Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma’lum vaqtga yopiladi

© Sputnik / Vitaliy BelousovFlag Germanii
Flag Germanii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, yangi vizaga yozilish vaqtlari hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida kerakli vaqtda xabar beriladi.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Tashqi siyosiy vaziyat tufayli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma’lum vaqtga yopiladi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, viza olish uchun tayinlangan uchrashuvlar bekor qilinadi.
“Yangi vizaga yozilish vaqtlari hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida kerakli vaqtda xabar beriladi. So‘rovnomalaringizni yubormasligingizni iltimos qilamiz. Bu boradagi savollar hozircha javobsiz qoladi”, -deyilgan xabarda.
Hozirda Germaniya o‘z fuqarolari va afg‘on qochoqlarini Kobuldan O‘zbekiston orqali evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda. 19-avgustdan Toshkent aeroporti terminali Germaniya, Afg‘oniston va YeI davlatlari fuqarolarini mamlakat orqali evakuatsiya qilinishi uchun ajratilgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi
So‘nggi bir necha kun ichida O‘zbekiston hududidan 1982 nafar chet el fuqarolarining evakuatsiyasi ta’minlangan.
Yangiliklar lentasi
0