TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Belarusning “katta og‘asi” bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi. U ikki davlat munosabatlari qardoshlik xususiyatiga ega ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Sputnik Belarusning yozishicha, Lukashenko beloruslar “katta og‘aga xiyonat qilishga yo‘l qo‘ymasligini” ta’kidlagan. Biroq u Rossiyadan og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlashni talab qilgan.
“Rossiya haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, biz bir xalqmiz, men buni ming marta aytganman. Biz ular bilan hamisha birga bo‘lganmiz, ular hamisha bizga yordamga kelishgan”, - degan Lukashenko Brest shahriga tashrifi davomida.
U Belarus hech qachon Rossiyaga xiyonat qilmasligi va undan yuz o‘girmasligini qo‘shimcha qilgan.
“Hatto mensiz ham bunday bo‘lmaydi”, - deya so‘zlariga yakun yasagan Lukashenko.