https://oz.sputniknews.uz/20210819/afgoniston-hodisalar-markazi--qobuldami-yoki-panjsherda-20138896.html
Afg‘oniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?
Afg‘oniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?
Sputnik O‘zbekiston
Islom respublikasi hukumat kuchlari ustidan qozonilgan harbiy g‘alabadan so‘ng, Afg‘onistonning qariyb butun hududi va hokimiyatini egallab olgan toliblar tashqi... 19.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-19T09:24+0500
2021-08-19T09:24+0500
2021-08-19T09:24+0500
kolumnistlar
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/12/20123658_0:224:2847:1825_1920x0_80_0_0_744f1465cb3756ef498fcbea9aaeab38.jpg
Masalan, ular ayollarni kelajakda shakllantiriladigan hukumatga taklif etmoqda.Mamlakat ichkarisida esa taslim bo‘lmagan Panjsherda janglarni davom ettirib, boshqa provinsiyalardagi "norozi" bo‘lgan tinch aholini (jumladan, paranjisiz ayollarni ham) o‘qqa tutmoqda."Tolibon"* jangarilari 18 -avgust kuni Nangarxor provinsiyasida milliy bayroqni qo‘llab -quvvatlagan namoyishchilarga qarata o‘t ochdi, qurbonlar va yaradorlar bor. Tojikistonga tutash Taxor provinsiyasida toliblar ko‘chaga paranjisiz chiqqan ayolni otib o‘ldirishdi. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini tayinlagan hukumat aholidan qurol va boyepripaslarni topshirishni talab qilmoqda. Bunday faktlar va mamlakatdagi barqarorlik bir-biriga mos kelmasligi shubhasiz.Toliblar shuningdek, qistov bilan amerikaliklarni shoshiltirmoqda - Doxadagi bitim bo‘yicha qo‘shinlarni evakuatsiya qilish muddatlari buzilayotganini mudom eslatib turmoqda. Hatto sal oldin Qobul xalqaro aeroportini qo‘riqlash rejasini qat’iylik bilan ilgari surgan Turkiya ham u yerda harbiy mavjudlikni saqlab qolish istagidan voz kechdi."Tolibon"* terroristik harakati rahbari mulla Abdul G‘ani Barodar (20 yil Afg‘oniston tashqarisida yashagandan so‘ng) tantanali ravishda Qatardan Qandahorga qaytdi, ammo rasman "amir" lavozimiga kirishgani yo‘q. Yangi hukumatni shakllantirish texnologiyasi mutlaqo tushunarsiz. Koinotdagi yaqin va uzoq qo‘shnilarning islom amirligi davlatchilik tuzilmasi sifatida mutlaqo maqbul emasligi haqidagi barcha e’tirozlarini toliblar eshitmaganga olib kelishmoqda.Avvalroq, Islom Respublikasi vitse-prezidenti Amrulla Salex, davlat rahbari qochib ketganidan keyin, toliblardan holi bo‘lgan Panjsher darasida prezident vazifasini bajarishga kirishganini aytgan edi. U yerda hukumat qo‘shinlari va ko‘ngilli askarlarga milliy qahramon Ahmadshoh Ma’sudning o‘g‘li kichik-Ahmad Ma’sud qo‘mondonlik qilmoqda. Shimoldan marshal Abdul Rashid Do‘stum boshchiligidagi Afg‘oniston armiyasining 10 ming nafar harbiy xizmatchilari Panjsher tomon yo‘l olgan.Kichik-Ma’sud barcha afg‘onlarni toliblarga qarshilik ko‘rsatish harakatiga qo‘shilishga chorladi. Janglar faqatgina Panjsher darasida kechayotgan emas, Parvon provinsiyasiga tutash bo‘lgan Chorikor tumani ham toliblardan ozod bo‘ldi.G‘aroyib va tushunarsizToliblarning Afg‘onistonda narkotiklarni ishlab chiqarishni to‘xtatish, yangi iqtisodiyotni yaratish, xususiy uylardagi vatandoshlarni bezovta qilmaslik va ayollarni kelajakda shakllantiriladigan hukumatga ishga qabul qilish haqidagi va’dalari paradoksaldir.Faqat narkobiznes barqaror daromad keltiradi va stabil tushumni kafolatlaydi. Mamlakatga xalqaro moliyaviy yordam berilishi muzlatib qo‘yilgan. AQSh toliblarga sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda. Qishloq xo‘jaligi va sanoat tanazzul yoqasiga kelib qolgan. O‘nlab G‘arb mamlakatlarining yordami oldin ham qumga tushgan suv kabi yo‘q bo‘lib ketgan. Yevropa ittifoqining gumanitar falokatning oldini olish uchun toliblar bilan muloqot o‘tkazish niyati (harakatning legitimligini tan olmasdan) haqiqatdan yiroq, chunki deyarli barcha G‘arb davlatlari o‘z elchixonalarini Qobuldan evakuatsiya qilgan.Pentagon 22 ming nafargacha amerikaparast afg‘onlarni evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Qolgan 40 million oddiy fuqaro taqdiri ne kechadi - noma’lum. Biroq, Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili G‘ulom Isakzay Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida toliblar uylarda tintuv o‘tkazib, harbiy xizmatchilarni ommaviy qatl qilayotganliklari haqida gapirdi. Sal vaqt o‘tib, "Tolibon"* aholi yashash punktlarida politsiya funksiyalarini yo‘lga qo‘yadi va shunda o‘z qoidalariga ko‘ra, istalgan joyda va vaqtda o‘z vatandoshlarini ancha samarali "bezovta qilishi" mumkin. Albatta, darra urish, "toshbo‘ron qilish" yoki "boshdan judo qilish" ishlarni faqat shariat sudi qarori bilan amalga oshiradilar.Afg‘on ayollariga to‘rtta devor orasida butunlay izolyatsiya bo‘lib qolish xavfi chang solmayotgan bo‘lsada, lekin toliblar ularning ko‘chada paranjisiz paydo bo‘lishlarini oldini olishadi - bu ishlar ancha shafqatsiz tus olishi ehtimoldan holi emas. Afg‘oniston ayollari uchun noan’anaviy bo‘lgan ushbu yengil sanoat mahsuloti narxi birdaniga bir necha barobar qimmatlashib ketgani ham bejizdan emas.Bunda "Tolibon"* muammoning faqat bir qismi ekanligini unutmaslik kerak. Afg‘oniston hududida o‘nlab boshqa terrorchilik tashkilotlari faoliyat yuritadi, ularning eng mashhurlari "ID"*, "Jabhat an-Nusra"*, "Turkiston islomiy harakati"*dir. Ularning dasturlari va metodlari radikallikda toliblarnikidan qolishmaydi, AQSh va NATO kuchlari olib chiqilgandan keyin esa ularning Afg‘onistondagi o‘rnashuvi hech narsadan havotir olmasa bo‘ladigan tus oldi.Yangi a’zolarni yollash, ular safini kengaytirish, mafkura va kuch proyeksiyasini shimolga - Markaziy Osiyo mamlakatlari tarqatish uchun barcha sharoitlar mavjud. Toliblarning rasmiy vakili Zabiulla Majohedning "Hech kimga bizning hududimizdan uchinchi davlatlarga qarshi foydalanishga ruxsat berilmaydi", degan bayonoti, bu shunchaki quruq gap, "Al-Qoida" bilan hamkorliklari esa - ko‘p yillik tajribadir. Ularning bu singari hamkorlikdan verbal bo‘lsa-da voz kechganliklarini biz mutlaqo guvohi bo‘lmadik.Rossiya ko‘magiQobulning toliblar tomonidan egallanishi (harbiy to‘ntarish) butun mintaqaviy xavfsizlik tizimini xavf ostiga qo‘yadi, afg‘on voqealarining oqibatlarini oldindan aytish qiyin. Vaqti -vaqti bilan Rossiya TIV va Rossiya Mudofaa vazirligi "muz va olov" turkumidagi bayonotlar bilan chiqish qilmoqda, biroq Moskva yaqin orada "Tolibon"* bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatmoqchi emas. Toliblar oxirgi marta hokimiyat tepasiga kelganida ham, faqat BAA ularni tan olishga shoshilgan edi.Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga qurol yetkazib berish hajmini oshirdi va Afg‘oniston yaqinida qator mushtarak harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda. Chegara oldi poligonlarida dushman ortida strategik obyektlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlari zarba berishni mashq qilmoqda - bu toliblarga Markaziy Osiyo chegaralaridan uzoqroq yurish uchun ogohlantirishdir.Moskva Tojikistonda 201-RVB arsenalini sezilarli darajada oshirdi - bo‘linmalar uzoq masofali ognemotlar, eng yangi Kalashnikov AK-12 avtomatlari, Yarigin to‘pponchalari, ASVK-M zamonaviy yirik kalibrli snayper miltiqlari va "Verba" ko‘chiriladigan zenit raketa majmualarini qabul qilib olishdi (hozir toliblar aviatsiyaga ega). ga tegishli aviatsiya bor). Rossiyaning bu sa’y -harakatlari diplomatik qadamlar bilan bir qatorda Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida keng ko‘lamli tahdidlarni zararsizlantirishga qaratilgan.Rossiyaning bu sa’yi-harakatlari diplomatik qadamlar bilan bir qatorda Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida keng ko‘lamli tahdidlarni neytrallashga qaratilgan.* RFda ta’qiqlangan terrorchi harakat.
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ashraf-gani-qaerga-uchib-ketdi-20097083.html
https://oz.sputniknews.uz/20210818/mirziyoev-va-merkel-fuqarolarni-afgonistondan-evakuatsiya-qilishni-muhokama-qildi-20133619.html
https://oz.sputniknews.uz/20210818/tolibon-hokimiyat-tepasiga-kelgandan-keyin-afgonistondagi-vaziyat-video-20131544.html
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ozbekiston-germaniyaga-afgonistondan-odamlarni-evakuatsiya-qilishda-yordam-bermoqda-20130746.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/12/20123658_58:0:2789:2048_1920x0_80_0_0_4d8729aab6287a6c9b4924aa6d560c8c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
kolumnistlar, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Afg‘oniston: hodisalar markazi – Qobuldami yoki Panjsherda?
Islom respublikasi hukumat kuchlari ustidan qozonilgan harbiy g‘alabadan so‘ng, Afg‘onistonning qariyb butun hududi va hokimiyatini egallab olgan toliblar tashqi siyosiy frontda o‘zlarini to‘laligicha demokratik harakat sifatida ko‘rsatishga urinmoqda.
Masalan, ular ayollarni kelajakda shakllantiriladigan hukumatga taklif etmoqda.
Mamlakat ichkarisida esa taslim bo‘lmagan Panjsherda janglarni davom ettirib, boshqa provinsiyalardagi "norozi" bo‘lgan tinch aholini (jumladan, paranjisiz ayollarni ham) o‘qqa tutmoqda.
"Tolibon"* jangarilari 18 -avgust kuni Nangarxor provinsiyasida milliy bayroqni qo‘llab -quvvatlagan namoyishchilarga qarata o‘t ochdi, qurbonlar va yaradorlar bor. Tojikistonga tutash Taxor provinsiyasida toliblar ko‘chaga paranjisiz chiqqan ayolni otib o‘ldirishdi. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini tayinlagan hukumat aholidan qurol va boyepripaslarni topshirishni talab qilmoqda. Bunday faktlar va mamlakatdagi barqarorlik bir-biriga mos kelmasligi shubhasiz.
Toliblar shuningdek, qistov bilan amerikaliklarni shoshiltirmoqda - Doxadagi bitim bo‘yicha qo‘shinlarni evakuatsiya qilish muddatlari buzilayotganini mudom eslatib turmoqda. Hatto sal oldin Qobul xalqaro aeroportini qo‘riqlash rejasini qat’iylik bilan ilgari surgan Turkiya ham u yerda harbiy mavjudlikni saqlab qolish istagidan voz kechdi.
"Tolibon"* terroristik harakati rahbari mulla Abdul G‘ani Barodar (20 yil Afg‘oniston tashqarisida yashagandan so‘ng) tantanali ravishda Qatardan Qandahorga qaytdi, ammo rasman "amir" lavozimiga kirishgani yo‘q. Yangi hukumatni shakllantirish texnologiyasi mutlaqo tushunarsiz. Koinotdagi yaqin va uzoq qo‘shnilarning islom amirligi davlatchilik tuzilmasi sifatida mutlaqo maqbul emasligi haqidagi barcha e’tirozlarini toliblar eshitmaganga olib kelishmoqda.
Avvalroq, Islom Respublikasi vitse-prezidenti Amrulla Salex, davlat rahbari qochib ketganidan keyin, toliblardan holi bo‘lgan Panjsher darasida prezident vazifasini bajarishga kirishganini aytgan edi. U yerda hukumat qo‘shinlari va ko‘ngilli askarlarga milliy qahramon Ahmadshoh Ma’sudning o‘g‘li kichik-Ahmad Ma’sud qo‘mondonlik qilmoqda. Shimoldan marshal Abdul Rashid Do‘stum boshchiligidagi Afg‘oniston armiyasining 10 ming nafar harbiy xizmatchilari Panjsher tomon yo‘l olgan.
Kichik-Ma’sud barcha afg‘onlarni toliblarga qarshilik ko‘rsatish harakatiga qo‘shilishga chorladi. Janglar faqatgina Panjsher darasida kechayotgan emas, Parvon provinsiyasiga tutash bo‘lgan Chorikor tumani ham toliblardan ozod bo‘ldi.
Toliblarning Afg‘onistonda narkotiklarni ishlab chiqarishni to‘xtatish, yangi iqtisodiyotni yaratish, xususiy uylardagi vatandoshlarni bezovta qilmaslik va ayollarni kelajakda shakllantiriladigan hukumatga ishga qabul qilish haqidagi va’dalari paradoksaldir.
Faqat narkobiznes barqaror daromad keltiradi va stabil tushumni kafolatlaydi. Mamlakatga xalqaro moliyaviy yordam berilishi muzlatib qo‘yilgan. AQSh toliblarga sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda. Qishloq xo‘jaligi va sanoat tanazzul yoqasiga kelib qolgan. O‘nlab G‘arb mamlakatlarining yordami oldin ham qumga tushgan suv kabi yo‘q bo‘lib ketgan. Yevropa ittifoqining gumanitar falokatning oldini olish uchun toliblar bilan muloqot o‘tkazish niyati (harakatning legitimligini tan olmasdan) haqiqatdan yiroq, chunki deyarli barcha G‘arb davlatlari o‘z elchixonalarini Qobuldan evakuatsiya qilgan.
Pentagon 22 ming nafargacha amerikaparast afg‘onlarni evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Qolgan 40 million oddiy fuqaro taqdiri ne kechadi - noma’lum. Biroq, Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili G‘ulom Isakzay Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida toliblar uylarda tintuv o‘tkazib, harbiy xizmatchilarni ommaviy qatl qilayotganliklari haqida gapirdi. Sal vaqt o‘tib, "Tolibon"* aholi yashash punktlarida politsiya funksiyalarini yo‘lga qo‘yadi va shunda o‘z qoidalariga ko‘ra, istalgan joyda va vaqtda o‘z vatandoshlarini ancha samarali "bezovta qilishi" mumkin. Albatta, darra urish, "toshbo‘ron qilish" yoki "boshdan judo qilish" ishlarni faqat shariat sudi qarori bilan amalga oshiradilar.
Afg‘on ayollariga to‘rtta devor orasida butunlay izolyatsiya bo‘lib qolish xavfi chang solmayotgan bo‘lsada, lekin toliblar ularning ko‘chada paranjisiz paydo bo‘lishlarini oldini olishadi - bu ishlar ancha shafqatsiz tus olishi ehtimoldan holi emas. Afg‘oniston ayollari uchun noan’anaviy bo‘lgan ushbu yengil sanoat mahsuloti narxi birdaniga bir necha barobar qimmatlashib ketgani ham bejizdan emas.
Bunda "Tolibon"* muammoning faqat bir qismi ekanligini unutmaslik kerak. Afg‘oniston hududida o‘nlab boshqa terrorchilik tashkilotlari faoliyat yuritadi, ularning eng mashhurlari "ID"*, "Jabhat an-Nusra"*, "Turkiston islomiy harakati"*dir. Ularning dasturlari va metodlari radikallikda toliblarnikidan qolishmaydi, AQSh va NATO kuchlari olib chiqilgandan keyin esa ularning Afg‘onistondagi o‘rnashuvi hech narsadan havotir olmasa bo‘ladigan tus oldi.
Yangi a’zolarni yollash, ular safini kengaytirish, mafkura va kuch proyeksiyasini shimolga - Markaziy Osiyo mamlakatlari tarqatish uchun barcha sharoitlar mavjud. Toliblarning rasmiy vakili Zabiulla Majohedning "Hech kimga bizning hududimizdan uchinchi davlatlarga qarshi foydalanishga ruxsat berilmaydi", degan bayonoti, bu shunchaki quruq gap, "Al-Qoida" bilan hamkorliklari esa - ko‘p yillik tajribadir. Ularning bu singari hamkorlikdan verbal bo‘lsa-da voz kechganliklarini biz mutlaqo guvohi bo‘lmadik.
Qobulning toliblar tomonidan egallanishi (harbiy to‘ntarish) butun mintaqaviy xavfsizlik tizimini xavf ostiga qo‘yadi, afg‘on voqealarining oqibatlarini oldindan aytish qiyin. Vaqti -vaqti bilan Rossiya TIV va Rossiya Mudofaa vazirligi "muz va olov" turkumidagi bayonotlar bilan chiqish qilmoqda, biroq Moskva yaqin orada "Tolibon"* bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatmoqchi emas. Toliblar oxirgi marta hokimiyat tepasiga kelganida ham, faqat BAA ularni tan olishga shoshilgan edi.
Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga qurol yetkazib berish hajmini oshirdi va Afg‘oniston yaqinida qator mushtarak harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda. Chegara oldi poligonlarida dushman ortida strategik obyektlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlari zarba berishni mashq qilmoqda - bu toliblarga Markaziy Osiyo chegaralaridan uzoqroq yurish uchun ogohlantirishdir.
Moskva Tojikistonda 201-RVB arsenalini sezilarli darajada oshirdi - bo‘linmalar uzoq masofali ognemotlar, eng yangi Kalashnikov AK-12 avtomatlari, Yarigin to‘pponchalari, ASVK-M zamonaviy yirik kalibrli snayper miltiqlari va "Verba" ko‘chiriladigan zenit raketa majmualarini qabul qilib olishdi (hozir toliblar aviatsiyaga ega). ga tegishli aviatsiya bor). Rossiyaning bu sa’y -harakatlari diplomatik qadamlar bilan bir qatorda Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida keng ko‘lamli tahdidlarni zararsizlantirishga qaratilgan.
Rossiyaning bu sa’yi-harakatlari diplomatik qadamlar bilan bir qatorda Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida keng ko‘lamli tahdidlarni neytrallashga qaratilgan.
* RFda ta’qiqlangan terrorchi harakat.