https://oz.sputniknews.uz/20210804/ozbekiston-va-turkmaniston-savdo-aylanmasi-hajmini-1-mlrd--ga-etkazish-rejalashtirilmoqda-19949104.html
O‘zbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston – Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari ko‘rib chiqishdi. 04.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-04T17:44+0500
2021-08-04T17:44+0500
2021-08-04T17:44+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hamkorlik
turkmaniston
sardor umurzakov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/802/90/8029017_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_d6feb514ff579106520526dc0a1003ec.jpg
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Yaqin kelajakda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 1 milliard dollarga yetkazilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralari davomida ma’lum bo‘ldi.Turkmanboshi shahrida shahridagi uchrashuv chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.Ko‘p qirrali iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun ustuvor vazifalari belgilab olindi. O‘zaro savdoni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaxshilash, shu jumladan, mavjud tarif va notarif to‘siqlarni izchil bekor qilish hamda ikki mamlakat bozorlariga O‘zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqilgan tovarlarning kirishini soddalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni birga boshlashga kelishildi.Bundan tashqari, O‘zbekiston – Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanishicha, bu ikki tomonlama savdo rivojiga qo‘shimcha turtki beradi, jumladan, qishloq xo‘jaligi va maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, shuningdek, neft-kimyo mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni oshiradi.O‘zbek-turkman chegarasida transchegaraviy savdo zonalari yaratilishi Umurzakovning o‘tgan yili may oyida Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan videokonferensaloqa orqali muzokaralarida ma’lum bo‘lgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210802/prezident-shu-hafta-turkmanistonga-boradi-19912292.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/802/90/8029017_133:0:1200:800_1920x0_80_0_0_2e637a8b2cafa9e4a04fae652dca6bbf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, turkmaniston, sardor umurzakov
iqtisod, o‘zbekiston, hamkorlik, turkmaniston, sardor umurzakov
O‘zbekiston va Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 mlrd $ ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston – Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Yaqin kelajakda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 1 milliard dollarga yetkazilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov bilan muzokaralari davomida
ma’lum bo‘ldi. Turkmanboshi shahrida shahridagi uchrashuv chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Ko‘p qirrali iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun ustuvor vazifalari belgilab olindi. O‘zaro savdoni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaxshilash, shu jumladan, mavjud tarif va notarif to‘siqlarni izchil bekor qilish hamda ikki mamlakat bozorlariga O‘zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqilgan tovarlarning kirishini soddalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni birga boshlashga kelishildi.
“Ikki mamlakat iqtisodiyotlarining mavjud salohiyatini inobatga olgan holda ushbu chora-tadbirlar yaqin kelajakda O‘zbekiston – Turkmaniston savdo aylanmasi hajmini 1 milliard dollarga yetkazish imkonini berishi bashorat qilinmoqda”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston – Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanishicha, bu ikki tomonlama savdo rivojiga qo‘shimcha turtki beradi, jumladan, qishloq xo‘jaligi va maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, shuningdek, neft-kimyo mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni oshiradi.
O‘zbek-turkman chegarasida transchegaraviy savdo zonalari yaratilishi Umurzakovning o‘tgan yili may oyida Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan videokonferensaloqa orqali muzokaralarida
ma’lum bo‘lgandi.