"O‘zsuvta’minot"dagi "arralashlar": rahbarlar ikki mlrd so‘mlik inshootni 25 millionga sotdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishMujchini v kostumax i s portfelyami
Mujchini v kostumax i s portfelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan tekshiruvlarda "O‘zsuvta’minot" AJda 587 ta holatda 15,1 mlrd. so‘mlik shartnomalar "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonun talablariga rioya etilmagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilgani aniqlangan.
TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Namangan viloyatida qiymati ikki milliard so‘mlik “Suv tozalash” bino-inshootlari sobiq rahbarlar tomonidan 25 million so‘mga sotib yuborildi.
Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri "O‘zsuvta’minot" AJdan komplayens-nazorat bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida xabar bermoqda.
Jumladan, Uychi tumanida joylashgan “Suv tozalash” bino-inshootlari yagona ta’sischining kelishuvisiz, utilizatsiya qiymatidan kelib chiqib, jamiyat sobiq rahbar xodimlari tomonidan auksion orqali 25,2 million so‘mga sotib yuborilgani aniqlangan. Bino-inshootlarning bugungi kundagi qiymati 1,8 milliard so‘m ekani aytilmoqda.
Shuningdek, joriy yilning o‘tgan 9 oyida komplayens-nazorat bo‘limi tomonidan joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida mas’uliyati cheklangan jamitalar tomonidan 109 ta holatda 9,1 mlrd. so‘mlik moliyaviy xatoliklar va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
V SA bolee odnogo milliona lyudey vpervie poluchat dostup k pityevoy vode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
O‘zbekistonda 1 milliondan ziyod aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
Bugungi kunda 55 ta holat bo‘yicha 3 mlrd. so‘mlik jamiyat mulki qaytarilgan. 42 taholat bo‘yicha 7,4 mlrd. so‘mlik hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan bo‘lib, jamiyatga yetkazilgan moliyaviy zararni aybdor shaxslardan undirish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Komplayens-nazorat bo‘limi xodimlari tomonidan 1 397 ta tovar-moddiy boyliklari xaridi bilan bog‘liq shartnoma hujjatlari o‘rganilgan bo‘lib, 587 ta holatda 15,1 mlrd. so‘mlik shartnomalar "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonun talablariga rioya etilmagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilgani aniqlangan.
Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan davr mobaynida 36 ta manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, bugungi kunga qadar ularning 23 tasi bartaraf etilgan, 2 tasi chora ko‘rish uchun joylardagi odob-ahloq komissiyalariga chiqarilgan.
O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga bel bog‘lamoqda – qonun loyihasi
Bo‘lim tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan korrupsiya bilan bog‘liq jami 89 ta murojaatlarning 85 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lib, 4 tasi hal etish jarayonida.
Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish, sohada ushbu illatni to‘liq yo‘q qilish, aniqlangan korrupsiyaviy holatlar yuzasidan zarur choralar ko‘rish, shuningdek, sohaga oid meyoriy-huquqiy hujjatlarga to‘liq rioya etilishini ta’minlash masalalari “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatining doimiy diqqat markazida bo‘lib, Jamiyat tomonidan xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tizimda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qaror toptirish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda, dedi jamiyat vakili Sputnik nashriga bergan intervyusida.
Yangiliklar lentasi
0