https://oz.sputniknews.uz/20210914/talab-tofonday-oshmoqda-aqsh-rossiya-neftini-katta-hajmda-sotib-olmoqda-20488817.html
Talab to‘fonday oshmoqda: AQSh Rossiya neftini katta hajmda sotib olmoqda
Talab to‘fonday oshmoqda: AQSh Rossiya neftini katta hajmda sotib olmoqda
Sputnik O‘zbekiston
"Ida" to‘foni oqibatida Meksika bo‘g‘ozidagi infratuzilmalaridan mahrum bo‘lgan AQSh neft kompaniyalari katta miqdorda Rossiya neftini sotib olmoqda. 14.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-14T15:28+0500
2021-09-14T15:28+0500
2023-04-05T18:34+0500
kolumnistlar
aqsh
neft
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1398/17/13981744_0:99:2768:1656_1920x0_80_0_0_d89629961842cf3264939aac58d453c9.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. "Ida"to‘fonidan so‘ng Amerika neftni qayta ishlash zavodlari to‘xtab qoldi. Yonilg‘i defitsiti his qilina boshladi. Energetika vazirligi zahiralardan foydalana boshladi, lekin ular ham cheksiz emas.Meksika sohilida joylashgan neftni qayta ishlash korxonalari og‘ir neftga moslashtirilgan. Bunday neftni esa Rossiyadan boshqa joydan sotib olishning deyarli iloji yo‘q. AQSh og‘ir neft importini maksimal darajaga yetkazgan va yana oshirmoqchi ham.Ishtaha karnayAmerikalik neft ishlab chiqaruvchilar mos keladigan neftni topish uchun butun dunyokini qidirishmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.Energetika vazirligining Axborot boshqarmasi (EIA) ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida Rossiyadan xom neft va neft mahsulotlari importi hajmi birdaniga 23 % oshib, kuniga 844 ming barrelga to‘g‘ri kelgan. Meksikadan etkazib berilayotgan neft hajmi esa bor-yo‘g‘i uch punktga o‘sdi.O‘tgan yilda Rossiyadan AQShga yuborilayotgan neft hajmi 9-yillik maksimumga yetgan edi. Bu borada Rossiya, eksport hajmini qisqartirgan Saudiya Arabistonidan ham o‘tib birinchi o‘ringa chiqib olgan edi.Aslida hammasi, Amerikaning Venesuela neftidan mahrum bo‘lishidan boshlangan edi. Bu Donald Trampning “xizmati” u 2019-yilda Petroleos de Venezuela S. A.ni sanksiyalar ostiga olgan edi.Shundan so‘ng Meksika bo‘g‘ozida joylashgan korxonalar og‘ir ahvolga tushib qoldi. Jumladan Citgo Petroleum, Valero Energy, Chevron kabi og‘ir neftni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar. Ular Rossiyadan asosan mazut sotib olib undan benzin ishlab chiqarishadi.“Venesuela neftidan mahrum bo‘lgan va an’anaviy xom-ashyo qimmatlashishiga duch kelgan AQSh neft kompaniyalari"Venesuela xom-ashyosidan mahrum bo‘lgan va an’anaviy OPEK yetkazib beruvchilari tomonidan narx ko‘tarilishiga duch kelgan AQSh kompaniyalari Rossiya mazutining asosiy iste’molchilariga aylandi", - deydi Oksford Energetika tadqiqotlari instituti mutaxassisi Adi Imsirovich.“Rossiya - yetakchi sherik, chunki ko‘p miqdorda Mazut 100 kabi yarim tozalangan yog‘lar ishlab chiqaradi. Bu, Venesuelaning va Yaqin Sharqning quyuq va iflos neftiga o‘rganib qolgan, Amerika neft zavodlari uchun ideal xom-ashyo. Ularni yetkazib berish hozirgi kunda sanksiyalar va OPEK doirasidagi kelishuvlar tufayli to‘xtatilgan ", — deydi Bloomberg.Avgust oxirida Meksika bo‘g‘oziga yopirilgagn "Ida" to‘foni vaziyatni yanada murakkablashtirdi. EIA sentabrda yana qazib olish hajmi 1,2 milion barrelgacha oshishini kutayotgan bo‘lsa-da, neft infratuzilmasi jiddiy shikastlangan. Amerika bozori umumiy hisobda 20,6 million barrel neftdan mahrum bo‘ldi.Zahiralar ochildiLuizianada elektr ta’minoti tiklanganidan so‘ng va neftni qayta ishlash zavodlari ishga tushganidan so‘ng, Amerikaga yanada ko‘proq xom-ashyo kerak bo‘ladi.Bu haqida Exxon Mobil allaqachon e’lon qildi. Korxona o‘zining Luizianadagi zavodlarini yopishga majbur bo‘ldi. Energetika vazirligi esa o‘zining strategik zahiralaridan chiqarishga majbur bo‘ldi. Yaqin ikki-uch oy ichida Exxon oliy navli xom-ashyo bilan ushbu zahiralarni qayta to‘ldirishi kerak.Lekin buning uchun zahiralar ham cheklangan. Demak yana import qilishga to‘g‘ri keladi. Amerika nashrlari yozishiga ko‘ra, “Ida” to‘foni oqibatlaridan faqat Rossiyalik eksportchilar yutib chiqadi.“Sentabr-oktabr oylarida Rossiyadan neft importi yana oshadi, chunki Meksika bo‘g‘ozida dengiz tubidan neft qazib olish hali ham tiklangani yo‘q”, - deb yozadi Bloomberg. So‘nggi bir necha kun ichida Rossiyadan 3 partiya nefti xarid qilindi, deydi nashr.Talab oshgan sari narxlar ham oshib bormoqda. 8-sentabr kuni neft kotirovkalari narxi so‘nggi 7 oyda qayd etilgan maksimumga chiqdi va odatda talab yuqori bo‘lgan Brent navidan ham oshib ketdi. "Ida" to‘fonidan oldin Urals navi Brentdan 1,95 dollar arzon sotilayotgan edi. Bugun Urals narxi barreliga 71,15 dollarni tashkil qilmoqda.“Shimoliy oqim – 2”ni ishga tushirishdan oldin Vashington va Moskva orasida tanglik darajasi oshib bormoqda. Lekin bozor o‘z shartlarini qo‘ymoqda va amerikalik ishlab chiqaruvchilar Oq Uyning diplomatik yoki geosiyosiy maqsadlariga bog‘liq emas.
https://oz.sputniknews.uz/20210210/Neft-naadar-uzo-immatlashishda-davom-etadi-15974497.html
https://oz.sputniknews.uz/20210709/yangi-neft-vasvasasi-yoki-qora-oltin-narxi-oshishidan-rossiya-qancha-foyda-oladi-19615484.html
https://oz.sputniknews.uz/20200914/ASh-Rossiyadan-neft-kharid-ilishni-tailamochi-14973692.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1398/17/13981744_214:0:2555:1756_1920x0_80_0_0_77f484724492e4a63685006c763d8f35.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
kolumnistlar, aqsh, neft, rossiya
kolumnistlar, aqsh, neft, rossiya
Talab to‘fonday oshmoqda: AQSh Rossiya neftini katta hajmda sotib olmoqda
15:28 14.09.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) "Ida" to‘foni oqibatida Meksika bo‘g‘ozidagi infratuzilmalaridan mahrum bo‘lgan AQSh neft kompaniyalari katta miqdorda Rossiya neftini sotib olmoqda.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. "Ida"to‘fonidan so‘ng Amerika neftni qayta ishlash zavodlari to‘xtab qoldi. Yonilg‘i defitsiti his qilina boshladi. Energetika vazirligi zahiralardan foydalana boshladi, lekin ular ham cheksiz emas.
Meksika sohilida joylashgan neftni qayta ishlash korxonalari og‘ir neftga moslashtirilgan. Bunday neftni esa Rossiyadan boshqa joydan sotib olishning deyarli iloji yo‘q. AQSh og‘ir neft importini maksimal darajaga yetkazgan va yana oshirmoqchi ham.
Amerikalik neft ishlab chiqaruvchilar mos keladigan neftni topish uchun butun dunyokini qidirishmoqda, deb yozmoqda Bloomberg.
Energetika vazirligining Axborot boshqarmasi (EIA) ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida Rossiyadan xom neft va neft mahsulotlari importi hajmi birdaniga 23 % oshib, kuniga 844 ming barrelga to‘g‘ri kelgan. Meksikadan etkazib berilayotgan neft hajmi esa bor-yo‘g‘i uch punktga o‘sdi.
O‘tgan yilda Rossiyadan AQShga yuborilayotgan neft hajmi 9-yillik maksimumga yetgan edi. Bu borada Rossiya, eksport hajmini qisqartirgan Saudiya Arabistonidan ham o‘tib birinchi o‘ringa chiqib olgan edi.
Aslida hammasi, Amerikaning Venesuela neftidan mahrum bo‘lishidan boshlangan edi. Bu Donald Trampning “xizmati” u 2019-yilda Petroleos de Venezuela S. A.ni sanksiyalar ostiga olgan edi.
Shundan so‘ng Meksika bo‘g‘ozida joylashgan korxonalar og‘ir ahvolga tushib qoldi. Jumladan Citgo Petroleum, Valero Energy, Chevron kabi og‘ir neftni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonalar. Ular Rossiyadan asosan mazut sotib olib undan benzin ishlab chiqarishadi.
“Venesuela neftidan mahrum bo‘lgan va an’anaviy xom-ashyo qimmatlashishiga duch kelgan AQSh neft kompaniyalari
"Venesuela xom-ashyosidan mahrum bo‘lgan va an’anaviy OPEK yetkazib beruvchilari tomonidan narx ko‘tarilishiga duch kelgan AQSh kompaniyalari Rossiya mazutining asosiy iste’molchilariga aylandi", - deydi Oksford Energetika tadqiqotlari instituti mutaxassisi Adi Imsirovich.
“Rossiya - yetakchi sherik, chunki ko‘p miqdorda Mazut 100 kabi yarim tozalangan yog‘lar ishlab chiqaradi. Bu, Venesuelaning va Yaqin Sharqning quyuq va iflos neftiga o‘rganib qolgan, Amerika neft zavodlari uchun ideal xom-ashyo. Ularni yetkazib berish hozirgi kunda sanksiyalar va OPEK doirasidagi kelishuvlar tufayli to‘xtatilgan ", — deydi Bloomberg.
Avgust oxirida Meksika bo‘g‘oziga yopirilgagn "Ida" to‘foni vaziyatni yanada murakkablashtirdi. EIA sentabrda yana qazib olish hajmi 1,2 milion barrelgacha oshishini kutayotgan bo‘lsa-da, neft infratuzilmasi jiddiy shikastlangan. Amerika bozori umumiy hisobda 20,6 million barrel neftdan mahrum bo‘ldi.
Luizianada elektr ta’minoti tiklanganidan so‘ng va neftni qayta ishlash zavodlari ishga tushganidan so‘ng, Amerikaga yanada ko‘proq xom-ashyo kerak bo‘ladi.
Bu haqida Exxon Mobil allaqachon e’lon qildi. Korxona o‘zining Luizianadagi zavodlarini yopishga majbur bo‘ldi. Energetika vazirligi esa o‘zining strategik zahiralaridan chiqarishga majbur bo‘ldi. Yaqin ikki-uch oy ichida Exxon oliy navli xom-ashyo bilan ushbu zahiralarni qayta to‘ldirishi kerak.
Lekin buning uchun zahiralar ham cheklangan. Demak yana import qilishga to‘g‘ri keladi. Amerika nashrlari yozishiga ko‘ra, “Ida” to‘foni oqibatlaridan faqat Rossiyalik eksportchilar yutib chiqadi.
“Sentabr-oktabr oylarida Rossiyadan neft importi yana oshadi, chunki Meksika bo‘g‘ozida dengiz tubidan neft qazib olish hali ham tiklangani yo‘q”, - deb yozadi Bloomberg. So‘nggi bir necha kun ichida Rossiyadan 3 partiya nefti xarid qilindi, deydi nashr.
Talab oshgan sari narxlar ham oshib bormoqda. 8-sentabr kuni neft kotirovkalari narxi so‘nggi 7 oyda qayd etilgan maksimumga chiqdi va odatda talab yuqori bo‘lgan Brent navidan ham oshib ketdi. "Ida" to‘fonidan oldin Urals navi Brentdan 1,95 dollar arzon sotilayotgan edi. Bugun Urals narxi barreliga 71,15 dollarni tashkil qilmoqda.
“Shimoliy oqim – 2”ni ishga tushirishdan oldin Vashington va Moskva orasida tanglik darajasi oshib bormoqda. Lekin bozor o‘z shartlarini qo‘ymoqda va amerikalik ishlab chiqaruvchilar Oq Uyning diplomatik yoki geosiyosiy maqsadlariga bog‘liq emas.