https://oz.sputniknews.uz/20210806/mo-davlat-rahbarlari-sammitida-nimalar-muhokama-qilinishi-malum-boldi-19970483.html
MO davlat rahbarlari sammitida nimalar muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi
MO davlat rahbarlari sammitida nimalar muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
MO sammitida o‘zaro savdo-sotiqni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik qilish, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish va boshqa masalalar... 06.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-06T09:55+0500
2021-08-06T09:55+0500
2021-08-06T10:01+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
markaziy osiyo
turkmaniston
sammit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/06/19970283_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_396f1fefc3f55134024f7366ca695dad.jpg
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevy 5-avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi. Bu yerda O‘zbekiston prezidentini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon etishi kutilmoqda.Shuningdek, sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.Undan tashqari sammit doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va Iqtisodiy forum, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san’at ustalari konserti ham o‘tkaziladi.Eslatib o‘tamiz, MO davlat rahbarlari sammiti o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilk bor 2017-yilda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida bildirilgan edi. Taklif barcha MO davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganidan so‘ng birinchi sammit 2018-yil mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan edi. Ikkinchisi esa 2019-yil noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. 2020-yilda Bishkekda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchinchi sammit pandemiya tufayli qoldirilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/06/19970283_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bb12e71758322bdd073b0b3e9516a1db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, markaziy osiyo, turkmaniston, sammit
siyosat, shavkat mirziyoyev, markaziy osiyo, turkmaniston, sammit
MO davlat rahbarlari sammitida nimalar muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi
09:55 06.08.2021 (yangilandi: 10:01 06.08.2021) MO sammitida o‘zaro savdo-sotiqni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik qilish, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilinadi.
TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevy 5-avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi. Bu yerda O‘zbekiston prezidentini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
MO davlat rahbarlari uchrauvida oldingi kelishuvlar natijalari ko‘rib chiqiladi va Markaziy Osiyoda barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, o‘zaro savdo-sotiqni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik qilish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish va pandemiyaga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi.
O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon etishi kutilmoqda.
Shuningdek, sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Undan tashqari sammit doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti va Iqtisodiy forum, milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar festivali hamda san’at ustalari konserti ham o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, MO davlat rahbarlari sammiti o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilk bor 2017-yilda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida bildirilgan edi. Taklif barcha MO davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganidan so‘ng birinchi sammit 2018-yil mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan edi. Ikkinchisi esa 2019-yil noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. 2020-yilda Bishkekda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchinchi sammit pandemiya tufayli qoldirilgan edi.