"Katta surpriz bo‘lishi mumkin": Erdo‘g‘on va Putin uchrashuvidan nimalar kutilmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan (sleva) vo vremya press-podxoda po itogam rossiysko-tureskix peregovorov
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan (sleva) vo vremya press-podxoda po itogam rossiysko-tureskix peregovorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va Turkiya prezidentlari uchrashuvida Suriya, Afg‘oniston, Liviya va Kavkaz ortidagi vaziyat, hamda iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
TOShKENT, 29 sen —Sputnik, Kseniya Melnikova. Bugun Sochiga Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on uchib kelmoqda. Ularning so‘nggi uchrashuvi bundan 2-yil oldin bo‘lib o‘tgandi.
Bugungi uchrashuv mavzulari Suriyadagi, Afg‘oniston va Kavkaz ortidagi vaziyat va iqtisodiy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Avvalombor Suriya

Turkiyaning Milliyet nashri yozishiga ko‘ra prezidentlar muloqotida birinchi navbatda Suriya masalasi muhokama qilinadi. Rossiya va Turkiyaning Suriya mavzusida o‘zaro kelishmovchiliklari anchagina ko‘payib qolgan.
Chunki sentabr boshidan buyon Idlibda bir necha turk askarlari qurbon bo‘ldi. Turkiya va unga yondosh bo‘lgan Suriya muxolifati Damashq va Moskvani bombabo‘ronlarni kuchaytirishda ayblamoqda. Yana Putin bilan uchrashuv arafasida Turkiya Suriyaning Idlib viloyatiga 4000 nafar qushimcha askar yo‘naltirgani haqida ma’lum bo‘ldi.
Ustiga ustak, uchrashuv arafasida Erdo‘g‘on amerikaning CBS telekanaliga Tursiya Suriya hududida qochqinlar uchun 100 mingta g‘ishtli uylar qurmoqda, “Boshqa davlatlar-chi, ular nima qilmoqda?” deb savol bergandi - bu Moskvaga “ta’na qilgandek” eshitildi.
Tureskie voyska v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Suriya Turkiyadan mamlakatdan qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqishni talab qildi
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvda Rossiya va Turkiya, Aleppo va Latakiyani bog‘lab turuvchi M4 shossesini birgalikda nazorat qilish haqida kelishib olishgandi. Ikkala tomon ham shartnomaga amal qilayotgan bo‘lsa-da o‘zaro kelishmovchiliklar ham bor.

Uchrashuv oldidan

Uchrashuv oldidan ikkala tomon ham o‘z kuzirlarini kuchaytirishga harakat qilishdi. Putin Moskvada Suriya prezidenti Bashar asad bilan uchrashdi va ular Suriyada bo‘lib turgan Turkiya va AQSh qo‘shinlarini tanqid qilishdi. Undan tashqari Rossiya Suriyaning janubiy Deraa viloyatida tinchlik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda Rossiya harbiylari Deraa-al-Balad shag‘rini nazorat qilib turmoqda.
Erdo‘g‘on bo‘lsa, BMT minbaridan turib Qrim haqidagi keskin nutqidan so‘ng, AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashdi. Lekin uchrashuv unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi shekilli. Bu haqida samolyot bortidayoq u jernalistlarga aytib berdi.
“Amerikalik hamkasabam Jo Bayden bilan hamkorligimiz boshidan yaxshi bo‘lmadi. U Suriyadagi terrorchi tashkilotlarga qurol-aslaha, o‘q-dori va kiyim-bosh yetkazib bera boshladi. Biz bunga befarq qarab tura olmaymi”, - dedi Erdo‘g‘on.
Terrorchilar deganda, Erdo‘g‘on Suriya shimolidagi “Xalq mudofaa kuchlari” hamda “Qurdiston ishchi partiyasi”ni nazarda tutmoqda.

Boshqa mavzular

Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvida, albatta, Liviyadagi vaziyatni ham muhokama qilishadi. Eslatib o‘tamiz u yerda hozir fuqaro urushi bo‘lmoqda va prezident saylovlari yaqinlashib kelmoqda. Liviyada 24-dekabrda mamlakat yangi tarixida ilk bor preziden saylovlari bo‘lib o‘tadi. Unda sobiq prezident Muammar Kaddafining o‘g‘li ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Amerikanskie voyennie na ucheniyax NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2020
AQSh yana bir davlatni talamoqchi. U Rossiyadan qurol sotib olishni o‘ylab qoldi
Tog‘li Qorabog‘ mavzusi ham muhokama qilinadi. O‘tgan yili Armaniston va Ozarbayjon orasida 1,5 oy davom etgan urushdan so‘ng ushbu hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan edi. Shundan so‘ng bu yerda Rossiya-Turkiya o‘t ochishni nazorat qiluvchi markazi ishga tushdi. Lachin koridori bo‘ylab esa tinchlikparvar kuchlar joylashtirildi.
Milliyet nashrining yozishiga ko‘ra Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvi "katta surpriz" bilan ham yakunlanishi mumkin. Turkiya Rossiyadan yana bir partiya S-400 zenit-raketa tizimini sotib olish niyatida. Undan tashqari Turkiya prezidenti Rossiya qiruvchi samolyotlari Su-35 yoki Su-57 sotib olishi ham mumkin. Oldingi tashriflaridan birida Erdo‘g‘on ushbu samolyotlarga katta qiziqish bildirgan edi.

Ekpertlar nima deydi

Rossiya va Turkiya orasida Suriya borasida qarama-qarshi fikrda bo‘lishiga qaramasdan kelishuvga erishi o‘ta muhim. Oldinlari ham murakkab vaziyatlarda Rossiya va Turkiya prezidentlari kelisha olgan, - deydi Jahon iqtisodiyoti instituti ilmiy xodimi Viktor Nadein-Rayevskiy. Turkiya ertami-kechmi Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga majbur bo‘ladi.
Rossiya TIVi Diplomatik akademiyasining dotsenti Vladimir Avatkov xulosasiga ko‘ra, Anqara Idlib hududi o‘z zimmasiga olgan vazifalarni bajarmayapti.
“Anqara Idlib hududida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha allaqachon o‘z zimmasiga olgan vazifalarini bajarishi kerak edi, lekin buni bajarmadi. Endi bo‘lsa, Turkiya mudofaa vaziri Moskvani tinchlikni buzishda ayblayapti”, - deydi siyosatshunos.
Bu safar Vladimir Putin va Toyyib Erdo‘g‘on yuzma-yuz uchrashishadi. Delegatsiyalar uchrashuvi bo‘lmaydi. Turkiya prezidenti Suriya borasida boshqacha yondashuv bo‘lishiga umid bildirmoqda.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0