https://oz.sputniknews.uz/20210908/ozbekistonda-1-milliondan-ziyod-aholi-ilk-bor-markazlashgan-ichimlik-suvi-bilan-taminlanadi-20406143.html
O‘zbekistonda 1 milliondan ziyod aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
O‘zbekistonda 1 milliondan ziyod aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Qurilish-montaj ishlari doimiy ravishda Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xalq deputatlari viloyat Kengashlari... 08.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-08T09:38+0500
2021-09-08T09:38+0500
2021-09-08T09:38+0500
jamiyat
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/08/20406034_0:1:1280:721_1920x0_80_0_0_41d24520f5133c8c1bdcc936fc861b2d.jpg
TOShKENT, 8 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 1 milliondan ziyod aholi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "O‘zsuvta’minot" matbuot-xizmati xabar berdi.Jumladan, 2021-yilda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish maqsadida 352 ta obyektda, 3 407,8 km uzunlikdagi tarmoq va 384 ta inshootda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilangan."Ushbu maqsadlarga 1 trillion 55 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan 874,3 mlrd.so‘mlik manzilli dastur tasdiqlangan. Joriy yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, 535,4 mlrd. so‘m moliyalashtirilib, 2 994,1 km tarmoqlar qurildi va rekonstruksiya qilindi", - deb xabar qildi matbuot-xizmati vakili. Ushbu dasturlarda ko‘zda tutilgan 352 ta obyektlarga pudrat tashkilotlari Qurilish vazirligining qurilish-pudrat tashkilotlari reytingida “SS” va undan yuqori pog‘onaga ega bo‘lgan salohiyatli pudrat tashkilotlar tanlab olinib, shartnomalar tuzilgan hamda qurilish ishlari boshlangan.Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida 283 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini yakunlab, ularni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 69 ta obyektda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmoqda. Natijada jami 1,1 mln nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi hamda 2,9 mln nafar aholining suv ta’minoti yaxshilanadi. Qurilish-montaj ishlari doimiy ravishda Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210724/surxondaryoda-aholiga-25ta-suv-tashish-mashinasi-topshirildi-19811810.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/08/20406034_82:0:1273:893_1920x0_80_0_0_1a89d08a95baf35848b069b73bb4b505.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, suv
O‘zbekistonda 1 milliondan ziyod aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
Qurilish-montaj ishlari doimiy ravishda Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda.
TOShKENT, 8 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 1 milliondan ziyod aholi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "O‘zsuvta’minot" matbuot-xizmati xabar berdi.
Jumladan, 2021-yilda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish maqsadida 352 ta obyektda, 3 407,8 km uzunlikdagi tarmoq va 384 ta inshootda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilangan.
"Ushbu maqsadlarga 1 trillion 55 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan 874,3 mlrd.so‘mlik manzilli dastur tasdiqlangan. Joriy yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, 535,4 mlrd. so‘m moliyalashtirilib, 2 994,1 km tarmoqlar qurildi va rekonstruksiya qilindi", - deb xabar qildi matbuot-xizmati vakili.
Ushbu dasturlarda ko‘zda tutilgan 352 ta obyektlarga pudrat tashkilotlari Qurilish vazirligining qurilish-pudrat tashkilotlari reytingida “SS” va undan yuqori pog‘onaga ega bo‘lgan salohiyatli pudrat tashkilotlar tanlab olinib, shartnomalar tuzilgan hamda qurilish ishlari boshlangan.
Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida 283 ta obyektda qurilish-montaj ishlarini yakunlab, ularni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda 69 ta obyektda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmoqda. Natijada jami 1,1 mln nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi hamda 2,9 mln nafar aholining suv ta’minoti yaxshilanadi.
Qurilish-montaj ishlari doimiy ravishda Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda.