“Yer qimirlab ketdi”: Toshkentdagi kuchli gaz portlashi oqibatlari

Obuna bo‘lish
31 iyul kuni soat 19:30 larda Toshkentning Sergeli tumani "Qo‘shqo‘rg‘on" mahallasidagi omborxonada gaz portlashi yuz berdi.
FVV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida korxona xodimi halok bo‘lgan va yana uch kishi turli darajada tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Omborxonadan tashqari, ushbu korxonaning ofis binolari qulab tushgan va unga yonma-yon joylashgan do‘kon ham qisman zarar ko‘rgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash xonaga gaz sizib chiqishi oqibatida kelib chiqqan.

“Yer qimirlab ketdi. Tom ma’noda ko‘tarilib tushdi. Biz biror bir joyda gaz quyish yoqilg‘isi portlab ketdi deb o‘yladik, chunki portlash juda kuchli bo‘ldi. Ko‘rgani kelganimizda oq rangli quyuq tuman bor edi. Balki bu chang edi. Omborxonada nima saqlashganini bilmaymiz, lekin kimdir u yerda qandaydir penkalar bo‘lganini aytdi”, - dedi Sputnik muxbiriga voqea guvohlaridan biri.

Hozirda voqea joyida elektr uzatishni tiklash ishlari yakunlangan. Uylar va yaqin atrofdagi do‘konlarda yana chiroq yongan. Ammo savdo nuqtalari kuchli zarar ko‘rgan. Omborxonaga qo‘shni binoda shift qulab tushgan, oynalar chil-chil bo‘lgan. Hozir barcha savdo nuqtalari yopiq.
Posledstviya moshnogo vzriva na sklade v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2021
Sergelidagi omborxonalardan birida gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sputnik muxbiri voqea joyida bo‘lib, portlash oqibatlarini tasvirga oldi.
Yangiliklar lentasi
0