Mirziyoyev manfaatparastlik va maishatga berilgan hokimni mutlaqo kechirib bo‘lmasligini aytdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Obuna bo‘lish
Prezident bir paytlar u ham hokim bo‘lib ishlagani, u vaqtlardagi sharoitni hozirgi imkoniyatlar bilan mutlaqo solishtirib bo‘lmasligini ta’kidladi.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning joylardagi vakillari bo‘lgan hokimlarning ish faoliyati uni qoniqtirishi yoki qoniqtirmasligi haqidagi savolga javob berdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, nafaqat hokimlar, balki barcha bo‘g‘indagi aksariyat katta-kichik rahbarlarda bilim va tajriba, tashkilotchilik salohiyati, el-yurt ishi uchun fidoyilik tuyg‘usining yetishmasligi uni qiynaydigan eng murakkab masaladir.
Mirziyoyev joylarda islohotlarning samarali amalga oshirilishi birinchi navbatda hokimlarga, ularning bilim va tajribasi, ishbilarmonlik xususiyatlariga bog‘liqligini qayd etdi. Eng muhimi, ular odamlarning ishonchini qozongan bo‘lishi shart. Aholi joylardagi rahbarlarga, ularning ishi, xizmat va muomala madaniyati, siyosiy, huquqiy va axloqiy saviyasiga qarab, davlat hokimiyatiga baho beradi. Lekin ochiq aytadigan bo‘lsak, hokimlar, umuman, quyi bo‘g‘indagi rahbarlarning barchasi ham el-yurt o‘rtasida yetarli obro‘-e’tiborga ega emas.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Prezident yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan qator mansabdorlarni ishdan bo‘shatdi
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, murakkab sharoitda el-yurt bilan hamdard, hamnafas bo‘lib yashamaydigan, hayotning o‘zi taqozo etayotgan oddiy haqiqatlarni tushunmaydigan mansabdorlarning rahbar sifatida kelajagi yo‘q.
U hokimlar mustaqil qaror qabul qilib, mustaqil ish olib borish vakolatiga ega ekanini eslatdi. Ulardan ilgarigidek har bir qadamini Toshkentda, markaziy idoralardagi mutasaddilar bilan kelishish, bo‘lar-bo‘lmasga ijozat so‘rash talab etilmaydi.

“Hokim, rahbar inson sifatida, nimanidir bilmasligi yoki ko‘zdan qochirishi, xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, buni tushunsa bo‘ladi, lekin u ana shu xatolarini tan olmasa, ularni tuzatishni istamasa, o‘qib-o‘rganishga, yangicha ishlashga, o‘z bilim va tajribasini oshirishga intilmasa, manfaatparastlik va maishatga berilgan bo‘lsa, bu holatni mutlaqo kechirib bo‘lmaydi. Mening asosiy talabim – odamlarni tushunish, ularning quvonchu tashvishlari bilan yashash, yon-atrofdagi vaziyatga oddiy xalqning ko‘zi bilan qarash va baho berish, el-ulusdan ajralib qolmaslik kerak. Shundagina hudud yoki tarmoqni boshqarish va muhim qarorlar qabul qilishda aniq samara bo‘ladi”, - dedi Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida.

Prezident har bir rahbarning faoliyat mezoni – bu xalqning orzu-umidlarini o‘zi uchun asosiy maqsad qilib, ularni izchillik bilan ro‘yobga chiqarishdan iborat ekanini urg‘uladi.
“Afsuski, ba’zi yetakchi va mutasaddilar manmanlikka berilib, havolanib, oyog‘i yerdan uzilganini bilmay qoladi. Bu – ular uchun haqiqiy fojia. Albatta, bunday rahbarlarga bizning safimizda o‘rin bo‘lishi mumkin emas. Bu nafaqat Prezidentning, ayni paytda xalqimizning, hayotning talabidir”, - deya xulosa qildi davlat rahbari.
V zale zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Buxoroda murojaatlarga bepisand munosabatda bo‘lgan mas’ullarning 22 nafari ishdan olindi
Yangiliklar lentasi
0