https://oz.sputniknews.uz/20210709/yangi-neft-vasvasasi-yoki-qora-oltin-narxi-oshishidan-rossiya-qancha-foyda-oladi-19615484.html
Yangi neft vasvasasi yoki qora oltin narxi oshishidan Rossiya qancha foyda oladi
Yangi neft vasvasasi yoki qora oltin narxi oshishidan Rossiya qancha foyda oladi
Sputnik O‘zbekiston
Jahondagi neft va gaz bozorlarining bir-biriga o‘xshagan va o‘xshamagan tomonlari. AQSh va Rossiyaning Yevropa gaz bozorini uchun kurashi qanday tugamoqda? 09.07.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-07-09T17:21+0500
2021-07-09T17:21+0500
2021-07-09T17:21+0500
kolumnistlar
gaz
neft
bozor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/06/15126234_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_8d8490eb131ed9c6b3311a553c065d55.jpg
Jahon bozorlarida neft va gaz narxlari so‘nggi yillar kesimida eng maksimal darajaga ko‘tarildi. Bu yog‘i nima bo‘ladi, narxlar shu darajada qancha vaqt saqlanib qoladi? Neft qazib olish hajmi oshadimi, bozorda yangi takliflar paydo bo‘ladimi? Bugungi kunda neft va gaz bozorlarida sodir bo‘layotgan hodisalar bir biriga ham o‘xshaydi ham o‘xshamaydi desak xato bo‘lmaydi. O‘xshashligi shundaki, AQSh slanesdan ham neft va ham gaz qazib olib bozorga taklif qilishi mumkin. O‘xshamas tomoni esa – neft va gaz bozorlarida talab va taklif o‘zgarish tezligidadir. Neft bozorida – hammasi juda tez sodir bo‘ladi. Neft bozorida narxlar oshishining sababi ma’lum desak ham bo‘ladi. Pandemiyada vaqtida qulagan talab sekin-asta qayta tiklanmoqda. Shu bilan birga OPEK+ shartnomasi doirasida erishilgan kelishuvlar hali ham amalda. Kuniga 4 million barreldan ortiq qazib olish mumkin emas. Shu bilan birga OPEK+ va slanes neftidan tashqarida sohaga investitsiyalar ham yetishmayotgan bo‘lish ehtimoli ham bor. Shu o‘rinda amerikaning slanes nefti qazib olish sohasiga ham katta qiziqish kuzatilmoqda. Bu borada standart mantiq ish ko‘rsatmoqda – neftning narxi juda yuqori bo‘lsa, slanes neft qazib oluvchilar ishga tushadi. Natijada taklif qo‘payib neft narxi pasayadi.Bozorda taklif yetishmayotgan yoki ortiqcha bo‘lgan davrlarda esa OPEK+ qazib olish normasini oshirish yoki kamaytirish bilan narxlarni bir xil ushlab turishga harakat qiladi. Neft narxi barreliga 60-65 dollar miqdorida ushlab turilganda, bu slanes nefti rivojlanishini ham to‘xtatib turadi. Ha. Albatta shunday bo‘lsa yaxshi bo‘lardi, lekin amalda OPEK+ a’zolari ichida ham turli tortishuvlar bo‘layotganini ko‘rish mumkin. Ayrimlar neft narxi oshayotganini ko‘rib, neft qazib olish hajmini oshirish tarafdori bo‘lishmoqda. Chunki slanes nefti sohasi tiklanishi juda sust ravishda kechmoqda. Umuman Amerikada neft qazib olish hajmi o‘sishi kuzatilayotgani yo‘q. Hozircha sohada koronavirus tufayli sodir bo‘lgan qulash faqat 40%ga tiklandi xolos. Amerikadagi slanes nefti qazib oluvchilari neft hajmini oshirishga hozircha shoshilmayotgan bo‘lishsa-da, lekin barreliga 75-80 dollar — bu ular uchun ham juda jozibador narx va hajmlarni oshirishga undashi mumkin.Xulosa, qilib aytganda, taklif tomonidan bizda 3ta potensial lekin hozxircha noma’lum imkoniyat mavjud. Birinchidan, bu OPEK+ ichidagi tortishuvlar. Ular ham neft hajmini oshirish bilan yakunlanishi mumkin. Ikkinchidan, hozirgi baland narxlar AQShda neft qazib olish hajmini oshishiga olib kelishi mumkin. Va uchinchidan, “Eron faktori”, ya’ni sanksiyalar olib tashlanganidan so‘ng Eron “istaganicha neft qazib olib sotish” huquqi borligini e’lon qilgan edi. Gaz bozori Gaz bozorida ham juda qiziq jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Ushbu sohada ham narxlar ko‘p yillardagi maksimum darajasiga ko‘tarilgan. Bunga sabablar juda ko‘p va ularning barchasi hozir tushunari bo‘lsada, yarim yil oldin vaziyat mutlaq boshqacha edi. Hozir suyultirilgan gazning asosiy qismi Osiyo bozoriga ketmoqda. Yevropada esa uglekislota chiqaruvchi korxonalarga nisbatan soliqlar oshmoqda. Shu sababli ko‘mirda ishlaydigan aksariyat IESlar tabiiy gazga o‘tmoqda. Ustiga ustak, “Gazprom” ham turli sabablarga ko‘ra gaz yetkazib berishni cheklamoqda. Aniqrog‘i biroz cheklamoqda. Bu sohada biz kelajakda vaziyat qanday bo‘lishini bashorat qilmaymiz, chunki noaniq faktorlar juda ko‘p. Gaz sohasida ob-havo sharoiti ham juda katta rol o‘ynaydi. Lekin gaz va neft sohalarining bir necha o‘xshash va o‘xshamagan tomonlari bor. Ba’zida, ayrim ekspertlar gazning yuqori narxi uzoq saqlanib qolmaydi. Bunday vaziyatda AQSh o‘zining arzon slanes gazi bilan dunyoni egallab oladi, degan g‘oyalarni eshitish mumkin. Ha shunday bo‘lishi mumkin, lekin bu yerda faqat bir to‘siq bor. Neft sohasida qazib olib darhol ishlatish mumkin bo‘lsa, gazni sultiruvchi zavodlarni hali qurish kerak. Bunga esa kamida 4-yil vaqt ketadi. AQSh ichki bozorida ham gaz narxi ancha o‘sgan. Lekin jahon bozorida hozir kuzatilayotgan narxlarda AQSh suyultirilgan gaz eksportchilari juda yaxshi daromad qilishmoqda. Neft ishlab chiqaruvchilari, agar istasa, hozirgi narxlarda ham neft sotish bitimlari tuzishga ulgurishlari mumkin. Lekin gaz sohasida buning iloji yo‘q. Oldin jahon ekspertlari orasida “Gazprom, AQShda yangi gaz suyultirish zavodlari qurilmasligi uchun Yevropada gaz narxini oshirishga intilmaydi” degan mulohazalarni tez tez uchratish mumkin edi. Lekin hozir vaziyat boshqacha. Gazprom “Shimoliy oqim-2” yaqinda ishga tushishini bilgan holda, Yevropaga eksport miqdorini oshirishga intilmayapti. Axir biroz keyinroq ushbu hajmlarni ukraina orqali emas “o‘z” quvuridan yetkazib berish mumkin bo‘ladi.Shu bilan birga Yevropa gaz saqlash omborlarida gaz miqori kamroq bo‘lsa, “Shimoliy oqim-2”ga siyosiy bosim ham kamayadi. Bir vaqtning o‘zida gazning yuqori narxi – bu albatta qo‘shimcha daromad degani ham. Suyultirilgan gaz bozorida AQSh kelajakda sezilarri o‘rin egallashi kutilmoqda, lekin hozircha u yerda gaz suyultirish zavodlari qurilishi uchun yangi investitsiyalar ajratilayotganini yoki yangi zavodlar qurilishi boshlanganini ko‘rmayapmiz. Ayrim zavodlar qurilishi boshlashga tayyor bo‘lishi mumkin, chunki ularni qurish oldingi rejalarga kiritilgan edi. Xullas, gazning hozirgi yuqori narxi AQShda zavodlar qurishni boshlash uchun qo‘shimcha stimul bo‘lishi mumkin, lekin ularning jahon gaz bozoriga ta’siri keyinroq, bir necha yildan so‘ng seziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210322/qosh-qoyaman-deb-koz-chiqarish-nega-rossiyaga-ota-qimmat-neft-foydali-emas-17884837.html
https://oz.sputniknews.uz/20210210/Neft-naadar-uzo-immatlashishda-davom-etadi-15974497.html
https://oz.sputniknews.uz/20210420/germaniya-shimoliy-oqim-2-qurilishi-tarafdori--merkel--18414882.html
https://oz.sputniknews.uz/20210706/gazprom-evropani-tolashga-majbur-qilish-yolini-topdi-19563837.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Aleksandr Sobko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1242/10/12421012_204:0:935:731_100x100_80_0_0_b3a9449768bd38cdc12ca5591df738fb.jpg
Aleksandr Sobko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1242/10/12421012_204:0:935:731_100x100_80_0_0_b3a9449768bd38cdc12ca5591df738fb.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/06/15126234_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_a9d57f7aec6a383aaf03646d70a15be6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Sobko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1242/10/12421012_204:0:935:731_100x100_80_0_0_b3a9449768bd38cdc12ca5591df738fb.jpg
kolumnistlar, gaz, neft, bozor
kolumnistlar, gaz, neft, bozor
Yangi neft vasvasasi yoki qora oltin narxi oshishidan Rossiya qancha foyda oladi
Jahondagi neft va gaz bozorlarining bir-biriga o‘xshagan va o‘xshamagan tomonlari. AQSh va Rossiyaning Yevropa gaz bozorini uchun kurashi qanday tugamoqda?
Jahon bozorlarida neft va gaz narxlari so‘nggi yillar kesimida eng maksimal darajaga ko‘tarildi. Bu yog‘i nima bo‘ladi, narxlar shu darajada qancha vaqt saqlanib qoladi? Neft qazib olish hajmi oshadimi, bozorda yangi takliflar paydo bo‘ladimi?
Bugungi kunda neft va gaz bozorlarida sodir bo‘layotgan hodisalar bir biriga ham o‘xshaydi ham o‘xshamaydi desak xato bo‘lmaydi. O‘xshashligi shundaki, AQSh slanesdan ham neft va ham gaz qazib olib bozorga taklif qilishi mumkin. O‘xshamas tomoni esa – neft va gaz bozorlarida talab va taklif o‘zgarish tezligidadir. Neft bozorida – hammasi juda tez sodir bo‘ladi.
Neft bozorida narxlar oshishining sababi ma’lum desak ham bo‘ladi. Pandemiyada vaqtida qulagan talab sekin-asta qayta tiklanmoqda. Shu bilan birga
OPEK+ shartnomasi doirasida erishilgan kelishuvlar hali ham amalda. Kuniga 4 million barreldan ortiq qazib olish mumkin emas.
Shu bilan birga OPEK+ va slanes neftidan tashqarida sohaga investitsiyalar ham yetishmayotgan bo‘lish ehtimoli ham bor.
Shu o‘rinda amerikaning slanes nefti qazib olish sohasiga ham katta qiziqish kuzatilmoqda. Bu borada standart mantiq ish ko‘rsatmoqda – neftning narxi juda yuqori bo‘lsa, slanes neft qazib oluvchilar ishga tushadi. Natijada taklif qo‘payib neft narxi pasayadi.
Bozorda taklif yetishmayotgan yoki ortiqcha bo‘lgan davrlarda esa OPEK+ qazib olish normasini oshirish yoki kamaytirish bilan narxlarni bir xil ushlab turishga harakat qiladi. Neft narxi barreliga 60-65 dollar miqdorida ushlab turilganda, bu slanes nefti rivojlanishini ham to‘xtatib turadi. Ha. Albatta shunday bo‘lsa yaxshi bo‘lardi, lekin amalda OPEK+ a’zolari ichida ham turli tortishuvlar bo‘layotganini ko‘rish mumkin.
Ayrimlar neft narxi oshayotganini ko‘rib, neft qazib olish hajmini oshirish tarafdori bo‘lishmoqda. Chunki slanes nefti sohasi tiklanishi juda sust ravishda kechmoqda. Umuman Amerikada neft qazib olish hajmi o‘sishi kuzatilayotgani yo‘q. Hozircha sohada koronavirus tufayli sodir bo‘lgan qulash faqat 40%ga tiklandi xolos. Amerikadagi slanes nefti qazib oluvchilari neft hajmini oshirishga hozircha shoshilmayotgan bo‘lishsa-da, lekin barreliga 75-80 dollar — bu ular uchun ham juda jozibador narx va hajmlarni oshirishga undashi mumkin.
Xulosa, qilib aytganda, taklif tomonidan bizda 3ta potensial lekin hozxircha noma’lum imkoniyat mavjud. Birinchidan, bu OPEK+ ichidagi tortishuvlar. Ular ham neft hajmini oshirish bilan yakunlanishi mumkin. Ikkinchidan, hozirgi baland narxlar AQShda neft qazib olish hajmini oshishiga olib kelishi mumkin. Va uchinchidan, “Eron faktori”, ya’ni sanksiyalar olib tashlanganidan so‘ng Eron “istaganicha neft qazib olib sotish” huquqi borligini e’lon qilgan edi.
Gaz bozorida ham juda qiziq jarayonlar sodir bo‘lmoqda. Ushbu sohada ham narxlar ko‘p yillardagi maksimum darajasiga ko‘tarilgan. Bunga sabablar juda ko‘p va ularning barchasi hozir tushunari bo‘lsada, yarim yil oldin vaziyat mutlaq boshqacha edi.
Hozir suyultirilgan gazning asosiy qismi Osiyo bozoriga ketmoqda. Yevropada esa uglekislota chiqaruvchi korxonalarga nisbatan soliqlar oshmoqda. Shu sababli ko‘mirda ishlaydigan aksariyat IESlar tabiiy gazga o‘tmoqda. Ustiga ustak, “Gazprom” ham turli sabablarga ko‘ra gaz yetkazib berishni cheklamoqda. Aniqrog‘i biroz cheklamoqda.
Bu sohada biz kelajakda vaziyat qanday bo‘lishini bashorat qilmaymiz, chunki noaniq faktorlar juda ko‘p. Gaz sohasida ob-havo sharoiti ham juda katta rol o‘ynaydi. Lekin gaz va neft sohalarining bir necha o‘xshash va o‘xshamagan tomonlari bor.
Ba’zida, ayrim ekspertlar gazning yuqori narxi uzoq saqlanib qolmaydi. Bunday vaziyatda AQSh o‘zining arzon slanes gazi bilan dunyoni egallab oladi, degan g‘oyalarni eshitish mumkin. Ha shunday bo‘lishi mumkin, lekin bu yerda faqat bir to‘siq bor. Neft sohasida qazib olib darhol ishlatish mumkin bo‘lsa, gazni sultiruvchi zavodlarni hali qurish kerak. Bunga esa kamida 4-yil vaqt ketadi. AQSh ichki bozorida ham gaz narxi ancha o‘sgan. Lekin jahon bozorida hozir kuzatilayotgan narxlarda AQSh suyultirilgan gaz eksportchilari juda yaxshi daromad qilishmoqda.
Neft ishlab chiqaruvchilari, agar istasa, hozirgi narxlarda ham neft sotish bitimlari tuzishga ulgurishlari mumkin. Lekin gaz sohasida buning iloji yo‘q. Oldin jahon ekspertlari orasida “Gazprom, AQShda yangi gaz suyultirish zavodlari qurilmasligi uchun Yevropada gaz narxini oshirishga intilmaydi” degan mulohazalarni tez tez uchratish mumkin edi.
Lekin hozir vaziyat boshqacha. Gazprom “Shimoliy oqim-2” yaqinda ishga tushishini bilgan holda, Yevropaga eksport miqdorini oshirishga intilmayapti. Axir biroz keyinroq ushbu hajmlarni ukraina orqali emas “o‘z” quvuridan yetkazib berish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga Yevropa gaz saqlash omborlarida gaz miqori kamroq bo‘lsa, “Shimoliy oqim-2”ga siyosiy bosim ham kamayadi. Bir vaqtning o‘zida gazning yuqori narxi – bu albatta qo‘shimcha daromad degani ham.
Suyultirilgan gaz bozorida AQSh kelajakda sezilarri o‘rin egallashi kutilmoqda, lekin hozircha u yerda gaz suyultirish zavodlari qurilishi uchun yangi investitsiyalar ajratilayotganini yoki yangi zavodlar qurilishi boshlanganini ko‘rmayapmiz. Ayrim zavodlar qurilishi boshlashga tayyor bo‘lishi mumkin, chunki ularni qurish oldingi rejalarga kiritilgan edi. Xullas, gazning hozirgi yuqori narxi AQShda zavodlar qurishni boshlash uchun qo‘shimcha stimul bo‘lishi mumkin, lekin ularning jahon gaz bozoriga ta’siri keyinroq, bir necha yildan so‘ng seziladi.