https://oz.sputniknews.uz/20210816/shok-va-dahshat-dunyo-afgonistonda-oz-taqdirini-kordi-20094354.html
Shok va dahshat: dunyo Afg‘onistonda o‘z taqdirini ko‘rdi
Shok va dahshat: dunyo Afg‘onistonda o‘z taqdirini ko‘rdi
Sputnik O‘zbekiston
Shanba kuni kechga tomon tahlilchilar Afg‘onistonga qaytarilayotgan 5 ming nafarga yaqin amerikalik harbiylar toliblarning g‘alabali yurishini qanchaga kechiktira olishi... 16.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-16T16:24+0500
2021-08-16T16:24+0500
2021-08-16T16:24+0500
kolumnistlar
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20090775_0:163:3061:1885_1920x0_80_0_0_6269afef274f715aeb38a956cb78bc13.jpg
Tegishli buyruq kecha Jo Bayden tomonidan berilgan bo‘lib, AQSh rahbari o‘zining ushbu qarorini son jihatdan qisqartirilayotgan diplomatik xodimlarning xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan izohlagan edi.Garchi hech kim oxir-oqibat mamlakatdagi hukumat "Tolibon" harakati nazorati ostiga o‘tishiga shubha qilmagan esa-da, AQSh prezidenti qarori bu voqeani qanchalik uzoqlashtira olishi mumkinligi to‘g‘risida turli fikr-mulohazalar ilgari surilardi. Berilgan baholarning aksariyatida muddat bir necha haftadan tortib ikki oygacha bo‘lishi mumkinligi chamalagan edi.Yakshanba kuni ertalab esa ushbu jamiki ekspertlar va shunga o‘xshashlarning prognozlarini axlat qutisiga uloqtirish mumkinligi ayon bo‘lib qoldi. G‘arbning "Tolibon"*ga qarshi kurash va Afg‘onistonni g‘arblashtirishga sarflagan yigirma yillik sayi-harakatlari bir kunda, sanoqli soatlar ichida xuddi kartadan yasalgan uycha singari to‘kilib ketdi.Yuz berayotgan voqealarning ko‘lami va tezligi shundayki, garchi bunday yakun avval boshdan hammaga ayon bo‘lgan bo‘lsa -da, bugungi voqealar barchada shok, sarosima va qo‘rquvni keltirib chiqargan edi. Bu qo‘rquv shunchalik ulkan ediki, butun dunyo ko‘z oldida ulkan sharmandali muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirayotgan Qo‘shma Shtatlar nomiga yog‘dirilayotgan zaharli-ichiqoralik ila aytilayotgan izohlar deyarli eshitilmadi hatto.Shubhasiz, bu yerda amerikaliklar o‘rniga kim kelayotgani va bu bilan bog‘liq dahshatli oqibatlarni anglash muhim rol o‘ynaydi. Toliblarning oldingi hukumatga xizmat qilganlarga nisbatan qatag‘on o‘tkazmaslik borasida bergan va’dalariyu, ayollarning jamiyatdagi o‘rni borasidagi pozitsiyani yumshatishlari haqidagi bayonotlariga qaramay, oldinda Afg‘onistonni shafqatsiz jazolar va qatllar kutmoqda. Afg‘on ayollarining taqdiriga esa avvalgidek havas qilib bo‘lmaydi.Eskilik zamonaviy sivilizatsiyani yengdi — G‘arbga bo‘lgan munosabatdan qat’iy nazar, ushbu faktga xursand bo‘lib bo‘lmaydi.Biroq, gap faqatgina shafqatsiz va qonli afg‘on haqiqatlari, yoki olis o‘rta asrlarga qaytayotgan baxtsiz mamlakat fuqarolariga hamdardlikda ham emas.Yakshanba kungi voqealar shu jihati bilan hayratlanarli ediki, ular butun dunyoga AQSh global gegemonligining yakuniy qulashi qanday bo‘lishi mumkinligi va hatto, qanday bo‘lishi haqida aniq tasavvur berdi.O‘ttiz yil oldin, SSSR o‘z faoliyatini to‘xtatdi va o‘sha paytdagi voqeliklarda shu kunga qadar bir narsa juda katta qiziqish uyg‘otib keladi - o‘sha vaqtdagi voqealar qanchalik shiddat va o‘zgartirib bo‘lmaydigan darajada yuz bergani. Lo‘nda qilib aytganda, kechagina dunyoning yarmida hukmronlik qilgan jahon superderjavasi bo‘lgan joyda, oradan bir necha oy o‘tib, xaosga burkangan va ko‘pincha qonga belanayotgan yangi davlat tuzilmalari konglomerati vujudga kelgan edi.Odatda, nega hammasi bunday ro‘y bergani sabablari haqida fikr yuritadilar. Fikrlar orasida tizim to‘liq ichdan chirib bo‘lgani, oxiri bo‘lib fasad qulagani keltiriladi.Ammo shu fakt muhimki, ko‘pincha xuddi shunday yuz beradi: yengib bo‘lmasdek ko‘ringan tizim yashin tezligida odamlar boshiga bir chelak suv quygandek kutilmaganda darz ketadi, va eng yomon voqealarning oldini olishga mitti imkoniyat ham qolmaydi.Inson shunchaki qum zarrasiga aylanadi, tarix shtormi uni barcha dahshatlar, buzg‘ungarchilik va ajal orasidan uchirib o‘tadi.Hozirda sodir bo‘layotgan voqealar, AQShning global gegemonlik maqomini yo‘qotishi aynan mana shu ssenariy asosida ro‘y berishi mumkinligini ko‘rsatib turibdi - bunda Qo‘shma Shtatlar superderjava maqomidan boshqa geosiyosiy kuchlar tomonidan funksiyalar, instrumentlar va boshqa richaglarning sekin-asta tortib olinishi bilan "taxtdan" tushirilmaydi, balki hammasi ortga qaytarib bo‘lmas shiddatli qulashga aylanadi.So‘nggi o‘n yillar davomida Afg‘oniston dunyoning katta qismi uchun o‘ta tushunarsiz bo‘lgan hududga aylangan edi, u doimo urushar, va ancha eskicha qoidalar asosida kun kechirardi.Shu bois unga nisbatan samimiy his-tuyg‘ularni ifodalash og‘ir kechardi. Shu tariqa, u yerdan kelayotgan yangiliklar, hatto eng fojialisi ham, odatga ko‘ra, rasmiy munosabatnigina uyg‘otardi: "Ha, ha, bu dahshat, choy uchun shirinlik olishni unutmaylik-a".Yakshanba kungi voqealar esa butun dunyo bo‘ylab ko‘pchilik odamlarni afg‘onlarni anglashga majburladi. Hatto ko‘pchilik odamlarning eti junjikib ketdi.Ular yashaydigan davlatda "Tolibon"* yo‘q, ammo ularning kundalik hayotlarida AQShning roli juda ulkan. Kimlar uchundir u yetakchi savdo sherigi, boshqalar uchun — geosiyosiy suzeren, uchinchilar uchun — bosqinchi kuch, to‘rtinchilar uchun — milliy iqtisodiyoti uzil-kesil bog‘liq bo‘lgan jahonning bosh valyutasi emitentidir.Bu odamlarning hammasi hozir o‘zlariga: agar AQSh qudrati boshqa sohalarda ham shu darajada shiddat bilan qulasa nima bo‘ladi - ya’ni bu aynan ularga qanday ta’sir qiladi, degan savolni bermasliklari mumkin emas.Hozirgi kunda millionlab odamlar bu miqyosdagi geosiyosiy falokatlar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy sunamilarga olib kelishini, bu sunamilar har tomonga yoyilib, eng farovon va tinch hududlargacha yetib borishini anglab yetdilar. Ular bu anglashni o‘z hayotlariga qiyosladilar va qo‘rqib ketdilar.Sovet Ittifoqi qulashini boshdan kechirgan Rossiya uchun sodir bo‘layotgan voqealar 30-yil oldin boshdan kechirganimizdan ham kattaroq ofatlar butun dunyoga raxna solayotgani haqidagi aniq ogohlantirishga aylandi.To‘g‘ri, biz uchun yaxshi yangilik ham bor.Agar inson yakka o‘zi bu darajadagi ko‘lamdor tarix chaqiriqlarini chetlab o‘ta olmasa, va u bu chaqiriqlar harakat maydonida bo‘lib qolsa, butun boshli mamlakatlarda bunday imkoniyat mavjud. Ular buning uchun, shu jumladan, yuqori darajadagi mavjudlikni avtonom saqlab qolish layoqatiga ega bo‘lish bilan bir qatorda - tish-tirnog‘icha qurollangan bo‘lishlari talab etiladi.Rossiya, ma’lum bo‘lganidek, ikkala yo‘nalishda ham faol faoliyat olib boradi.*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi uyushma.
https://oz.sputniknews.uz/20210816/tolibon-afgonistondagi-urush-yakunlanganini-elon-qildi-20088046.html
https://oz.sputniknews.uz/20210816/surxondaryoda-afgoniston-harbiy-samolyoti-qulab-tushgani-haqidagi-xabar-organilmoqda-20094957.html
https://oz.sputniknews.uz/20210816/ashraf-gani-ozbekistonda-ham-tojikistonda-ham-qozogistonda-ham-emasligi-aytildi-20089609.html
https://oz.sputniknews.uz/20210816/asadov-afgoniston-bilan-voqealar-haqida-turli-mish-mishlar-tarqatmaslikka-chaqirdi--20091895.html
https://oz.sputniknews.uz/20210816/afgonistondagi-vaziyat--20091668.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/10/20090775_165:0:2896:2048_1920x0_80_0_0_cdab93792fe24b6c0ee562a680dc28f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Irina Alksnis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/758/81/7588160_0:0:448:448_100x100_80_0_0_a141ed2ada36acd64d4e57387d493e8d.png
kolumnistlar, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
kolumnistlar, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Shok va dahshat: dunyo Afg‘onistonda o‘z taqdirini ko‘rdi
Shanba kuni kechga tomon tahlilchilar Afg‘onistonga qaytarilayotgan 5 ming nafarga yaqin amerikalik harbiylar toliblarning g‘alabali yurishini qanchaga kechiktira olishi mumkinligini muhokama qilar edilar.
Tegishli buyruq kecha Jo Bayden tomonidan berilgan bo‘lib, AQSh rahbari o‘zining ushbu qarorini son jihatdan qisqartirilayotgan diplomatik xodimlarning xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan izohlagan edi.
Garchi hech kim oxir-oqibat mamlakatdagi hukumat "Tolibon" harakati nazorati ostiga o‘tishiga shubha qilmagan esa-da, AQSh prezidenti qarori bu voqeani qanchalik uzoqlashtira olishi mumkinligi to‘g‘risida turli fikr-mulohazalar ilgari surilardi. Berilgan baholarning aksariyatida muddat bir necha haftadan tortib ikki oygacha bo‘lishi mumkinligi chamalagan edi.
Yakshanba kuni ertalab esa ushbu jamiki ekspertlar va shunga o‘xshashlarning prognozlarini axlat qutisiga uloqtirish mumkinligi ayon bo‘lib qoldi. G‘arbning "Tolibon"*ga qarshi kurash va Afg‘onistonni g‘arblashtirishga sarflagan yigirma yillik sayi-harakatlari bir kunda, sanoqli soatlar ichida xuddi kartadan yasalgan uycha singari to‘kilib ketdi.
Yuz berayotgan voqealarning ko‘lami va tezligi shundayki, garchi bunday yakun avval boshdan hammaga ayon bo‘lgan bo‘lsa -da, bugungi voqealar barchada shok, sarosima va qo‘rquvni keltirib chiqargan edi. Bu qo‘rquv shunchalik ulkan ediki, butun dunyo ko‘z oldida ulkan sharmandali muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirayotgan Qo‘shma Shtatlar nomiga yog‘dirilayotgan zaharli-ichiqoralik ila aytilayotgan izohlar deyarli eshitilmadi hatto.
Shubhasiz, bu yerda amerikaliklar o‘rniga kim kelayotgani va bu bilan bog‘liq dahshatli oqibatlarni anglash muhim rol o‘ynaydi. Toliblarning oldingi hukumatga xizmat qilganlarga nisbatan qatag‘on o‘tkazmaslik borasida bergan va’dalariyu, ayollarning jamiyatdagi o‘rni borasidagi pozitsiyani yumshatishlari haqidagi bayonotlariga qaramay, oldinda Afg‘onistonni shafqatsiz jazolar va qatllar kutmoqda. Afg‘on ayollarining taqdiriga esa avvalgidek havas qilib bo‘lmaydi.
Eskilik zamonaviy sivilizatsiyani yengdi — G‘arbga bo‘lgan munosabatdan qat’iy nazar, ushbu faktga xursand bo‘lib bo‘lmaydi.
Biroq, gap faqatgina shafqatsiz va qonli afg‘on haqiqatlari, yoki olis o‘rta asrlarga qaytayotgan baxtsiz mamlakat fuqarolariga hamdardlikda ham emas.
Yakshanba kungi voqealar shu jihati bilan hayratlanarli ediki, ular butun dunyoga AQSh global gegemonligining yakuniy qulashi qanday bo‘lishi mumkinligi va hatto, qanday bo‘lishi haqida aniq tasavvur berdi.
O‘ttiz yil oldin, SSSR o‘z faoliyatini to‘xtatdi va o‘sha paytdagi voqeliklarda shu kunga qadar bir narsa juda katta qiziqish uyg‘otib keladi - o‘sha vaqtdagi voqealar qanchalik shiddat va o‘zgartirib bo‘lmaydigan darajada yuz bergani. Lo‘nda qilib aytganda, kechagina dunyoning yarmida hukmronlik qilgan jahon superderjavasi bo‘lgan joyda, oradan bir necha oy o‘tib, xaosga burkangan va ko‘pincha qonga belanayotgan yangi davlat tuzilmalari konglomerati vujudga kelgan edi.
Odatda, nega hammasi bunday ro‘y bergani sabablari haqida fikr yuritadilar. Fikrlar orasida tizim to‘liq ichdan chirib bo‘lgani, oxiri bo‘lib fasad qulagani keltiriladi.
Ammo shu fakt muhimki, ko‘pincha xuddi shunday yuz beradi: yengib bo‘lmasdek ko‘ringan tizim yashin tezligida odamlar boshiga bir chelak suv quygandek kutilmaganda darz ketadi, va eng yomon voqealarning oldini olishga mitti imkoniyat ham qolmaydi.
Inson shunchaki qum zarrasiga aylanadi, tarix shtormi uni barcha dahshatlar, buzg‘ungarchilik va ajal orasidan uchirib o‘tadi.
Hozirda sodir bo‘layotgan voqealar, AQShning global gegemonlik maqomini yo‘qotishi aynan mana shu ssenariy asosida ro‘y berishi mumkinligini ko‘rsatib turibdi - bunda Qo‘shma Shtatlar superderjava maqomidan boshqa geosiyosiy kuchlar tomonidan funksiyalar, instrumentlar va boshqa richaglarning sekin-asta tortib olinishi bilan "taxtdan" tushirilmaydi, balki hammasi ortga qaytarib bo‘lmas shiddatli qulashga aylanadi.
So‘nggi o‘n yillar davomida Afg‘oniston dunyoning katta qismi uchun o‘ta tushunarsiz bo‘lgan hududga aylangan edi, u doimo urushar, va ancha eskicha qoidalar asosida kun kechirardi.
Shu bois unga nisbatan samimiy his-tuyg‘ularni ifodalash og‘ir kechardi. Shu tariqa, u yerdan kelayotgan yangiliklar, hatto eng fojialisi ham, odatga ko‘ra, rasmiy munosabatnigina uyg‘otardi: "Ha, ha, bu dahshat, choy uchun shirinlik olishni unutmaylik-a".
Yakshanba kungi voqealar esa butun dunyo bo‘ylab ko‘pchilik odamlarni afg‘onlarni anglashga majburladi. Hatto ko‘pchilik odamlarning eti junjikib ketdi.
Ular yashaydigan davlatda "Tolibon"* yo‘q, ammo ularning kundalik hayotlarida AQShning roli juda ulkan. Kimlar uchundir u yetakchi savdo sherigi, boshqalar uchun — geosiyosiy suzeren, uchinchilar uchun — bosqinchi kuch, to‘rtinchilar uchun — milliy iqtisodiyoti uzil-kesil bog‘liq bo‘lgan jahonning bosh valyutasi emitentidir.
Bu odamlarning hammasi hozir o‘zlariga: agar AQSh qudrati boshqa sohalarda ham shu darajada shiddat bilan qulasa nima bo‘ladi - ya’ni bu aynan ularga qanday ta’sir qiladi, degan savolni bermasliklari mumkin emas.
Hozirgi kunda millionlab odamlar bu miqyosdagi geosiyosiy falokatlar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy sunamilarga olib kelishini, bu sunamilar har tomonga yoyilib, eng farovon va tinch hududlargacha yetib borishini anglab yetdilar. Ular bu anglashni o‘z hayotlariga qiyosladilar va qo‘rqib ketdilar.
Sovet Ittifoqi qulashini boshdan kechirgan Rossiya uchun sodir bo‘layotgan voqealar 30-yil oldin boshdan kechirganimizdan ham kattaroq ofatlar butun dunyoga raxna solayotgani haqidagi aniq ogohlantirishga aylandi.
To‘g‘ri, biz uchun yaxshi yangilik ham bor.
Agar inson yakka o‘zi bu darajadagi ko‘lamdor tarix chaqiriqlarini chetlab o‘ta olmasa, va u bu chaqiriqlar harakat maydonida bo‘lib qolsa, butun boshli mamlakatlarda bunday imkoniyat mavjud. Ular buning uchun, shu jumladan, yuqori darajadagi mavjudlikni avtonom saqlab qolish layoqatiga ega bo‘lish bilan bir qatorda - tish-tirnog‘icha qurollangan bo‘lishlari talab etiladi.
Rossiya, ma’lum bo‘lganidek, ikkala yo‘nalishda ham faol faoliyat olib boradi.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi uyushma.