https://oz.sputniknews.uz/20210817/prezident-poraxorlik-uchun-javobgarlikka-tortilgan-mansabdorlar-sonini-ochiqladi-20104861.html
Prezident poraxo‘rlik uchun javobgarlikka tortilgan mansabdorlar sonini ochiqladi
Prezident poraxo‘rlik uchun javobgarlikka tortilgan mansabdorlar sonini ochiqladi
Sputnik O‘zbekiston
2021 yilning besh oyida 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Yetkazilgan zarar 450 milliard so‘m. 17.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-17T09:37+0500
2021-08-17T09:37+0500
2021-08-17T09:39+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
mansabdorlar
korrupsiya
pora
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida korrupsiya masalasiga to‘xtaldi.Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mamlakatda taraqqiyot kushandasi bo‘lgan illat – korrupsiyaga qarshi izchil kurash olib borilmoqda.Mirziyoyev bu moddiy zararlar aybdorlardan hech shubhasiz undirib olinishini qo‘shimcha qildi.“Korrupsiya balosini jamiyatimiz hayotidan yo‘q qilishga qaratilgan siyosat kelgusida ham qat’iy davom ettiriladi”, - dedi Mirziyoyev.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xabar qilish imkonini beruvchi eanticor.uz maxsus dasturiy ta’minot ishga tushirilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210707/ozbekistonda-poraxorlarning-ochiq-elektron-reestri-yuritiladi-19570043.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, mansabdorlar, korrupsiya, pora
jamiyat, shavkat mirziyoyev, mansabdorlar, korrupsiya, pora
Prezident poraxo‘rlik uchun javobgarlikka tortilgan mansabdorlar sonini ochiqladi
09:37 17.08.2021 (yangilandi: 09:39 17.08.2021) 2021 yilning besh oyida 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Yetkazilgan zarar 450 milliard so‘m.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusida korrupsiya masalasiga
to‘xtaldi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mamlakatda taraqqiyot kushandasi bo‘lgan illat – korrupsiyaga qarshi izchil kurash olib borilmoqda.
“Misollarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2020-yilda turli darajadagi mansabdorlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun 1723 shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular tomonidan yetkazilgan zarar 500 milliard so‘mni tashkil etgan. 2021-yilning besh oyida esa 1696 nafar mansabdorga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Yetkazilgan zarar 450 milliard so‘mni tashkil etmoqda”, - dedi u.
Mirziyoyev bu moddiy zararlar aybdorlardan hech shubhasiz undirib olinishini qo‘shimcha qildi.
“Korrupsiya balosini jamiyatimiz hayotidan yo‘q qilishga qaratilgan siyosat kelgusida ham qat’iy davom ettiriladi”, - dedi Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xabar qilish imkonini beruvchi
eanticor.uz maxsus dasturiy ta’minot ishga
tushirilgan edi.