https://oz.sputniknews.uz/20210818/mirziyoev-va-merkel-fuqarolarni-afgonistondan-evakuatsiya-qilishni-muhokama-qildi-20133619.html
Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi
Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Germaniya fuqarolarini Afg‘onistondan O‘zbekiston hududi orqali tranzit yo‘li bilan Germaniyaga evakuatsiya qilish masalasi muhokama qilindi. 18.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-18T19:29+0500
2021-08-18T19:29+0500
2021-08-18T19:29+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
germaniya
afg‘oniston
angela merkel
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1396/34/13963496_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4afaec22e65a3524aaa86a6c84126bd7.jpg
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqot qildi.O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbatda yetakchilar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar hamda Afg‘onistondagi voqealarning rivojlanishi nuqtayi nazaridan mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.Ushbu mamlakatda keskinlik va zo‘ravonlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, afg‘on mojarosini siyosiy yo‘l bilan tartibga solishni xalqaro hamjamiyat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalarida ikki mamlakatning pozitsiya va yondashuvlari mos ekani alohida ta’kidlandi.Shuningdek, mintaqadagi vaziyatning yanada rivojlanishi bo‘yicha oliy va yuqori darajadagi muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.Kecha Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan ham Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalarini muhokama qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210818/ozbekiston-germaniyaga-afgonistondan-odamlarni-evakuatsiya-qilishda-yordam-bermoqda-20130746.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1396/34/13963496_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9d2adb0eba850f40f8882abfc18786e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, germaniya, afg‘oniston, angela merkel
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, germaniya, afg‘oniston, angela merkel
Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi
Germaniya fuqarolarini Afg‘onistondan O‘zbekiston hududi orqali tranzit yo‘li bilan Germaniyaga evakuatsiya qilish masalasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, suhbatda yetakchilar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar hamda Afg‘onistondagi voqealarning rivojlanishi nuqtayi nazaridan mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.
Ushbu mamlakatda keskinlik va zo‘ravonlikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, afg‘on mojarosini siyosiy yo‘l bilan tartibga solishni xalqaro hamjamiyat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalarida ikki mamlakatning pozitsiya va yondashuvlari mos ekani alohida ta’kidlandi.
“Fuqarolarni Afg‘onistondan aviatsiya transportida O‘zbekiston hududi orqali tranzit yo‘li bilan Germaniyaga evakuatsiya qilish bo‘yicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishda yaqindan muvofiqlashuvni va faol idoralararo hamkorlikni davom ettirish muhim ekani qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, mintaqadagi vaziyatning yanada rivojlanishi bo‘yicha oliy va yuqori darajadagi muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Kecha Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan ham Afg‘onistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalarini
muhokama qilgan edi.