TQ: Rossiya chegaralari yaqinida AQSh biolaboratoriyalari tarmog‘i kengayishi xavotir uyg‘otmoqda

© Sputnik / Denis Aslanov / Mediabankka o‘tishLaboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii
Laboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Tergov qo‘mitasi RF chegaralari yaqinida AQSh biolaboratoriyalari tarmog‘i kengayishiga izoh berdi
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Tergov qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Aleksandr Fedorov Rossiya chegaralari perimetri bo‘ylab amerika biolaboratoriyalari qurilayotganiga munosabat bildirdi.
"Rossiya Federatsiyasi va Rossiya Federatsiyasiga tutash chegaralarda joylashgan mamlakatlar yaqinida AQSh harbiy idorasi xorijiy biologik infratuzilmasining nazoratsiz va cheklanmagan miqdorda kengaytirilishi ham Rossiya, ham jahon hamjamiyati ekspertlarida katta tashvish keltirib chiqarmoqda", - dedi u "Xabarovsk jarayoni: tarixiy saboqlar va zamonaviy chaqiriqlar" xalqaro forumi davomida.
Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev aprel oyida "Kommersant" nashriga bergan intervyusida, dunyoda, ayniqsa Rossiya va Xitoy chegaralarida, Amerika nazorati ostida bo‘lgan laboratoriyalar tobora ko‘payib borayotganiga ishora qilgan edi. U yerda, biologik qurol ishlab chiqarilmoqda, deyish uchun jiddiy asoslar bor, deya ta’kidlagandi Patrushev.
Marufjon Madaminov — zaveduyushiy laboratoriyey chumi Respublikanskogo sentra profilaktiki chumi, karantinnix i osobo opasnix infeksiy Minzdrava RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
O‘zbekistonda AQSh biolaboratoriyalari bo‘lmagan va bo‘lmaydi - Madaminov
May oyida Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari Yuriy Averyanov RIA Novostiga bergan intervyusida, ushbu laboratoriyalardagi halokatli mikroblar go‘yoki tasodifiy ravishda tabiatga tarqalib ketishi va Rossiya hududi, shuningdek, chegaradosh mamlakatlarda odamlarning ommaviy qirilib ketishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi. Averyanovning fikriga ko‘ra, Vashington ko‘plab mamlakatlar uchun, birinchi navbatda harbiy ma’nodagi individual biologik tadqiqot rejalarini ishlab chiqadi va ularni turli qo‘shma dasturlar orqali amalga oshiradi.
Laboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2020
AQSh MDHdagi biolaboratoriyalarda o‘z faolligini kuchaytirmoqda - Medvedev
Garchi Xitoy tomoni ko‘plab marotaba bunday faoliyat borasida aniq tushuntirish berishga chaqirgan bo‘lsada, AQSh o‘zining biologik laboratoriyalari faoliyati bilan bog‘liq xavotirlarga hech qanday aytarli javob bermadi, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin Averanovning so‘zlariga izoh berar ekan.
1949 yil 25-30 dekabrda bo‘lib o‘tgan Xabarovsk protsessida militarist Yaponiyaning SSSRga qarshilik ko‘rsatish rejalari oshkor bo‘lgan. Unda butun dunyo birinchi marta tayyorlanayotgan bakteriologik urush haqida xabar topgan. Sovet armiyasi 1945-yilning avgust oyida bu urushning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan. Tribunal Ikkinchi jahon urushiga yuridik nuqta qo‘ygan.
"Xabarovsk jarayoni: tarixiy saboqlar va zamonaviy muammolar" forumi ham Uzoq Sharq uchun xalqaro harbiy tribunalning 75-yilligiga bag‘ishlangan. U Prezident grantlari jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. RIA Novosti - tadbir tashkilotchilaridan biridir.
Yangiliklar lentasi
0