Toliblar universitetlar dasturlaridan shariat qonunlariga zid fanlarni olib tashlamoqchi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka oʻtishBoyeviki dvijeniya "Taliban" (terroristicheskaya organizatsiya, zapreщena v Rossii) v Kabule.
Boyeviki dvijeniya Taliban (terroristicheskaya organizatsiya, zapreщena v Rossii) v Kabule. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oliy taʼlim vazirligi talabalarga kelajakda chet elda taʼlim olish imkonini beruvchi maxsus dasturni ishga tushirishni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 13 sen - Sputnik. "Tolibon"* harakati afgʻon universiteti dasturlaridan shariat qonunlariga zid fanlarni olib tashlashni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Tolo News telekanali.
Ilgariroq Khaama Press agentligi universtitetlar talabalarini dasturlarda oʻzgarishlar kutayotgani haqida xabar qilgan edi: afgʻonlar boshqa mamlakat talabalari bilan raqobatlasha olishi uchun oliygohlardagi ikkinchi darajali fanlarni zamonaviy fanlarga almashtirish koʻzda tutilgan.
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Siyosat
SHHT va KXSHT Dushanbeda Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qiladi - Asadov
"Islom qonunlariga zid har qanday fan (dasturdan) chiqarib tashlanadi", - deya iqtibos keltiradi Afgʻoniston oliy taʼlim vaziri vazifasini bajaruvchi Abdula Boqiy Haqqoniy soʻzlaridan telekanal.
Ayni vaqtda aynan qanday fanlardan voz kechilishiga aniqlik kiritilmagan.
Oliy taʼlim vazirligi kelajakda talabalarga chet elda taʼlim olish imkonini beruvchi maxsus dasturni ishga tushirishni rejalashtirgan.
Flag zapreщennoy na territorii Rossiyskoy Federatsii mejdunarodnoy terroristicheskoy organizatsii IGIL, obnarujennыy sotrudnikami FSB RF v oborudovannom zaderjannыm terroristom (sleva) taynike. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Dunyoda
Markaziy Osiyoning bosh terrorchilari ismlari oshkor qilindi
Avgust oyi oxirida toliblar Afgʻoniston hukumat kuchlariga hujumni faollashtirgandi. 15 avgust kuni ular Qobulga kirdi va ertasi kuni urush tugaganini eʼlon qildi. Avgust oyining oxirgi ikki haftasida amerika harbiylari qoʻrigʻida boʻlgan Qobul aeroportidan Gʻarb mamlakatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afgʻonlar ommaviy tartibda evakuatsiya qilina boshladi.
31 avgustga oʻtar kechasi amerika harbiylari qobul aeroportini tark etdilar va bu bilan AQShning Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik mavjudligiga nuqta qoʻyildi.
Oltinchi sentyabr kuni toliblar janglardan soʻng Afgʻonistonning 34 provintsiyasidan eng soʻnggisi - Panjsherni oʻz nazoratiga olganini eʼlon qildi.
Flag Frantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.09.2021
Dunyoda
Frantsiya Afgʻonistondagi toliblar hukumatini tan olishdan bosh tortdi
Ertasi kuni Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibi eʼlon qilindi. Vaqtinchalik hukumatni Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0