Rossiya va Turkiya murosaga kelishni o‘rganib olishdi - Putin

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidetnining so‘zlariga ko‘ra ikki davlat munosabatlari ijobiy rivojlanish yo‘lidan ketmoqda.
TOShKENT, 29 sen — Sputnk. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Moskva va Anqara o‘zaro murosaga kelishni o‘rganib olishdi, dedi.
Putin aytishiga ko‘ra, ikki davlat orasidagi muzokaralar ba’zan oddiy kechmasa-da, lekin oxirida baribir ijobiy natija bilan tugaydi.

"Xalqaro maydonda biz Suriyada tinchlik o‘rnatish, Liviya bo‘yicha qarashlarimizni muvofiqlashtirish hamda Ozarbayjon va Armaniston mojarosini tugatish bo‘yicha muvaffaqqiyatli hamkorlik qilib kelmoqdamiz", - dedi Rossiya rahbari.

Toyib Erdo‘g‘an o‘z navbatida Rossiya va Turkiyaning Suriyada tinchlik o‘rnatish birgalikda bo‘yicha amalga oshirayotgan qadamlarining o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan (sleva) vo vremya press-podxoda po itogam rossiysko-tureskix peregovorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
"Katta surpriz bo‘lishi mumkin": Erdo‘g‘on va Putin uchrashuvidan nimalar kutilmoqda
Turkiya prezidenti, shuningdek, Rossiya bilan hamkorlikda Turkiya janubidagi Mersin viloyatida qurilayotgan "Akkuyu" atom elektr stansiyasiga tashrif buyurganini ma’lum qildi.

"Qurilish ishlari reja bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Menga AES qurilishi belgilangan vaqtda yakunlanishini xabar qilishdi. O‘ylaymanki, kelgusi yilda biz stansiyaning birinchi blokini ishga tushirishimiz mumkin", - dedi Erdo‘g‘on.

Undan tashqari Turkiya prezidnti Rossiyaga o‘rmon yong‘inlari bilan kurashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.
Dmitriy Peskov aytishiga ko‘ra, prezidentlar dastlab yuzma-yuz muloqot qilishadi va undan so‘ng birgalikda ishchi nonushta qilishadi. Uchrashuv yakunida hech qanday hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmagan.
Yangiliklar lentasi
0