Amerika buyuk urushni sarhisob qilyapti: o‘ldirilganlar million, trillionlar o‘marilgan

© AFP / MASSOUD HOSSAINIAmerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexoti "Chinuk"
Amerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexoti Chinuk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Obuna bo‘lish
11 sentabr kuni AQShda terakt uyushtirilganiga 20-yil bo‘ladi. Bu voqea Amerika hukumatining xalqaro terrorizmga urush boshlashini e’lon qilishiga sabab bo‘lgandi.
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. AQSh qayg‘uli yubileyga hozirlanmoqda – 11 sentbr kuni terakt uyushtirilganiga 20-yil bo‘ladi. Gollivudning falokat to‘g‘risidagi filmlarining barcha qonunlariga binoan noma’lum ssenaristlar tomonidan sahnalashtirilgan bu oxirgi zamon voqeasi Amerika hukumatining xalqaro terrorizmga urush boshlashini e’lon qilishga va boshqa mamlakatlarga qurolli bostirib kirishni boshlashiga sababchi bo‘ldi. Oradan 20-yil o‘tdi. Endi sarhisob qilsa ham bo‘ladi.
AQShning mashhur Braun universiteti bu davr ichida amerikaliklan tomonidan ishg‘ol qilingan mamlakatlarda mininum million kishi o‘ldirilgan. Nita Kroford, universitetning “Urush bahosi” loyihasi asoschilaridan biri, bu “juda katta kichraytirib ko‘rsatish” ekanini ta’kidlamoqda. Qurbonlar ro‘yxatiga faqat to‘qnashuvlar paytida bevosita halok bo‘lganlar kiritilgan. Unga urushning turli balolaridan – infratuzilmalarning ommaviy vayron etilishi sabab yuzaga kelgan ochlik, tashnalik, kasalliklar, tibbiy yordam yo‘qligi - halok bo‘lganlar kiritilmagan.
Amerikanskie voyennie v aeroportu Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
AQSh boshqa urush qila olmaydi. Ular dunyoda qanday hukmronlik qilmoqchi bo‘lgan
Boshqa huquq himoyachilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘lim bundanda ko‘p bo‘lgan. Masalan, “Shifokorlar ijtimoiy ma’suliyat tarafdori” faqat Afg‘oniston, Iroq va Pokistonda 2001-yildan 2015-yilgacha bir millionga yaqin kishi o‘ldirilganini hisoblab chiqdi.
Braun universiteti ma’ruzasida aks etgan o‘limlar tuzilishi qiziq: halok bo‘lganlarning 387 ming nafari tinch aholi bo‘lgan, 200 mingga yaqini amerikaliklar tomonida turib jang qilgan mahalliy harbiylar, yana 300 mingdan ko‘prog‘i ularni amerikaliklar “terrorchilar” deb atagan mahalliy partizanlar. Nita Kroford o‘limidan keyin terrorchilar safiga qo‘shilgan odamlarning katta qismi oddiy tinch aholi bo‘lganini tan oladi.
AQSh harbiy xizmatchilaridan “terrorchilikka qarshi kurashish” chog‘ida yetti mingga yaqini halok bo‘lgan, shartnoma asosida xizmat qilayotganlardan sakkiz ming nafarchasining yostig‘i qurigan. Ya’ni ishg‘ol qilingan mamlakatlar aholisidan deyarli 100 baravargacha kam. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: AQSh halqaro hamjamiyatga shuni va’da qilgandimi?
Yo‘q, prezident Jorj Bush hech ham yening armiyasi tinch aholi genotsid qilish bilan shug‘ullanishini gapirmagandi. U amerikaliklar Iroq, Afg‘onistonda va boshqa har yerda “milliy demokratik davlatlar” bunyod etishlarini va’da qilgandi. Barchaga dunyoning eng badavlat mamlakatining buning uchun hamma imoniyatlari bor bo‘lib tuyulgandi. AQSh dunyo politsiyasi bo‘lishni xohlar ekan – bo‘laversin.
Amerikaliklar muammoli mamlakatlar hududiga kirishlari, real terrorchilik guruhlardan tozalashlari va hamkorlikka kuchli mahalliy siyosatchilarni jalb qilib, keyin ularga suyanib asta-sekin davlatni isloh qilishi nazarda tutilgan edi. Masalan, ko‘zga ko‘ringan qadam Afg‘onistonga sobiq qirol Zohirshohni taklif qilish bo‘lgan bo‘lardi. U shuhratga ega edi va mamlakatni birlashtira olgan bo‘lardi.
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapresheno v RF) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Qobul "amerikancha orzu" bilan vidolashmoqda: jihod davom etapti
Lekin yo‘q, amerikaliklar buni qilishmadi. Ular mahalliy siyosatchilar orasida salbiy saralashni boshlashdi. Hukumat tepasiga – juda shartli ravishda, albatta, - faqat eng sotqin, eng uquvsiz, xalq ichida eng ko‘zga ko‘rinmaganlar kelishiga yo‘l qo‘yib berishdi. Milliy sotqinlarni, sodda qilib aytganda.
Afg‘onistonning oxirgi prezidenti Ashraf G‘anining avgust oyidagi eng asosiy tashvishi mamlakatdan tezroq uchib ketish bo‘ldi. Boz ustiga uning qo‘riqchilari apil-tapil to‘rt mashina va vertolotga dollar to‘la qoplarni tiqib soldi. Vertolotdan dollarlar sochilgan. Milliy yetakchining tarixiy onlari, boshqa nima ham deya olasan.
Aslida amerikalik hamkorlarning yagona tashvishi egallab olingan hududlarni xaosga cho‘mdirish bo‘lgan. U yerda esa keyin har qanday noqonuniy ishlar ortidan boyish – narkotik savdo-sotig‘i, u yerda o‘z qurol-yarog‘larini sotish.
O‘sha Braun universiteti AQSh “terrorizmga qarshi urushga” sakkiz trillion dollardan ko‘proq sarflagan. Bu juda aldamchi raqam. Pullar rasmiyatchilik jihatdan ishg‘ol qilingan hududlarni rivojlashtirishga ketgan. Biroq, ko‘rib turganimizdek, ular yoqqa yetib borishmadi. Iroq va Liviya qashshoqlikka yuz tutdi. Afg‘onistonda aholining uchdan bir qismi ochlikdan azob chekadi. Budjetdan katta o‘g‘irliklar qiziqarli jinoiy ishlar uchun sabab bo‘lgan bo‘lardi.
Bu kam. Afg‘oniston u yerga amerikaliklar kirgandan keyin ulkan narkolaboratoriyaga aylandi. U dunyodagi geroiniing 90 foizi ishlab chiqariladi. Afg‘onlar narkotik savdo-sotig‘idagi foydaning asosiy qismi aynan amerikalik harbiylar qo‘liga kelib tushadi deb o‘ylashadi. Ya’ni trillionlarcha investitsiyalar shunchalik shaxsiy cho‘ntaklarga solingan va foyda bilan AQSh qaytishgan.
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapresheno v RF) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Shok va dahshat: dunyo Afg‘onistonda o‘z taqdirini ko‘rdi
U yerda terrorizm bilan bog‘liq vaziyat qanday? Axir hammasi aynan unga qarshi kurashish uchun qilingan ediku. Lekin Afg‘oniston, Iroq, Liviyadagi teraktlar soni bu vaqt ichida bir necha barovarga o‘sdi va hamma hammaga qarshi fuqarolar urushiga aylandi. Ilgari aytilgan milliy davlatlar o‘rniga o‘zaro jang qilayotgan alohida qabilalar, klanlar va bandalar paydo bo‘ldi. G‘arb demokratiyasi o‘rniga o‘rtadagi kabi sudsiz qatllar, ommaviy qirg‘inlar, ayollar, bolalar va kam sonli xalqlar ustidan masxara qilish kuzatildi.
Ular terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilgan tashkilot yetakchilari bilan amerikalik harbiylar o‘ta tushunib bo‘lmaydigan munosabatlarga ega. Avvaliga ular “Tolibon”* dohiylarini qamoqqa tiqishdi. Keyin qo‘qqisdan ularni ozod qilsh – mana hozir aynan o‘sha odamlar Kobulga kirib, afg‘on hukumatiga rahbarlik qilmoqdalar.
IShID* jangarilarini amerikalik harbiylar Suriyadagi to‘qnashuvlar paytida pana qilishdi. Bu haqda rossiyalik harbiylar va diplomatlar bir necha bor aytishgandi. Umuman olganda, “oliy, oliy munosabatlar”.
Amerika iqtisodiyoti talangan hududlar hisobiga tom ma’noda qonni dollarga qayta ishladi. Amerikalik siyosatchilar barini yaxshigina anglashardi. 1996-yili CBS telekanali boshlovchisi Madlen Obraytdan so‘radi: “Iroqda – (amerika sanksiyalari natijasida – tahr.) YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, yarim millionga yaqin bola halok bo‘lgan. Bu Xirosomidagidan ham ko‘proq. Nahotki bu unga arzirdi?” – “Qiyin tanlov”, - deya javob qaytardi Olbrayt. – Lekin ha, u bunga arzirdi”.
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreshennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Narkotiklar, soliqlar va sirli homiylar. Toliblar milliardlarni qayerdan oladi
Bir necha yil ilgari iroqlik bolalar hayotini amerika sanksiyalari emas, balki amerika o‘qlari olib ketdi. Kuni kecha amerika bombasi Kobuldagi avtomobilni portlatdi. Taxminlarga ko‘ra, u minalashtirilgan bo‘lgan. Portlash yaqin atrofda bo‘lgan yigirmatagacha kobulliklarning umriga zomin bo‘ldi. Ular orasida olti bola bor edi. Eng kichik qizaloq 2 yoshda edi.
Amerikalik harbiylar tomonidan terrorizmga qarshi kurashish deb ataluvchi urush vaqtida sodir etgan jinoyatlari, albatta, puxta xalqaro tekshiruvga sazovor. AQSh o‘z vaqtida Xalqaro jinoyat sudi ishida qatnashishdan ehtiyotkorlik bilan bo‘yin tovladi. Ammo butun dunyo bo‘ylab huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar va notijorat tashkilotlar Amerika ishg‘olining dahshatli yilnomasini yozmoqda. Bu bizning halok bo‘lganlarning oldidagi umumin qarzimiz.
Dunyo politsiyachisini esa zudlik bilan iste’foga jo‘natish kerak. Bugungi kunda Rosssiya xalqlarni demokratiyalashtirayotgan amerikaliklarning qurolidan qutqaruvchi yagona xaloskor bo‘lib qolmoqda. Rossiya harbiylari Suriyada “nazorat qilinayotgan xaos”ni to‘xtatishdi. Rossiyalik diplomatlar Ukrainada fuqarolar urushi boshlanib ketishiga yo‘l qo‘yishmadi. Rossiya Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qon to‘kishni to‘xtatdi. Biz tinchlik va xavfsizlik eksport qilamiz, amerikaliklar esa qonli xaos.
Ularni qo‘llardagi bolalar qoni qo‘rqitmaydigan amerika gegemoniyasining ashaddiy muxlislariga eslatib o‘tmoq joizki, Vashington xatti-harakati so‘ngi paytlarda hatto amerikaliklarning o‘zini dahshatga solmoqda.
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Harbiy ekspert: AQSh Afg‘onistonda o‘zidan keyin qurol, urush va xaosni qoldirdi
“Avval Vyetnam va Kubadagidek Afg‘onistonda, Iroqda, Suriyada tahqirlangan Amerika imperiyasi o‘zining qulashiga, kuchsizliga va yovvoyilashib borayotganiga ko‘rligicha qolmoqda, - deya yozadi taniqli amerikalik jurnalist Kris Xejes. – Soyada qolib, imperiyani manipulyatsiya qilayotganlar, <…> afg‘onlar o‘limidan shodlanishlari va ular qurayotgan dorlar ularning o‘zlari uchun mo‘ljallanganini tushunmasdan “u bunga arzirdi” deb o‘zlarini ishontirishlari mumkin”.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0