https://oz.sputniknews.uz/20210806/markaziy-osiyo-prezidentlari-yaxtada-kaspiy-dengizini-aylanishdi-19971573.html
Markaziy Osiyo prezidentlari yaxtada Kaspiy dengizini aylanishdi
Markaziy Osiyo prezidentlari yaxtada Kaspiy dengizini aylanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Dengiz bo‘ylab safari chog‘ida davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar yuzasidan fikr almashdilar va kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildilar. 06.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-06T10:52+0500
2021-08-06T10:52+0500
2021-08-06T11:16+0500
siyosat
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
turkmaniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/06/19971373_0:5:960:545_1920x0_80_0_0_740b0bf2b4de0573580d01406e1766bb.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari Turkmanistonga tashriflari davomida Kaspiy dengizi bo‘ylab yaxtada sayohatga chiqdilar, deb xabar bermoqda "Turkmaniston Oltin asr" davlat sayti.Xabarda aytilishicha, davlat yetakchilarini yaxtada sayr qilishga respublika rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov taklif etgan.Dengizdagi sayohatdan fotosuratlar Qozog‘iston prezidenti matbuot-kotibi Berik Uali tomonidan e’lon qilingan.Qosim-Jomart Tokayevdan tashqari suratda Berdimuhammedovning o‘zi, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari - Sadir Japarov, Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonlarni ko‘rish mumkin.Sayohat davomida ular ilgariroq erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilganlar.So‘ngra davlat rahbarlari avtobusda "Avaza" - ko‘pfunksiyali sport majmuasiga yo‘l olishgan. Yo‘l-yo‘lakay milliy sayyohlik zonasining tabiiy o‘ziga xosliklari va zamonaviy obyektlarni tomosha qilib borganlar.Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Turkmaniston yetakchisi tomonidan odamlar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom va faol turmush tarzini rag‘batlantirish, jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish, zamonaviy ixtisoslashtirilgan infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan strategiyaga yuqori baho berganlar.Bugun Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ular savdo-iqtisodiy, energetika, transport-kommunikatsiya sohalaridagi mintaqaviy hamkorlik masalalarni, shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish choralarini muhokama qiladilar.
https://oz.sputniknews.uz/20210804/ozbekiston-va-turkmaniston-savdo-aylanmasi-hajmini-1-mlrd--ga-etkazish-rejalashtirilmoqda-19949104.html
https://oz.sputniknews.uz/20210806/mo-davlat-rahbarlari-sammitida-nimalar-muhokama-qilinishi-malum-boldi-19970483.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/06/19971373_114:0:847:550_1920x0_80_0_0_61af3918374d62e94f315aaee78b125c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, qozog‘iston, qirg‘iziston, tojikiston, turkmaniston
siyosat, o‘zbekiston, qozog‘iston, qirg‘iziston, tojikiston, turkmaniston
Markaziy Osiyo prezidentlari yaxtada Kaspiy dengizini aylanishdi
10:52 06.08.2021 (yangilandi: 11:16 06.08.2021) Dengiz bo‘ylab safari chog‘ida davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar yuzasidan fikr almashdilar va kelgusidagi hamkorlikni muhokama qildilar.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari Turkmanistonga tashriflari davomida Kaspiy dengizi bo‘ylab yaxtada sayohatga chiqdilar, deb xabar bermoqda "Turkmaniston Oltin asr" davlat sayti.
Xabarda aytilishicha, davlat yetakchilarini yaxtada sayr qilishga respublika rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov taklif etgan.
Dengizdagi sayohatdan fotosuratlar Qozog‘iston prezidenti matbuot-kotibi Berik Uali tomonidan e’lon qilingan.
Qosim-Jomart Tokayevdan tashqari suratda Berdimuhammedovning o‘zi, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari - Sadir Japarov, Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonlarni ko‘rish mumkin.
Sayohat davomida ular ilgariroq erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilganlar.
So‘ngra davlat rahbarlari avtobusda "Avaza" - ko‘pfunksiyali sport majmuasiga yo‘l olishgan. Yo‘l-yo‘lakay milliy sayyohlik zonasining tabiiy o‘ziga xosliklari va zamonaviy obyektlarni tomosha qilib borganlar.
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Turkmaniston yetakchisi tomonidan odamlar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom va faol turmush tarzini rag‘batlantirish, jismoniy tarbiya va sport harakatini rivojlantirish, zamonaviy ixtisoslashtirilgan infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan strategiyaga yuqori baho berganlar.
Bugun Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ular savdo-iqtisodiy, energetika, transport-kommunikatsiya sohalaridagi mintaqaviy hamkorlik masalalarni, shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish choralarini muhokama qiladilar.