Kolumnistlar

Ittifoq davlatini barpo etish nega bunchalik choʻzilmoqda

© Sputnik / Ekaterina Shtukina / Mediabankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko pered nachalom zasedaniya Vыsshego Gosudarstvennogo Soveta Soyuznogo gosudarstva v Minske
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko pered nachalom zasedaniya Vыsshego Gosudarstvennogo Soveta Soyuznogo gosudarstva v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hozir mustaqil boʻlgan respublikalarning undan xavfsirishlari kerakmi? Yoʻq, chunki Rossiya hech kimni yutib yubormaydi, hech kim kuch bilan qoʻshmaydi.
TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Rossiya va Belarus birligi yanada mustahkamroq boʻldi. Moskvada Putin va Lukashenko tomonidan erishilgan kelishuvlardan keyin kuni kecha Minskda bosh vazirlar yigirma sakkizta ittifoq dasturlarini amalga oshirishga oid qarorni imzolashdi. Dasturlar ikki mamlakat qonunchiligini iqtisodiyotning turli sohalarida bir xillashtirishga qaratilgan. Yangi iqtisodiy maydon barpo etish yangi darajaga koʻtarildi – lekin prezidentlar tomonidan tashlangan “juda jiddiy qadam” nafaqat Rossiya va Belarusning Ittifoq davlati, balki butun sobiq Sovet ittifoqi hududidagi intregratsiya (aniqrogʻi, reintegratsiya) jarayonlari uchun oʻta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi ish keyingi barcha yaqinlashish faoliyatlari uchun, birinchi navbatda asosiy integratsion birlashish – Yevroosiyo ittifoqi doirasida namuna boʻladi.
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2020
Dunyoda
Lukashenko Rossiya bilan integratsiyani davom ettirishga tayyorligini bildirdi
Bu haqda Aleksandr Lukashenko toʻgʻridan-toʻgʻri aytdi:
“Biz YEOII va MDHda qanday harakatlanish kerakligi namunasini koʻrsatyapmiz. Yaʼni biz bulzoder singari keyingilar uchun yoʻlni tozalab, oldinda ketyapmiz, umid qilamizki, sobiq ittifoq hududiga birlashma va ittifoq birlashmalarining. Ittifoq – bu namuna, bu yanada yaqin ittifoqqa umid qilgan davlatlarning oʻtishiga toʻgʻri keladigan yoʻldir”.
Hozirga YEOIIga jami beshta mamlakat aʼzo – Rossiya va Belarus bilan bir qatorda bu Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armaniston. Biroq ertami-kech unga Tojikiston ham, Oʻzbekiston ham, va eng asosiysi, Ukraina qoʻshiladi. Eshiklar boshqa sobiq ittifoq respublikalari uchun ham yopilmagan. Chunki tarixiy birlikni qayta tiklash nafaqat Rossiya, balki mamlakatimizning sobiq qismi boʻlgan davlatlar manfaatlariga javob beradi. Hatto hozir uning elitasi mustaqil omon qolishga yoki Yevropa uyida propiska olishga ishonchi komil boʻlganlarning. Birgalikda biz yanada kuchliroq boʻlamiz, tarixiy aloqalarni uzib boʻlmaslik, geosiyosiy qonunlarini esa inkor qilib boʻlmasligi haqida gapirmasa ham boʻladi.
Uchastniki aktsii protesta, poluchivshey nazvaniye chernaya subbota, protiv ujestocheniya zakonodatelstva ob abortax v Polshe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2020
Kolumnistlar
“Belarus stsenariysi” Polsha uchun: qaytar dunyo
Rossiya SSSR parchalangandan keyin siqilgan oʻzining tarixiy maydonini qayta tiklamoqda. Bu jarayonni faqat hozirgi Rossiyani – Rossiya Federatsiyasini parchalab, yaʼni rus tsivilizatsiyasi umurtqasini sindirib, toʻxtatish mumkin. Biroq bu boʻlmaydi, demak, integratsiya muqarrar.
Hozir mustaqil boʻlgan respublikalarning undan xavfsirishlari kerakmi? Yoʻq, chunki Rossiya hech kimni yutib yubormaydi, hech kim kuch bilan qoʻshmaydi. Hammasini oddiy narsalar, tarix bajaradi. Rossiya markazga intilayotgan tendentsiyalarga uning geosiyosiy raqiblari (boz ustiga – umumiy raqiblar) xalal bermasligi uchun sabot va diqqat bilan kuzatib turadi, xolos.
Belarus bilan integratsion jarayonlar misoli buning eng yaxshi tasdigʻidir. Reintegratsiya Belarus oʻz suverenitetiga tahdid sezgan vaqtda – Rossiyadan emas, ichki siyosiy mummoalardan foydalanishga qaror qilgan Gʻarbdan, tezlashdi. Bir yil avval koʻpchilik Lukashenko qulashi va Belarusni Gʻarbga ogʻishini bashorat qilishganda Rossiyaning toʻgʻri javobi sifatida shunchaki “Belarus olib qoʻyishni” taklif qilishgandi. Yaʼni uni kuch bilan Rossiyaga qoʻshish. Biroq bizning usulimiz emas, chunki bizda shundoq ham qogʻozda emas, voqelikda mavjud boʻlgan Ittifoq davlatimiz bor.
Rossiya va Belarus shunchaki ittifoqdosh emas, ular yagona davlat bir boʻlagi. Ha, unda prezident va umumiy valyuta yoʻq, lekin tarixiy va manʼaviy birligimizni anglash bor, harbiy ittifoq va umumiy (oxiriga qurib bitkazilmagan boʻlsada) iqtisodiy maydon bor. Biz hamisha birga boʻlamiz va bizni hech kim ajrata olmaydi degan tushunchalar mavjud.
Lekin siyosiy integratsiya nima boʻladi? U bitadimi? Ha, shunday boʻladi, faqat uning muddati hozir uncha ahamiyatga ega emas. Lukashenko qanchalar toʻgʻri aytdi:
“Va agar bizga yanada yaqin harbiy, siyosiyo, boshqa yoʻnalishni olsak, iqtisodiy integratsiya kerak boʻlsa, buni bir zumda bajaramiz, Belarus va Rossiyadagi odamlarimiz soʻrovlarini sezgan zahotimiz. <...> Kuttirib qoʻymaymiz”.
Bu yerda nafaqat Gʻarbga Belarusni Rossiyadan ajratib olishning har qanday rejalari halokatga muqarrarligi borasida ogohlantirish, bu yerda yana ikki davlat munosabatlari faqat ularning oʻziga bogʻliqligini tasdiqlash. Ha, Belarus – Rossiyaning tarixiy qismi, belorus halqi esa buyukross va kichikrosslar bilan bir qatorda rus xalqining ajralmas qismidir. Biroq oʻtmish xatolarini, yaʼni SSSR parchalanishi, aql bilan, 1991 yildan soʻng nimalar roʻy berganini inobatga olgan holda toʻgʻirlash zarur.
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na tseremonii inauguratsii v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2021
Kolumnistlar
Lukashenko Gʻarbga “qoʻli uzun” ekanini koʻrsatib qoʻydi
Bu maʼnoda Belarus – bu Lukashenko. U respublikani sobiq ittifoqdan 27 yil boshqarib, uni davlatchiligini yaratdi. Lukashenko davrida Belarusni shunchaki Rossiyaga tarkibiga kiritib qoʻyish boʻlmaydi. U Rossiya va rus xalqi dushmani boʻlgani uchun emas, balki u mustaqil davlat arbobi boʻlgani uchun. Lukashenko 1990 yillar oʻrtasida, koʻpchilik Rossiya Federatsiyasi qulashini ketayotgan paytda, Ittifoq davlatini barpo etish tashabbuskori boʻlgan, yaʼni u hamisha bizning birlashishimiz tarafdori boʻlgan. Ikki davlatning keyingi integratsiyasi muqarrar, biroq toʻliq qoʻshilish na Belarusga, asosiysi, na Rossiyaga kerak.
Avvaliga butun iqtisodiy integratsiya yoʻlishi bosib oʻtish kerakligi uchun emas, balki sobiq sovet ittifoqi, birinchi navbatda Yevroosiyo ittifoqi respublikalariga oʻrnak koʻrsatish lozim. Rossiya ular xalqlari manfaatlarini hurmat qilishini, bu ularning oʻziga foydali ekanini koʻrsatish, mahalliy elitalarga Kreml ularni na agʻdarib, na ularga qoʻmondonlik qilmoqchi emasligini koʻrsatish. Ittifoq davlat barpo qilishda ham SSSRning xatolari, ham Yevropa ittifoqi barpo etilishi xatolari inobatga olinadi, yaʼni hech kim oʻzga mafkura va hayotning boshqa normalarni zoʻrlab oʻtkazmaydi.
Aleksandr Lukashenko vo vremya vizita v Sudan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2019
Dunyoda
Lukashenko: Rossiyaga hech qachon xiyonat qilmaymiz
Lekin shu bilan birga oʻz manfaatlarini (jumladan, u yerda yashaydigan ruslar huquqini), bu mamlakatlardagi oʻz taʼsirini qattiq himoya qilmoq zarur. Uchunki kuchlar aralashuvidan ham, xoh Gʻarb, xoh Sharqniki boʻlsin. Hech narsa oʻz oʻzidan reintegratsiya boʻlmaydi, hatto tarixiy va geosiyosiy tortirish qonunlariga qaramasdan. Hammasiga oʻzimizga bogʻliq – biz sobiq ittifoq hududidagi katta oʻyinni qanchalik mohirona va izchil olib boramiz. Boz ustiga bu biz uchun nafaqat geosiyosiy oʻyin va hatto shunchaki milliy xavfsizlik masalasi emas – bu xalqimizning kelajagi va uning buyuk tamadduni masalasi.
Manba: RIA Novosti
Yangiliklar lentasi
0