https://oz.sputniknews.uz/20210817/shavkat-mirziyoev-ichki-va-tashqi-siyosatning-ozaro-bogliq-va-uygun-jihatlari-haqida-20107050.html
Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi siyosatning o‘zaro bog‘liq va uyg‘un jihatlari haqida
Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi siyosatning o‘zaro bog‘liq va uyg‘un jihatlari haqida
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tashqi siyosatga, dunyodagi olis va yaqin davlatlar bilan do‘stona hamkorlik aloqalarini... 17.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-17T11:11+0500
2021-08-17T11:11+0500
2021-08-17T11:11+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/02/19053127_0:81:1300:812_1920x0_80_0_0_b51a6c930994d6e9c7d23e28031dab58.jpg
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tashqi siyosatga, dunyodagi olis va yaqin davlatlar bilan do‘stona hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada ichki va tashqi siyosatning o‘zaro bog‘liq va uyg‘un jihatlari haqida prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" nashriga bergan intervusida alohida ta’kidlab o‘tdi."Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, biz mamlakatimiz yangilanish davriga qadam qo‘ygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz", – deya ta’kidlagan O‘zbekiston rahbari.Mirziyoyev shuningdek, O‘zbekiston bugun o‘zining uzoqni ko‘zlagan siyosati bilan mintaqamiz va jahondagi siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylangani, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan mamlakat hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilganligi, O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lganligi, Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik ittifoqi huzurida kuzatuvchi maqomini olganligini e’tirof etgan. O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylanganligi va uning 2021-yil 22-fevralda Jeneva shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tgan 46-sessiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deya alohida ta’kidlab o‘tgan davlat rahbari.“Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtirilmoqda. Ushbu muhim hujjatda tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda",- deya ishonch bildirdi Mirziyoyev hamda O‘zbekistonning asosiy xorijiy sheriklari hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalari yanada kengayayotgani ahamiyatli ekanini ta’kidladi."O‘zbekiston Afg‘onistonning yaqin qo‘shnisi sifatida bu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan manfaatdordir",- deya qo‘shimcha qiladi Mirziyoyev.Shuningdek, prezident O‘zbekiston 2021-2022 yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi hamda hozirgi vaqtda bu muhim siyosiy tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210817/ozbekiston-afgonistonda-tezroq-tinchlik-va-barqarorlik-ornatilishidan-manfaatdor--mirziyoev-20104410.html
https://oz.sputniknews.uz/20210817/mirziyoev-manfaatparastlik-va-maishatga-berilgan-hokimni-mutlaqo-kechirib-bolmasligini-aytdi-20105457.html
https://oz.sputniknews.uz/20210817/prezident-poraxorlik-uchun-javobgarlikka-tortilgan-mansabdorlar-sonini-ochiqladi-20104861.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/02/19053127_76:0:1228:864_1920x0_80_0_0_9ab479f7696e96b17b0f1dcaad302cc0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi siyosatning o‘zaro bog‘liq va uyg‘un jihatlari haqida
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tashqi siyosatga, dunyodagi olis va yaqin davlatlar bilan do‘stona hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tashqi siyosatga, dunyodagi olis va yaqin davlatlar bilan do‘stona hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada ichki va tashqi siyosatning o‘zaro bog‘liq va uyg‘un jihatlari haqida prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" nashriga bergan
intervusida alohida ta’kidlab o‘tdi.
"Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, biz mamlakatimiz yangilanish davriga qadam qo‘ygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz", – deya ta’kidlagan O‘zbekiston rahbari.
Mirziyoyev shuningdek, O‘zbekiston bugun o‘zining uzoqni ko‘zlagan siyosati bilan mintaqamiz va jahondagi siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylangani, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan mamlakat hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilganligi, O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lganligi, Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik ittifoqi huzurida kuzatuvchi maqomini olganligini e’tirof etgan.
O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylanganligi va uning 2021-yil 22-fevralda Jeneva shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tgan 46-sessiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deya alohida ta’kidlab o‘tgan davlat rahbari.
“Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtirilmoqda. Ushbu muhim hujjatda tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda",- deya ishonch bildirdi Mirziyoyev hamda O‘zbekistonning asosiy xorijiy sheriklari hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalari yanada kengayayotgani ahamiyatli ekanini ta’kidladi.
"O‘zbekiston Afg‘onistonning yaqin qo‘shnisi sifatida bu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan manfaatdordir",- deya qo‘shimcha qiladi Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident O‘zbekiston 2021-2022 yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi hamda hozirgi vaqtda bu muhim siyosiy tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.