AQSh MDHdagi biolaboratoriyalarda o‘z faolligini kuchaytirmoqda - Medvedev

© Sputnik / Denis Aslanov / Mediabankka o‘tishLaboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii
Laboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Medvedevning aytishicha, bu davlatlar o‘z faoliyatini jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar foydalaniladigan uslublardan ayro tarzda, noshaffof olib bormoqdalar.

TOShKENT, 20 okt - Sputnik. AQShning sobiq ittifoq davlatlari hududlaridagi biolaboratoriyalarda olib borayotgan tadqiqot faoliyati jiddiy tashvishni keltirib chiqarmoqda, deb bayonot qildi RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev yangi infeksiyalarga qarshi himoya tizimlarini yaratish masalalariga bag‘ishlangan idoralararo komissiya yig‘ilishi davomida.

Laboratoriya imeni Richarda Lugara v Gruzii - Sputnik O‘zbekiston
Himoyami yoki tajriba. Amerikaliklarga Rossiya chegaralaridagi biolaboratoriyalar nega kerak

"Qator davlatlarning, eng avvalo Qo‘shma Shtatlarning sobiq ittifoq davlatlarida joylashgan biolaboratoriyalardagi tadqiqot faoliyati jiddiy tashvishni keltirib chiqarmoqda. Ular o‘zlarining bu ishini dunyo bo‘ylab olib borishga harakat qilmoqda", degan Medvedev. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Medvedevning aytishicha, bu davlatlar o‘z faoliyatini jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar foydalaniladigan uslublardan ayro tarzda, noshaffof olib bormoqdalar.

Dmitriy Belyakov - Sputnik O‘zbekiston
KXShT hududidagi G‘arb biolaboratoriyalarini tezkorlik bilan yo‘qotish kerak

Uning aytishicha, bunday masalalar oldin ham o‘rtaga tashlangan, "lekin ayniqsa bugun tobora ko‘proq shakllanmoqda, xususan, insoniyat koronavirus pandemiyasi tufayli ro‘baro bo‘lgan barcha holatlarni inobatga olganda".

Sal oldin RF Xavfsizlik kengashi ekspertlari qo‘lbola harakatlar, biolaboratoriyalar ekspertlari ishlari tufayli sun’iy yaratilgan viruslar epidemiyasi yuzaga kelishi mumkinligi ehtimoli haqida fikr bildirgan edilar.

"COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq hodisalar va ularning oqibatlari biologik xavf yuzaga kelishi ehtimoli borligi haqida dalolat beradi", - degan edi ekspertlar.

Yangiliklar lentasi
0