https://oz.sputniknews.uz/20210913/markaziy-osiyoning-bosh-terrorchilari-ismlari-oshkor-qilindi-20467790.html
Markaziy Osiyoning bosh terrorchilari ismlari oshkor qilindi
Markaziy Osiyoning bosh terrorchilari ismlari oshkor qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Toliblar eng xavfli terrorchilik uyushmalari ishtirokchilarini "islomiy birodarlar" deb atab, ular bilan hamkorlikni davom ettirmoqda 13.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-13T09:31+0500
2021-09-13T09:31+0500
2021-09-13T09:31+0500
dunyoda
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/16/15239865_0:65:1050:656_1920x0_80_0_0_061b8d70a997e4afdee94694ce312595.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Balx sobiq gubernatori, "Afg‘oniston islom jamiyati" partiyasi yetakchilaridan biri Atto Muhammadiy Nur Tojikiston, O‘zbekiston va boshqa qator mamlakatlar terrorchi uyushmalari yetakchilari ro‘yxatini tuzdi.Bu ro‘yxatga o‘zlariga soxta ismlar olgan va turli taqiqlangan tashkilotlarga a’zo bo‘lgan 40ga yaqin tarafdorlar kiritilgan.Atto Nur ushbu ro‘yxatni Dushanbeda 16-17 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti boshlanishi avvalida taqdim etishga qaror qildi.Jumladan, ro‘yxatdan "O‘IH"*, "Sharqiy Turkiston IH"*, "Jamoat Ansarulloh"*, shuningdek, "IShID" uyushmalari ishtirokchilari o‘rin olganlar.Ushbu tashkilotlar jangarilari "Al-Qoida"* bilan hamkorlikda ayni vaqtda Afg‘onistonda hukumatni egallab olgan "Tolibon"* bilan hamkorlik qilishmoqda."Dunyoning jamiki mamlakatlari toliblar ushbu shaxslarni "islomiy birodarlar" deb atashlarini bilib qo‘yishsin", - deb bayonot qilgan Atto Nur.Uning ta’kidiga ko‘ra, terroristik uyushmalar bilan hamkorlikdan voz kechish - "Tolibon"*ning jahon hamjamiyati oldidagi majburiyatlaridan biridir. Ammo hukumat tepasiga kelgan radikallar boshqa davlatlar chaqiriqlariga e’tiborsiz bo‘lishmoqda.Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashkilotlar yetakchilari Afg‘onistonning Badaxshon provinsiyasida o‘rnashib olishgan. Uyushmalarning bosh rahbari esa Qozog‘iston fuqarosi, "Sharqiy Turkiston islom harakati" vakili Hoji-Furkan bo‘ladi.Sal avval iste’fodagi polkovnik Mahdiy Sobir yuqorida nomi tilga olingan tashkilotlar - "uyqudagi terrorchilik yacheykalari" bo‘lib, toliblar buyrug‘iga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solishlari mumkinligi haqida bayonot bergan edi.* - RFda ta’qiqlangan terrorchi tashkilotlar.
https://oz.sputniknews.uz/20210912/frantsiya-afgonistondagi-toliblar-hukumatini-tan-olishdan-bosh-tortdi-20463275.html
https://oz.sputniknews.uz/20210824/markaziy-osiyoda-al-qoida-va-idning-uyqudagi-yacheykalari-bor---kazakbaev-20207792.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/16/15239865_45:0:1005:720_1920x0_80_0_0_0ef4784725e77934a5f1922774f17817.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
dunyoda, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Markaziy Osiyoning bosh terrorchilari ismlari oshkor qilindi
Toliblar eng xavfli terrorchilik uyushmalari ishtirokchilarini "islomiy birodarlar" deb atab, ular bilan hamkorlikni davom ettirmoqda
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Balx sobiq gubernatori, "Afg‘oniston islom jamiyati" partiyasi yetakchilaridan biri Atto Muhammadiy Nur Tojikiston, O‘zbekiston va boshqa qator mamlakatlar terrorchi uyushmalari yetakchilari ro‘yxatini tuzdi.
Bu ro‘yxatga o‘zlariga soxta ismlar olgan va turli taqiqlangan tashkilotlarga a’zo bo‘lgan 40ga yaqin tarafdorlar kiritilgan.
Atto Nur ushbu ro‘yxatni Dushanbeda 16-17 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti boshlanishi avvalida taqdim etishga qaror qildi.
Jumladan, ro‘yxatdan "O‘IH"*, "Sharqiy Turkiston IH"*, "Jamoat Ansarulloh"*, shuningdek, "IShID" uyushmalari ishtirokchilari o‘rin olganlar.
Ushbu tashkilotlar jangarilari "Al-Qoida"* bilan hamkorlikda ayni vaqtda Afg‘onistonda hukumatni egallab olgan "Tolibon"* bilan hamkorlik qilishmoqda.
"Dunyoning jamiki mamlakatlari toliblar ushbu shaxslarni "islomiy birodarlar" deb atashlarini bilib qo‘yishsin", - deb bayonot qilgan Atto Nur.
Uning ta’kidiga ko‘ra, terroristik uyushmalar bilan hamkorlikdan voz kechish - "Tolibon"*ning jahon hamjamiyati oldidagi majburiyatlaridan biridir. Ammo hukumat tepasiga kelgan radikallar boshqa davlatlar chaqiriqlariga e’tiborsiz bo‘lishmoqda.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashkilotlar yetakchilari Afg‘onistonning Badaxshon provinsiyasida o‘rnashib olishgan. Uyushmalarning bosh rahbari esa Qozog‘iston fuqarosi, "Sharqiy Turkiston islom harakati" vakili Hoji-Furkan bo‘ladi.
Sal avval iste’fodagi polkovnik Mahdiy Sobir yuqorida nomi tilga olingan tashkilotlar - "uyqudagi terrorchilik yacheykalari" bo‘lib, toliblar buyrug‘iga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solishlari mumkinligi haqida bayonot bergan edi.
* - RFda ta’qiqlangan terrorchi tashkilotlar.