalanishmoqda. Misol uchun bu portativ “Fara-VR” nomli uzluksiz to‘lqinli radar tizimi, u yer yuzidagi nishonlarni (odamlar va uskunalar)ni aniqlaydi. Asosan nishonga olish uchun mo‘ljallangan.
Rukovoditel RSNK v Kabule Vacheslav Nekrasov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Afg‘onlar va "Tolibon"* haqida siz bilmagan faktlar - veteran bilan intervyu
Kichik o‘lchamli radiolokatsiya stansiyasi hisoblanadigan “Sobolyatnik” radari bir vaqtning o‘zida 20 ga yaqin obyektni kuzata oladi. Raqib aniqlanganidan so‘ng, ularning yo‘q qilinishini “Orlan-10” pilotsiz uchar qurilma amalga oshiradi.
Markaziy Osiyo mintaqasining chegara hududlarida qurolli mojarolarga qarshi qo‘shma tayyorgarlik ko‘rish uchun "O‘zaro harakat-2021" mashg‘ulotlarida maxsus kuchlar safarbarlik etilishi kutilmoqda.
Yana bir yo‘nalishlaridan biri bu KXShTning kollektiv kuchlarini moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Eshelon-2021” bo‘lib, mazkur mashg‘ulot birinchi bor Tojikiston hududida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda (oldinroq Rossiyada bo‘lib o‘tgan). Unda Belorusiya, Qozog‘iston, Rossiya va Tojikiston qurolli kuchlari logistika bo‘linmalarining 500 dan ortiq mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda. Har qanday harbiy operatsiyaning 90 foizi qo‘shinlarni moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlashdan (o‘q-dorilar, yoqilg‘i, oziq-ovqat) ta’minlashdan iborat.
Istrebitel-bombardirovshik patogo pokoleniya F-35 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2021
AQShning "milliy fojiasi": F-35 eng sifatsiz samolyotlaridan biri deb topildi
Tojikistonning tayanch punktlaridan uzoqda joylashgan tumanlarida Kollektiv tezkor harakat kuchlarini moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlash algoritmlari ishlab chiqilmoqda, ularning asosiy vazifasi KXShTga a’zo davlat hududiga bostirib kirgan terrorchilik tuzilmalarini yo‘q qilishdir.
Eslatib o‘taman, 2021-yilda Tashkilotga qarashli hududlarida to‘rtta qo‘shma mashq tashkil etilgan. Shu bilan birga, faqat "Buzilmaydigan birodarlik -2021" tinchlikparvar kuchlarining taktik harakatlari Rossiya hududi - Qozonda bo‘lib o‘tdi.
Qolganlari esa tasodifan Tojikistonda bo‘lib o‘tmayapti, ayniqsa muammoli Afg‘oniston chegarasi bilan bog‘lanishi bezijga emas. Chunki Afg‘onistonda islomiy amirlik tuzilishi "jihodchilar" quvvat olishiga olib kelmoqda. Terrorchilik faoliyatining kuchayishi esa mintaqaviy xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ucheniya podrazdeleniya razvedki Zapadnogo voyennogo okruga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Rossiya snayperlari Tojikistonda mashg‘ulot o‘tkazmoqda: zirhni teshuvchi “Kord-M” miltig‘i
Afg‘onistonda “Tolibon” * hukumatga kelganidan so‘ng ham to‘qnashuvlar va teraktlar davom etmoqda. Ko‘ngillilar qo‘shinlari Panjsher darasida “Tolibon”* kolonnalariga nisbatan partizanlik hujumlarni uyushtirishmoqda. Boshqa katta shaharlarida esa o‘ngga yaqin Toliblar* IShID* jangarilarinig nishoniga aylanib ularning qurboniga aylanishmoqda.
Qunduz shahrida 8-oktabrda yuz bergan portlash natijasida yuzga yaqin tinch aholining o‘limiga va bir qancha insonlarning jidiy shikastlanishiga olib keldi, Avvalroq, 3-oktabrda Kobul masjidida juda kuchli portlash yuz berib, 20 kishini hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgandi.
Bu albatta, mavjud Milliy chegaralarni tan olmaydigan ID*ning uslubiga xos.
Tolibon* rasmiysi Zabiulloh Mujohidning 8-oktabr kungi ta’kidiga ko‘ra, ID* – tahdiddan ko‘ra, ko‘proq “bosh og‘riqdir”, lekin vaziyatga bunday baho berish unchalik ham obyektiv emas.
Boyeviki Talibana v prezidentskom dvorse v Kabule, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Toliblarni Afg‘onistondagi ichki va tashqi hokimiyati: MO davlatlari nega hushor bo‘lsin
Panjsher darasidagi Tojiklarga nisbatan repressiyalar fonida Afg‘on-Tojik chegarasida taranglik yuzaga kelishiga olib kelmoqda.
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon “Tolibon”* muvaqqat hukumatini tan olmaslik bo‘yicha juda qattiq va prinsipial pozitsiyani egallamoqda, chunki u harakatning birinchi bor qudratga kelgan davrini (1996-2001 yillar) yaxshi eslab qolgan.
Holbuki, Afg‘oniston 46 % aholisining etnik kelib chiqishi tojiklardan iborat.
Bu orada Dushanbe va Kobul keskin bayonotlar bilan almashib, o‘z harbiy kuchlarini chegara taraf olg‘a boshlashmoqda. “Tolibon”* rahbarlari mamlakat shimoliy hududi bo‘lgan Tohar viloyatiga o‘zining maxsus kuchlarini joylashtirib bo‘ldi. Hukumat rasmiylarining bayonotiga ko‘ra, “Bu jasur jangchilar, har doim shohid kamari bilan yurishadi, Afg‘onistondagi AQSh bazalarida portlashlar yuz berganida, ularning hissalari katta bo‘lgan, ular qo‘rquv nima ekanligini bilishmaydi”
Boyeviki dvijeniya Taliban (terroristicheskaya organizatsiya, zapreshena v Rossii) v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Afg‘oniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?
Bunday yangi "Shohid belbog‘li" jangarilarni afg‘on chegarasidagi xavfsizlik bilan bog‘lab bo‘lmaydi, bu esa o‘z navbatida nafaqat Tojikiston balkim butun Markaziy Osiyodagi boshqa chegaradosh davlatlarida ham "noqulaylik" tug‘dirmoqda.
Afg‘onistonning bir nechta shimoliy hududlarini nazorat qiluvchi “Jamoat Ansrulloh” terrorchilik tuzilmasining rahbari 7-oktabr kuni Tojikiston hududiga bostirib kirishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi. 10-yil oldin Tojikistondagi mavjud konstitutsion hukumatni ag‘darish niyati ostida tashkil topgan bu qo‘poruvchilik tuzilma Badahshonda “Tolibon”* harakati g‘alaba qozonishida katta hissa qo‘shdi. Aytish joyizki, “Jamoat Ansrulloh” “Tolibon”* harakatining jangovar bo‘linmasi hisoblanadi.
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2021
O‘zbekiston AQSh HHKning "zaxira aerodromi"ga aylanadimi?
Xuddi shu bir paytda, Rossiya TIVning tojik-afg‘on chegarasida vaziyat keskinlashgani sabab, bu borada qat’iy choralar ko‘rish haqidagi bayonoti toliblarning "siyosiy idorasi"ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaratilgan. Eshitib qolisharmikan?
“Tolibon”* Afg‘onistonda qudratga kelishi – Rossiya va uning mintaqaviy hamkorlari uchun katta muammolidir.
Moskva pragmatik ravishda 33 mulladan iborat muvaqqat hukumatdan Tolibon*ning oldingi va’dalarini bajarishni talab qilmoqda: siyosiy nuqtayi nazardan terrorizm va giyohvandlik tahdidlarining Afg‘oniston hududidan ko‘payishiga yo‘l qo‘yilmaslik, “Al-qoida”* bilan bo‘lgan har qanday aloqani uzish, va butun afg‘on xalqining siyosiy va etnokonfessional manfaatlarini himoya qiluvchi hukumat tuzilishi talab qilmoqda.
KXShTning Tojikistonda o‘tkazadigan taktik harakatlari, Panj darosining chap qirg‘og‘idagi turli radikal tashkilotlarning kayfiyatini tinch yo‘l bilan hal qilishning yana bir muhim dalili bo‘lib xizmat qiladi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0