https://oz.sputniknews.uz/20211006/rossiyaning-tsirkon-gipertovushli-raketasi-nimalarga-qodir-20797061.html
Rossiyaning “Sirkon” gipertovushli raketasi nimalarga qodir
Rossiyaning “Sirkon” gipertovushli raketasi nimalarga qodir
Sputnik O‘zbekiston
“Sirkon” gipertovushli raketalar Rossiyaga haqiqatdan suveren va yengilmas bo‘lib qolishga ko‘maklashmoqda. 06.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-06T17:54+0500
2021-10-06T17:54+0500
2023-04-05T18:34+0500
kolumnistlar
qurol-yarog‘
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/05/20780453_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_ceff0b58437a7eef56a96afb2d66d9ac.jpg
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiya mudofaa sanoat majmuasi ilmiy-texnik inqilobni amalga oshirib, dunyoda muqobili bo‘lmagan, gipertovush sohasida g‘arb ishlanmalarini o‘n yillarga ortda qoldiradigan majmuani yaratdi.“Severodvinsk” ko‘p nishonga oluvchi atom suvosti kemasi 4-oktabr kuni bir sutkada ikkinchi marta Oq dengizda “Sirkon” gipertovushli qanotli raketani Barensevo dengizidagi shartli nishon bo‘ylab muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Raketa 40 metr chuqurlikda, suvostidagi holatda ishga tushirildi. Biroz oldinroq suvosti kemasining ekipaji suvustidagi holatda sinov nishonini muvaffaqiyatli bajargandi.Shunga o‘xshash seriyalar – texnologiya yutug‘i va Rossiya Harbiy-dengiz flotidagi (HDF) muhim voqea, eng yangi “Sirkon” raketa majmuasining yashirinlik, tengi yo‘qligi va ishonchliligining yaqqol namoyishi.Yuqori darajadagi aniqlik va misli ko‘rilmagan tezlik – olti soniyada 1000 km, - dengiz va quruqlikdagi (aviatashuvchi kema guruhlari, harbiy-dengiz va aviatsiya bazalari, ehtimoliy dushman hududining chuqurlikdagi, jumladan, Pentagonning Atlantika okeani sohilidan 184 km uzoqlikda joylashgan strategik obyektlarini) ehtimoliy ko‘plab nishonlarini yo‘q qilishga qodir. Bortida “Sirkon” raketasi bo‘lgan suvosti kemasi 1000 km uzoqlikda dushmanning ko‘ziga ko‘rinmagan holda har qanday nishonni mo‘ljalga olishga qodir.“Sirkon”larni Rossiya Harbiy-dengiz flotiga yetkazib berish 2022-yilda boshlanadi. Avgust oyida “Armiya-2021” xalqaro harbiy-texnika forumida Rossiya Mudofaa vazirligi 2025-yilgacha mo‘ljallangan (boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan) shartnoma tuzdi. “Sirkon” majmuasining asosiy buyurtmachisi – Harbiy-dengiz floti, ammo istiqbolda quruqlikdagi modifikatsiyalar ham kutilmoqda.“Military Watch” nashri ta’kidladiki: bitta “Yasen” yangi qanotli raketalar bilan ikki marta AQSh Harbiy-dengiz kuchlari (HDK) aviatashuvchi guruhini yo‘q qilishi mumkin. Avvalroq amerikalik admiral Charlz Richard Rossiyaning gipertovushli raketalari katta tahdid tug‘dirishini qayd etgandi, chunki Qo‘shma Shtatlarning zamonaviy havo va raketa hujumiga qarshi mudofaalari hatto ularni ta’qib qilolmaydi.AQSh HDKning “Atlantikada Rossiyaning suvosti faoliyatini” doimiy kuzatish uchun jangovar kemalarni yaratishga urinishi noumidsizlikdan darak beradi. Buning istiqboli yo‘q: “Yasen-M” loyihasi suvosti kemalari juda sassiz, sezgir va tezdir. Avvalroq amerikalik harbiy dengizchilar Atlantika okeanida “Severodvinsk”ni bir necha hafta mobaynida topa olishmagandi.Jangovar ustunlik“Sirkon” yuqori aniqlikka ega qanotli raketa majmuasi dunyoda birinchi bo‘lib 1000 km dan ziyod uzoqlikda davomli gipertovushli parvozni “o‘zlashtirdi”. Soatiga 10 ming km atrofidagi tezlikda harakat qilib, atmosfera zid qobiqlarida manevr qila oladi. Bu o‘z dvigatelining tortishi evaziga amalga oshiriladi. Qanotli “Sirkon”lar dengiz va quruqlikdagi nishonlarni mo‘ljalga olish uchun soddalashtirilgan, 3S14 universial kema majmualaridan ishga tushishga moslashtirilgan, ya’ni “Kalibr” va “Oniks”lar bilan birgalikda qo‘llanishlari mumkin (vaziyatga qarab tanlanadi).O‘rta muddatli istiqbolda 885M “Yasen-M” loyihasining to‘qqizta ko‘p nishonli atom suvosti kemalari (suv sig‘imi 13800 tonna, suv ostiga tushishi – 520 metrgacha, avtonomligi – 100 sutka, suvosti tezligi – 31 uzel), “Irkutsk” suvosti kemasi va “Admiral Naximov” raketali kreyseri qurollantiriladi. “Sirkon” Rossiya HDFni dunyodagi zarba berish qudrati bo‘yicha ilg‘or o‘rinlarga olib chiqadi, “hamkorlar” esa mum tishlab qolishadi.AQSh Qurolli kuchlarining strategik qo‘mondonligi rahbari Charlz Richard Rossiyaning gipertovushli qurollanishda yetakchiligini tan olib bo‘ldi. “The National Interest” nashri ilgari “Severodvinsk” yadro yoki oddiy usuldagi 32 ta “Kalibr” 3M-14K qanotli raketalari bilan qurollanganini xabar qilgandi. Uning radiusi 2500 kilometrdan ziyod va “Qo‘shma shtatlarning asosiy hududi uchun xavf tug‘diradi”. Mana endi esa “Sirkon” ham Dunyo okeanidagi noqulaylikka qo‘shilmoqda.Qayd etish joizki, “Yasenlarning” asosiy vazifasi – “Ogayo” turidagi raketatashuvchi suvosti kemalar jangovar patruli hududi va NATO yadroviy mamlakatlarining aviatashuvchi zarba beruvchi guruhlarini kuzatib borish.Gipertovushli “Sirkon”lar avvalo AQSh HDKning ehtimoliy zarbalarini cheklaydi. Amerika hududi faqat Pentagonning Rossiyaga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlaridan jabr ko‘rishi mumkin.Shu bilan birga, Rossiya beshinchi avlod atom suvosti flotinining asoslarini yaratmoqda.AQShda gipertovush bilan bog‘liq muammolarRossiyaning “Avangard”, “Kinjal”, “Sirkon” gipertovushli raketalari 10 dan 20 Maxgacha tezlik dadil harakat qiladi. Amerika maketlari shikoyatlar bilan ishga tushirilmoqda, lekin hali uchmaydi. “Rapid Response Weapon” va “Hypersonic Air-Air Weapon Concept” loyihasi doirasida bir necha muvaffaqiyatsizliklar 20-sentabr kuni birinchi muvaffaqiyatga olib keldi, shekilli. Sakkiz oy ochida birinchi marta amerika qurilmasi tezligi gipertovush chegarasiga yetdi, ya’ni 5 Max, biroq harakat qilish va uzoqqa uchish nazoratning xolis vositalari bilan tasdiqlanmagan.AQSh Mudofaa vazirligi istiqbolli tadqiqotlar loyihalari agentligi (DARPA) hech qanday tafsilotlarni ochiqlamadi (hatto samolyot modelini). DARPA vakili yangi sinovlar yil oxirida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Xorijiy ekspertlar bunday muvaffaqiyatga shubha bilan qarashmoqda.AQShda gipertovushli raketalarni qurollanishga qabul qilish hatto muhokama qilinmayapti. Pentagonning “Lockheed Martin Missiles & Fire Control” loyihasining AGM-183A ARRW gipertovushli aeroballistik raketasi ustidan katta shikoyatlari bor. AGM-183A mahsulotlari birorta ham muvaffaqiyatli parvozni bajarmadi, iyul oyidagi omadsiz sinov tahlili davom ettirilmoqda.AQSh Harbiy-havo kuchlari 2022-yilgi budjetdan 12 ta sinov raketalari uchun 161 million dollar so‘rashdi. HHK vaziri Frenk Kendall “olg‘a siljish sur’atlaridan” norozi.AQSh yuqori texnologiya qurollanish poygasida Rossiya, Xitoy va hatto Shimoliy Koreyadan ortda qolishni kamaytirishga urinmoqda. Ammo amerikacha optimizm chegara bilmaydi – “Lockheed Martin” Alabama shtatida (ARRW) AGM-183A gipertovushli raketa ishlab chiqarish zavodini ochmoqda. Buning ham o‘z mantig‘i bor: bitkazilmagan F-35 “supersamoloti” bortida AQShning ittifoqchilari va hamkorlari xarid qiladigan uchmaydigan “gipertovushli” raketa ega bo‘lishi shart.
https://oz.sputniknews.uz/20210508/focus-poseydon-va-tsirkon-rossiyaga-qudratli-davlat-maqomini-saqlab-qolishga-yordamlashadi-18644410.html
https://oz.sputniknews.uz/20201214/Ani-va-tez-Rossiyada-Tsirkon-gipertovushli-raketa-sinovdan-tkazildi-15593608.html
https://oz.sputniknews.uz/20201009/Tokhtatib-bolmas-Tsirkon-Rossiyaning-AQSh-tajovuzkor-rejalariga-javobi-15150584.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/05/20780453_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_89d12200802f20af5e749ecbe2a587d7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, qurol-yarog‘, rossiya
kolumnistlar, qurol-yarog‘, rossiya
Rossiyaning “Sirkon” gipertovushli raketasi nimalarga qodir
17:54 06.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) “Sirkon” gipertovushli raketalar Rossiyaga haqiqatdan suveren va yengilmas bo‘lib qolishga ko‘maklashmoqda.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiya mudofaa sanoat majmuasi ilmiy-texnik inqilobni amalga oshirib, dunyoda muqobili bo‘lmagan, gipertovush sohasida g‘arb ishlanmalarini o‘n yillarga ortda qoldiradigan majmuani yaratdi.
“Severodvinsk” ko‘p nishonga oluvchi atom suvosti kemasi 4-oktabr kuni bir sutkada ikkinchi marta Oq dengizda “Sirkon” gipertovushli qanotli raketani Barensevo dengizidagi shartli nishon bo‘ylab muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Raketa 40 metr chuqurlikda, suvostidagi holatda ishga tushirildi. Biroz oldinroq suvosti kemasining ekipaji suvustidagi holatda sinov nishonini muvaffaqiyatli bajargandi.
Shunga o‘xshash seriyalar – texnologiya yutug‘i va Rossiya Harbiy-dengiz flotidagi (HDF) muhim voqea, eng yangi “Sirkon” raketa majmuasining yashirinlik, tengi yo‘qligi va ishonchliligining yaqqol namoyishi.
Yuqori darajadagi aniqlik va misli ko‘rilmagan tezlik – olti soniyada 1000 km, - dengiz va quruqlikdagi (aviatashuvchi kema guruhlari, harbiy-dengiz va aviatsiya bazalari, ehtimoliy dushman hududining chuqurlikdagi, jumladan, Pentagonning Atlantika okeani sohilidan 184 km uzoqlikda joylashgan strategik obyektlarini) ehtimoliy ko‘plab nishonlarini yo‘q qilishga qodir. Bortida “Sirkon” raketasi bo‘lgan suvosti kemasi 1000 km uzoqlikda dushmanning ko‘ziga ko‘rinmagan holda har qanday nishonni mo‘ljalga olishga qodir.
“Sirkon”larni Rossiya Harbiy-dengiz flotiga yetkazib berish 2022-yilda boshlanadi. Avgust oyida “Armiya-2021” xalqaro harbiy-texnika forumida Rossiya Mudofaa vazirligi 2025-yilgacha mo‘ljallangan (boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan) shartnoma tuzdi. “Sirkon” majmuasining asosiy buyurtmachisi – Harbiy-dengiz floti, ammo istiqbolda quruqlikdagi modifikatsiyalar ham kutilmoqda.
“Military Watch” nashri ta’kidladiki: bitta “Yasen” yangi qanotli raketalar bilan ikki marta AQSh Harbiy-dengiz kuchlari (HDK) aviatashuvchi guruhini yo‘q qilishi mumkin. Avvalroq amerikalik admiral Charlz Richard Rossiyaning gipertovushli raketalari katta tahdid tug‘dirishini qayd etgandi, chunki Qo‘shma Shtatlarning zamonaviy havo va raketa hujumiga qarshi mudofaalari hatto ularni ta’qib qilolmaydi.
AQSh HDKning “Atlantikada Rossiyaning suvosti faoliyatini” doimiy kuzatish uchun jangovar kemalarni yaratishga urinishi noumidsizlikdan darak beradi. Buning istiqboli yo‘q: “Yasen-M” loyihasi suvosti kemalari juda sassiz, sezgir va tezdir. Avvalroq amerikalik harbiy dengizchilar Atlantika okeanida “Severodvinsk”ni bir necha hafta mobaynida topa olishmagandi.
“Sirkon” yuqori aniqlikka ega qanotli raketa majmuasi dunyoda birinchi bo‘lib 1000 km dan ziyod uzoqlikda davomli gipertovushli parvozni “o‘zlashtirdi”. Soatiga 10 ming km atrofidagi tezlikda harakat qilib, atmosfera zid qobiqlarida manevr qila oladi. Bu o‘z dvigatelining tortishi evaziga amalga oshiriladi. Qanotli “Sirkon”lar dengiz va quruqlikdagi nishonlarni mo‘ljalga olish uchun soddalashtirilgan, 3S14 universial kema majmualaridan ishga tushishga moslashtirilgan, ya’ni “Kalibr” va “Oniks”lar bilan birgalikda qo‘llanishlari mumkin (vaziyatga qarab tanlanadi).
O‘rta muddatli istiqbolda 885M “Yasen-M” loyihasining to‘qqizta ko‘p nishonli atom suvosti kemalari (suv sig‘imi 13800 tonna, suv ostiga tushishi – 520 metrgacha, avtonomligi – 100 sutka, suvosti tezligi – 31 uzel), “Irkutsk” suvosti kemasi va “Admiral Naximov” raketali kreyseri qurollantiriladi. “Sirkon” Rossiya HDFni dunyodagi zarba berish qudrati bo‘yicha ilg‘or o‘rinlarga olib chiqadi, “hamkorlar” esa mum tishlab qolishadi.
AQSh Qurolli kuchlarining strategik qo‘mondonligi rahbari Charlz Richard Rossiyaning gipertovushli qurollanishda yetakchiligini tan olib bo‘ldi. “The National Interest” nashri ilgari “Severodvinsk” yadro yoki oddiy usuldagi 32 ta “Kalibr” 3M-14K qanotli raketalari bilan qurollanganini xabar qilgandi. Uning radiusi 2500 kilometrdan ziyod va “Qo‘shma shtatlarning asosiy hududi uchun xavf tug‘diradi”. Mana endi esa “Sirkon” ham Dunyo okeanidagi noqulaylikka qo‘shilmoqda.
Qayd etish joizki, “Yasenlarning” asosiy vazifasi – “Ogayo” turidagi raketatashuvchi suvosti kemalar jangovar patruli hududi va NATO yadroviy mamlakatlarining aviatashuvchi zarba beruvchi guruhlarini kuzatib borish.
Gipertovushli “Sirkon”lar avvalo AQSh HDKning ehtimoliy zarbalarini cheklaydi. Amerika hududi faqat Pentagonning Rossiyaga nisbatan tajovuzkor xatti-harakatlaridan jabr ko‘rishi mumkin.
Shu bilan birga, Rossiya beshinchi avlod atom suvosti flotinining asoslarini yaratmoqda.
AQShda gipertovush bilan bog‘liq muammolar
Rossiyaning “Avangard”, “Kinjal”, “Sirkon” gipertovushli raketalari 10 dan 20 Maxgacha tezlik dadil harakat qiladi. Amerika maketlari shikoyatlar bilan ishga tushirilmoqda, lekin hali uchmaydi. “Rapid Response Weapon” va “Hypersonic Air-Air Weapon Concept” loyihasi doirasida bir necha muvaffaqiyatsizliklar 20-sentabr kuni birinchi muvaffaqiyatga olib keldi, shekilli. Sakkiz oy ochida birinchi marta amerika qurilmasi tezligi gipertovush chegarasiga yetdi, ya’ni 5 Max, biroq harakat qilish va uzoqqa uchish nazoratning xolis vositalari bilan tasdiqlanmagan.
AQSh Mudofaa vazirligi istiqbolli tadqiqotlar loyihalari agentligi (DARPA) hech qanday tafsilotlarni ochiqlamadi (hatto samolyot modelini). DARPA vakili yangi sinovlar yil oxirida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Xorijiy ekspertlar bunday muvaffaqiyatga shubha bilan qarashmoqda.
AQShda gipertovushli raketalarni qurollanishga qabul qilish hatto muhokama qilinmayapti. Pentagonning “Lockheed Martin Missiles & Fire Control” loyihasining AGM-183A ARRW gipertovushli aeroballistik raketasi ustidan katta shikoyatlari bor. AGM-183A mahsulotlari birorta ham muvaffaqiyatli parvozni bajarmadi, iyul oyidagi omadsiz sinov tahlili davom ettirilmoqda.
AQSh Harbiy-havo kuchlari 2022-yilgi budjetdan 12 ta sinov raketalari uchun 161 million dollar so‘rashdi. HHK vaziri Frenk Kendall “olg‘a siljish sur’atlaridan” norozi.
AQSh yuqori texnologiya qurollanish poygasida Rossiya, Xitoy va hatto Shimoliy Koreyadan ortda qolishni kamaytirishga urinmoqda. Ammo amerikacha optimizm chegara bilmaydi – “Lockheed Martin” Alabama shtatida (ARRW) AGM-183A gipertovushli raketa ishlab chiqarish zavodini ochmoqda. Buning ham o‘z mantig‘i bor: bitkazilmagan F-35 “supersamoloti” bortida AQShning ittifoqchilari va hamkorlari xarid qiladigan uchmaydigan “gipertovushli” raketa ega bo‘lishi shart.