Yevropa aholisi Rossiya va YeI o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi
Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Sputnik.Mneniya" o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, G‘arbiy Yevropa davlatlari aholisining aksariyati Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. "Sputnik.Mneniya" o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, G‘arbiy Yevropa davlatlari aholisining aksariyati Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi.

So‘rovnomada germaniyaliklar 84 %, italiyaliklar 78%, fransiyaliklar 75 % va buyuk britaniyaliklar 68 %  “Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishini istagan bo‘larmidiz?” degan savolga “ha” deb javob berishgan.

Germaniyada 10%, Italiya va Fransiya 13%, Buyuk Britaniyada 16% “yo‘q” deb javob berishdi.

Siz Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishini istagan bo‘larmidiz?
Yevropa aholisi Rossiya va YeI o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi - Sputnik O‘zbekiston
Siz Rossiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishini istagan bo‘larmidiz?

So‘rov Fransiyaning eng tajribali izlanishlar kompaniyasi bo‘lgan IFop tomonidan 2-15 oktabr kunlari o‘tkazildi. Unda balog‘at yoshiga yetgan 4012 nafar ishtirokchilar qatnashdi. So‘ralganlarning jinsi, yoshi va turar joyi ham aniqlangan. So‘rov xatolik ehtimoli 3,1 %ni, ishonchlilik ehtimoli 95 %ni tashkil qildi.

Oliy ma’lumotli kishilar, to‘liq va to‘liqsiz o‘rta ma’lumotga ega bo‘lganlarga qaraganda ko‘proq Rossiya va YeI o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilanishi tarafdori ekanligini bildirdi. Bundan tashqari, barcha to‘rt mamlakatda erkaklar ayollardan ko‘ra faolroq Rossiya bilan munosabatlarning yaxshilanishi tarafdori bo‘lgan.

Sputnik (sputniknews) — dunyoning 90 dan ortiq shaharlarida va internetda rus, ingliz, fransuz va boshqa tillarda analog va raqamli eshittirishlar, 33 tilda multimedia mamlakatlari va mintaqaviy internet saytlarini birlashtirgan eng yirik xalqaro ommaviy axborot vositalaridan biri.

Sputnik yangiliklar lentasi 24 soat davomida butun dunyo bo‘ylab yetakchi nashrlarga ingliz, arab, ispan, xitoy va fors tillarida ma’lumot taqdim etadi.  

Sputnik axborot resurslari auditoriyasi oyiga 60 milliondan oshadi, Sputnik China va Veybo akkauntlarida 10,5 milliondan ortiq obunachilari bor.

Pekindan Montevideogacha butun dunyodagi 22 ta tahririyat markazlarida o‘nlab millat mingdan ortiq xodim ishlaydi.

Sputnik “Rossiya segodnya” media guruhiga kiradi. Sputnik bosh ofisi Moskvada joylashgan.

2015 yil yanvarda “Sputnik.Mneniya” xalqaro loyihasi boshlangan. Uning doirasida muntazam ravishda Yevropa va AQSh mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy masalalar bo‘yicha so‘rov o‘tkaziladi. Loyiha sheriklari Populus, IFop va forsa taniqli xalqaro tadqiqot kompaniyalari.

Yangiliklar lentasi
0