Koronavirus va Rossiya bilan kurashda YeI laycha rolini o‘ynamoqda

© AP Photo
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) raisi, Avstriya sog‘liqni saqlash masalalari agentligi raisi Krista Virtumer-Xoxe Vena tomonidan “Sputnik V” vaksinasining favquloddda ma’qullash imkoniyatini “rus ruletkasi”ga qiyosladi.
Mavzu tasodifan yuzaga chiqqani yo‘q: Avstriya Rossiya preparatiga ochiqdan-ochiq qiziqish bildirayotganini namoyon etmoqda. O‘tgan hafta Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi delegatsiyasining kansler Sebastiyan Kurs bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Mamlakat rahbariyati YeMA tomonidan dorining Yevropa bozoriga ruxsat berilishiga kutishini bildirgan bo‘lsada, YeIning yana bilan nufuzli va boy mamlakati Moskva bilan vaksina hamkorligiga tayyorligi kuzatuvchilar tomonidan ramziy ma’no sifatida qabul qilinmoqda.
Virtumer-Xoxening bayonotiga “Sputnika V” yaratuvchilari zudlik bilan munosabat bildirib, yevropalik amaldordan omma oldida uzr so‘rashni talab qildi.
YeMA rahbari nafaqat o‘zining rasmiyatchilik vakolatlari, balki shunchaki odob doirasidan tashqarib chiqib ketdi. Avvaliga u “Sputnika V” vaksinasidan foydalanishni ma’qullagan 46 ta mamlakat milliy regulyatorining malakasiga shubha bildirib, kasbiy etikani qo‘pol buzdi. Bundan tashqari, YeMA hozirgacha biror bir boshqa preparat borasida bu ohangda fikr bildirishni o‘ziga ep ko‘rmagandi. Ravshanki, bunday pozitsiya kasbiy etikaga umuman ziddir. Agentlikning Rossiya vaksinasi xususida uyalib o‘tirmagani esa uning oshkora siyosiy tarafkashligi va rus yarim odamchalarga nisbatan qabul qilingan qoidalarga rioya qilishni ko‘rmasligini ko‘rsatadi.
Qolaversa, Brusselning emlash bilan bog‘liq muammolar ko‘payotganini inobatga olib, Virtumer-Xoxening xulqini tushunsa bo‘ladi. Sinchkovlik bilan o‘ylangan va mafkuraga to‘liq mos keladigan Yevropa rejalari yo‘qqa chiqdi. Ko‘zda tutilgan Rossiya va boshqa “noto‘g‘ri” dorilarning brakka chiqarish o‘rniga YeMA sertifikatlash uchun “Sputnika V” ekspertizasini boshlashga majbur bo‘lgandi. Ustiga ustak, vaksinaning Germaniya boshchiligidagi nufuzli qo‘llab-quvvatlovchi guruhi bor.
V Kazaxstane nachalos proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Yevropa Ittifoqi “Sputnik V” vaksinasi ekspertizasini boshladi
Ittifoqda emlash bilan bog‘liq vaziyat shunchalar murakkabki, Yevropa komissiyasi YeIga a’zo mamlakatlarning Brussel bilan shartnoma tuzmagan ishlab chiqaruvchilardan dorini mustaqil xarid qilish huquqini tan oldi.
OAV esa ochiqchasiga nafaqat “Yevropa qoq o‘rtasidagi Putinning propaganda muvaffaqiyati”, balki Yevropa strategiyasning barbod bo‘lgani haqida ham yozmoqda. Germaniyaning “Die Welt” nashri mitti San-Marino davlati “Sputnik V”ni birinchi ro‘yxatdan o‘tkazganlar qatorida bo‘lib qolganini so‘zlab berdi. Pandemiyadan juda katta jabr ko‘rgan mamlakat hukumati YeIning markaziy kanallari orqali vaksina olishga urinishlarda Brusselning barcha eshiklarini qoqib chiqqanini aytgan. Hammasi behuda ekan: “Shu bois biz Rossiya Federatsiyasiga murojaat qildik va shu tariqa “Sputnika V” yetkazib berilishiga ruxsat oldik”.
Bir necha hafta ilgari YeIda vaksina eksportini bloklasha imkon beruvchi mexanizm joriy etilgandi, italyanlar bundan birinchi bo‘lib foydalanganlardan bo‘lishdi. “AstraZeneca” kompaniyasi Italiyaning Anani shahridagi korxonada ishlab chiqarilgan o‘zining 250 ming doza vaksinasini Avstraliyaga jo‘natishni rejalashtirgandi.
Avstraliyada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat Yevropaga qaraganda ancha yaxshiroq: ham kasallanish darajasi past, ham mamlakatning 300 ming doza vaksinasi bor va bu unga “AstraZeneca” texnologiyalari asosida bu oyda o‘zi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yguncha bir amallab turishiga imkon beradi.
Shunday ekan Italiya hukumati ushbu partiyaning eksport so‘rovini rad etdi. Mamlakat bosh vaziri Mario Dragi esa YeIni vaksina yetkazib berish bo‘yicha o‘zining shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan kompaniyalarga nisbatan (“AstraZeneca” bu antireytingda yetakchi) yanada qattiqroq chora ko‘rishga chaqirdi.
Bu bilan italyancha faollik bitmadi: ikki kun avval Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi va “Adienne Pharma&Biotech” kompaniyasi o‘rtasida Italiyada “Sputnika V”ni ishlab chiqarish to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu hujjat Yevropadagi bunga o‘xshashlardan birinchisi bo‘ldi.
Gruz s rossiyskoy vaksinoy Sputnik V ot koronavirusnoy infeksii covid-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
YeIning ikkinchi mamlakati “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi
Ammo Brusselga YeI a’zolarining “tashabbuskorligi” yanada kamroqday. Biznes ishning hozirgi holati va istiqbollarga o‘ta umidsizlik bilan boqapti. Yevropa iqtisodiyotining tiklanishi cho‘zilmoqda, saqlanib qolinayotgan cheklovlar korxonalar ishini to‘xtatib qo‘ymoqda, kapital ketmoqda, yana bir sayyohlik mavsumi xavf ostida. “Bloomberg” hisob-kitoblariga ko‘ra, YeI emlashning sust sur’atlaridan 50 dan 100 milliard yevroga yo‘qotishi mumkin.
Ajablanarli joyi yo‘q, ish bundan davom etaversa Yevroittifoqining o‘z safidagi intizomni mustahkamlashga hafsalasi bo‘lmaydi. Va u panja ortidan uning a’zolari pandemiyaga qarshi kurashda mafkuraviy faqat qog‘ozda bitilgan va nuqsonsiz strategiyaga binoan esa, balki voqelikka qarab faol ish tutishiga qarashga majbur.
Majburan va yo‘l-yo‘lakay qoida va harakatlar dasturini o‘zgartiradigan Yevropa amaldorlarining Virtumer-Xoxening “Sputnike V” va “rus ruletkasi” haqidagi bayonotlari singari kichik “chaqishlari”dan o‘zga choralari qolmayapti.
Yangiliklar lentasi
0