Chilonzorda ko‘p qavatli uyda gaz portlashi oqibatida 17 ta xonadon zarar ko‘rdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishSotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
Portlash oqibatida 17 nafar uyi shikastlangan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirilgan.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 7-mavze 59-uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 3-oktabr kuni soat 22:13 da yetti qavatli uyning 36-kvartirasida ro‘y bergan.
Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun FVVning 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji darhol voqea joyiga yetib borgan.
“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda, uy aholisi jabrlanmagan. Qurbonlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.
Posledstviya vzriva sklada v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2021
“Yer qimirlab ketdi”: Toshkentdagi kuchli gaz portlashi oqibatlari
Hodisa oqibatida bir nechta kvartiralarga qisman zarar yetgan, deraza va eshiklar shikastlangan. 17 nafar uyi shikastlangan fuqarolar vaqtinchalik mehmonxonaga joylashtirilgan.
Ayni vaqtda hamkorlikdagi xizmatlarning mutaxassislari ushbu favqulodda vaziyatning sabablarini o‘rganmoqdalar.
Yangiliklar lentasi
0