Suriya Turkiyadan mamlakatdan qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqishni talab qildi

© REUTERS / StringerTureskie voyska v Sirii
Tureskie voyska v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2021
Obuna bo‘lish
Suriya Turkiyadan mamlakatning Shimoliy hududlaridan qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqishni talab qildi
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Suriya hukumati Turkiyadan mamlakatning shimoliy qismidagi hududlardan qo‘shinlarni darhol olib chiqib ketishni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti Suriya Tashqi ishlar vaziri Feysal Mikladga tayanib xabar bermoqda.
Vazir Idlib viloyatida vaziyatning keskinlashuviga shunday izoh berdi.
"Turkiya zudlik bilan qo‘shinlarni olib chiqib ketishi kerak, deb hisoblayman. O‘z navbatida, xalqaro hamjamiyat Suriyaning mamlakat shimolida Turkiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish borasidagi sa’y–harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi kerak", - dedi Miklad.
Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Xuddi o‘z uyidagidek: Turkiya Suriya shimolini egallab olmoqda
Suriya tashqi ishlar vazirining fikricha, ushbu ziddiyat "turk ishg‘oli, shuningdek, Anqaraning yer yuzidagi terrorchi uyushmalarga berayotgan yordami" tufayli yuz bergan.
BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geyr Pedersen avgust oyida Suriyadagi vaziyat yomonlashgani va ayrim hududlarda qurolli mojarolar kuchayganini xabar qilgan edi. O‘shanda Pederson Idlib viloyatidagi vaziyatga alohida e’tibor qaratgandi. Uning aytishicha, arab respublikasining bu hududida bunday keskin to‘qnashuvlar 2020 bahoridan beri kuzatilmagan.
Yangiliklar lentasi
0