Lukashenko Rossiya bilan integratsiyani davom ettirishga tayyorligini bildirdi

© Press-slujba prezidenta Respubliki Belarus / Mediabankka o‘tishPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk Rossiya bilan integratsiyani davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk Rossiya bilan  integratsiyani davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi, lekin buning uchun Ittifoq davlat doirasidagi barcha loyihalar ishga tushishi zarur.

Mi perexvatili interesniy razgovor: Lukashenko zayavil o falsifikatsii otravleniya Navalnogo - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko o‘z lavozimida "biroz ko‘p qolib ketganini" tan oldi

Bu haqda bugun Lukashenkodan intervyu olgan rossiyalik jurnalistlar tarkibida bo‘lgan “Govorit Moskva” radiostansiyasining bosh muharriri Roman Babayan o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.

“Biz Rossiya bilan integratsiyani davom ettirishga tayyormiz, lekin avvaliga barcha institutlar va Ittifoq davlat doirasida allaqachon mavjud bo‘lgan barcha loyihalar haqiqatan ishga tushishi zarur”, - deya u Lukashenko so‘zlaridan keltirgan.

1999 yil 8-dekabr kuni Moskvada Rossiya va Belarus prezidentlari Boris Yelsin va Aleksandr Lukashenko Ittifoq davlat tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga imzo chekkan edi. U 2000-yil 26-yanvar kuni ikki mamlakat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilingandan so‘ng kuchga kirdi. Ittifoq davlat tuzish jarayoni yagona iqtisodiy maydon, yagona valyuta, umumiy budjetni shakllantirish, tashqi va ijtimoiy siyosatni muvofiqlashtirgan holda olib borishni nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0